O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI TA’LIM VA MASOFADAN O’QITISH BO’LIMI
JISMONIY MADANIYAT 2-OLIY
TA’LIM YO’NALISHI
3-BOSQICH 307-GURUH TALABASI
BERDIQOBILOV ISMATULLA
NING
SPORT MAHORATINI OSHIRISH
FANIDAN TAYYORLAGAN
Mavzu: Umumrivojlantiruvchi mashqlar bilan gavdani to’g’ri shakllantirish.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarga oid atamalar
Termiz-2020-yil.
1. Umumrirojlantirurchi maxhqlar qaddi- qomatni shakllantirish
vositasi sifatida.
Qaddi-qomatni shakllantirish va uning nuqsonlarini yo‘qotish uchun
orqa, qorin pressi va yelka kamari mushaklarining statik kuchini,
shuningdek, umurtqa pog‘onasining harakatchanligiga ko‘proq e’tibor
bergan holda tananing barcha mushaklarini bir tekis rivojlantirish zarur.
Bu vazifa umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida muvaffaqiyatli hal
etiladi. Qaddi-qomatni shakllantirish uchun talabalarni o‘z qomatini
rostlay bilishga va uni uzoq vaqt saqlab turishga o‘rgatish zarur.
Talabalarni to‘g‘ri qomatga xos xislatlarni tarbiyalashga o‘rgatish qaddi-qomatni
rostlash mashqlarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi:
l. To‘g‘ri qomat holatini tarbiyalash.
Talabalarga tik turib qomatni qanday qilib to‘g‘ri tutish kerakligi ko‘rsatiladi.
Asosiy diqqatni boshning holatiga qaratish lozim, boshni
to‘g‘ri holatda
ushlashgina qomatni rostlash imkonini beradi. Doimo boshni oldinga
engashtirib yurish, odatda, kurakning chiqib, qomatning bukilib qolishiga
sabab bo‘ladi.
2.
Shu mashqning o‘zini talabalar bir-birlariga yordamlashib bajarishda
ularning biri to‘g‘ri qomat holatini saqlab turadi, ikkin- chisi esa bu holatning
qanchalik to‘g‘ri ekanligini yaxshilab ko‘zdan kechirib chiqadi.
3.
D.h. ensa, kurak, qo‘lni va tovonlarni devorga tekkizgan holatda orqa
bilan turish. Tananing hamma qismlari holatini eslab qolish. Devordan
uzoqlashish va o‘sha holatni saqlab turish.
4.
D.h. shuning o‘zi. Tana holatini eslab qolish. Bir qadam oldinga yurib
burilishlar va bosh bilan aylanma harakatlar bajarish. Yana boshni to‘g‘ri
holatda tutib turish hamda bir qadam orqaga yurish va devor oldida turib, gavda
holatini tekshirib ko‘rish.
5.
D.h. shuning o‘zi. Devor oldida turib, bosh va tosni uzoqlash- tirmasdan
belni bukish va d.h.ga qaytish.
6.
D.h. shuning o‘zi. Bosh, orqa va tosni devordan uzoq- lashtirmasdan
o‘tirish va turish, oyoqlarni ko‘tarish va bukish.
7.
D.h. shuning o‘zi, holatni eslab qolish. Devordan uzoqlashib bosh, gavda,
oyoqlar bilan bir necha harakatlar bajarish; to‘g‘ri qomat holatini qabul qilib,
uning to‘g‘riligini devor oldida tekshirib ko‘rish.
8.
D.h. shuning o‘zi, holatni eslab olish. Devordan uzoqlashib, to‘g‘ri holatni
saqlagancha 5—6 daqiqa aylanib yurish; yana devor oldiga borib holatni
tekshirish.
9.
Oyna oldida turib, to‘g‘ri qomat holatini qabul qilish. Bosh, gavda,
oyoqlar bilan bir necha harakatlar qilish. Yana to‘g‘ri qomat holatini qabul qilib,
uni oyna oldida tekshirib ko‘rish.
l0. Bir-birining to‘g‘ri turishini tekshirish.
ll. Bir-biriga orqa o‘girib turib, to‘g‘ri qomat holatini qabul qilish
(orqaga aylanib qarab), bir-birining holatini tekshirish.
l2. D.h. gimnastika tayoqchasini orqa umurtqa pog‘onasi bo‘ylab tik ushlab,
tik turish. Belni tayoqcha ensa va umurtqa pog‘onasiga tegadigan qilib
to‘g‘rilash.
l3. Chalqancha yotib, devor oldida tik turgan holatga o‘xshagan holat qabul
qilish va qabul qilingan holatni saqlagan holda qoringa ag‘darilib yotish.
l4. Qomatini to‘g‘ri rostlagancha tegmaslik sharti bilan «quv-
lashmachoq» o‘ynash.
Qayd qilingan mashqlarni bajarishda talabalar bu mashqlarning vazifasi
nimadan iborat ekanligini, albatta, yaxshi anglab yetish- lariga erishish kerak.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarayotib, ayrim mushak guruhlariga
alohida ta’sir qilinganda, rivojlanishdan orqada qolgan mushaklarni
mustahkamlash va qomat nuqsonlarini yo‘qotish imkoni yaratiladi.
To‘g‘ri qomatni shakllantirish uchun mushaklarning taranglik darajasini
boshqara olish va tik turganda, o‘tirganda va yurganda gavda qismlarining
holatini his qilish muhimdir. Faqat gavda qismlarining o‘zaro joylanishini his
qilgandagina to‘g‘ri qaddi- qomatga xos holatni qabul qilishga o‘rganish va
mashq qilish orqali, uni malaka sifatida mustahkamlash mumkin. To‘g‘ri
qomatni his qilish mashqlarigina bu vazifani hal qilish imkonini beradi.
Qomatdagi nuqsonlarni faqat umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida
bartaraf etish mumkin.
Qomat bukchaygan bo‘lsa, diqqatni ko‘proq umurtqa pog‘o- nasining
to‘g‘rilanishiga, yelka kamari mushaklarining mustah- kamlanishi va ularning
statik kuchini rivojlantirishga qaratib, ko‘proq umurtqa pog‘onasi yuqori
qismining harakatchanligini oshirishga yordamlashadigan mashqlarni bajarish
zarur.
Lordoz (kerilgan) qomatda oldinga engashish mashqlari va qorin pressi,
umurtqa-bel mushaklarini mustahkamlash uchun gavda, tos, son bo‘g‘imida
bukish, gavdaning orqa tomonidagi mushaklarini cho‘zish (bu umurtqaning bel
qismida bukilishini kamaytiradi) mashqlarini tavsiya qilamiz.