Daromad va xarajat smetasi
Moliyaviy reja ishlari sport inshootlar faoliyatining eng asosiy qismi bo‘ladi. Rejalashtirilayotgan moliyaviy operatsiyalarda asosiy hujjat sport inshootlarining daromad va xarajat smetasi hisoblanadi. Bu hujjatni tuzish sport inshootlari faoliyatini hamma qirrasini qamrab olishni talab qiladi. Daromad va xarajat smetasi bir yilga kvar-talga bo‘lingan holda tuziladi. Daromad smetasini birinchi qismi sport inshootlari bo‘yicha o‘tkaziladigan har xil musobaqalar daromad moddasi-ni o‘z zimmasiga oladi. Bu smetaga sport musobaqalarni, bayramlarni va boshqa tadbirlar (konsertlar, estrada vassirk tomoshalari, kinofilьmlar ko‘rgazmasi va sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari) kirish – to‘lov echimlari kiradi. Ko‘pchilik sport inshootlar uchun jismoniy jamoalarga, klublarga, oliy o‘quv yurtlariga va boshqa tashkilotlarga mujassam bo‘lgan
72
sport inshootlarni ijaraga topshirish asosiy daromad moddasi deb yuri-tiladi. Undan tashqari, daromad smetasiga umumjismoniy tarbiya bo‘yicha to‘lov guruhlari sport turlari bo‘yicha pul to‘laydigan sport guruhlar, su-zish bo‘yicha o‘rgatuv guruhlari, inventar va uskunalarni ijaraga berish, ulardan olingan kiruv to‘lovlar kiradi.
Harajatni asosiy moddasiga sport inshootlarni ta’mirlash, suv qiymati, isitish, elektroenergiya va transport harajatlari kiradi.
Inshoot ma’muriyati ishlab chiqaruvchi xodim va shtatda bo‘lmagan ish-chilar maoshi reja xarajatini keyingi moddasiga kiradi. Maosh fondini va ishchilar sonini yuqori turgan moliya tashkilotlari tasdiqlaydi. Sport inshootlarini shtati, ularning tasnifi va boshqa tashkilotlarni bu in-shootlarni ta’minlashiga bog‘liq. Oylik va yillik maoshlar bo‘yicha sport inshootlari ishchilar shtatlari bo‘yicha jadval tuziladi. Bu jadval sport inshootlari ishga tushish vaqtiga qarab rahbar tomonidan tuzilib, yuqori turuvchi moliya tashkilot tomonidan tasdiqlanadi. Hamma davlat byudjeti-ga qarashli sport inshootlari uchun yana bir muhim o‘rinni “Amortizatsiya ajratmalar moddasi” egallaydi. Bu degani sport inshootlari har yili Davlat bankiga amortizatsiya ajratmalarini o‘tkazadi. Ajratmalar yig‘indisi inshootlarni qiymati va ish muddatlariga bog‘liq bo‘ladi. Har bir sport inshooti normal ishlatilganda, vaqtida joriy va kapital ta’mir qilinganda uzoq muddatda faoliyat yurgizadi. Davlat organlarida tasdiqlangan vaqt muddati (ekspluatatsiya muddati) amortizatsiya normasi deb yuritiladi. Bu mablag‘larni yig‘indisi yillik va kvartal amortizatsiya ajratmalarini Davlat bankidagi yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Amortiza-siya fondi faqatgina inshootlarni asosiy fondlarini to‘la tiklashiga (renovatsiyaga) yoki ularni kapital ta’miriga sarflanishi mumkin. Binoba-rin, tiklash yoki kapital ta’mir uchun alohida amortizatsiya normalari tasdiqlanadi.
73
Do'stlaringiz bilan baham: |