Ochkolarni hisoblash: Jamoaning barcha a’zoralri ishtirok etadilar. Sakrashning umumiy uzunligi jamoaning natijasini tashkil etadi. Jamoaning ikki urinishdan yaxshi natijasi olinadi. Natijani qayd qilish vaqtida 1 sm aniqlikda o’lchash lozim.
Musobaqa o’tkazishda yordamchilar: Bu musobaqani tashkil qilish uchun har bir jamoaga 1 nafardan yordamchi bo’lishi lozim. Ular quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
- barcha ishlarni nazorat va boshqarib turish kerak (sakrashda start chizig’i va qo’nish joyini);
- jamoa har bir urinishni yakunlagandan keyin o’lchash kerak;
- natijani bayonnomaga qayd qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |