Musobaqa o’tkazishda yordamchilar: Bu musobaqani samarali o’tkazish uchun har bir jamoaga 1 nafardan yordamchilar zarur bo’ladi. Ular quyidagi vazifalarni bajaradi:
- Start buyrug’ini beradi;
- Sakrashni amalga oshirishni nazorat qiladi va kuzatib boradi;
- Vaqtni o’lchashadi va sakrashlar sonini hisoblab boradi;
- Natijalarni bayonnomalarga qayd etadi.
Arg’amchida sakrash.
Qisqacha sharhi: Arg’amchida sakrash (15 daqiqa).
Amalga oshirish tartibi:
Ishtirokchi holatni qabul qiladi, uning oyog’i start holati bilan paralell turadi, arg’amchini ikki qo’li bilan ushlab turadi. Arg’amchini bosh uzra aylantirib juft oyoqlab sakrashni boshlaydi. Bu tsiklik jarayon 15 soniya davomida sakraydi. Bu tur birinchi yosh guruhlari uchun belgilab qo’yilgan. Bolalar ikki oyog’ida sakrash shart. Har bir bolaga 2 martadan urinish beriladi.
|
139-rasm.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |