O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
Chirchiq davlat pedagogika instituti
Fizika va kimyo fakulteti
Kimyo(kechki) yo’nalishi
20/1-guruh talabasi
Qambarov Bekshod Kenjayevichning
UMUMIY KIMYO fanidan
SPIRTLAR VAULARNING TIBBIYOTDA ISHLATILISHI
KURS ISHI
Topshirdi: Qambarov Bekshod Kenjayevich
Qabul qildi …………………..
CHIRCHIQ 2022
MAVZU:SPIRTLAR VA ULARNING TIBBIYOTDA ISHLATILISHI
Reja:
KIRISH
SPIRTLARNING OLINISHI.
SPIRTLARNING XOSSALARI.
SPIRTLARNING ISHLATILISHI.
ETIL SPIRIT TIBBIYOTDA ISHLATILISHI
KIRISH
Spirtlar — uglevodorodlarning toʻyingan uglerod atomlarida bir yoki bir nechta gidroksil guruh (—ON) tutgan hosilalari. Aromatik halkasidagi uglerod atomlarida — ON guruxi tutgan birikmalar — fenollar, toʻyinmagan uglerod atomlarida — ON guruhi tutgan birikmalar esa yenollar deyiladi. Uglevodorod radikalining tavsifiga koʻra, S. atsiklik yoki alifatik (mas, metil spirt, etil spirt, allil spirt), alitsiklik (siklogeksayogʻ aromatik (benzil spirt) va geterotsiklik boʻlishi mumkin. Molekulasidagi — ON guruhining soniga qarab, S. bir atomli (alkogollar), ikki atomli (glikollar), uch atomli (k,. Glitserin), toʻrt atomli (penta eritrit) va boshqa koʻp atomli spirtlar (geksitlar, ksilitlar) boʻladi. S.dagi — ON guruxlari birlamchi (SN2ON), ikkilamchi (>SNON) va uchlamchi (> S—ON) uglerod atomlari bilan birikkan boʻlishi mumkin. Shu sababli bir atomli S. birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi xillarga boʻlinadi.
S. odatda, tegishli uglevodorod radikalining nomiga karab ataladi: SN3ON (metil spirt), S3N7—ON (propil spirt) va h.k. Jeneva nomenklaturasiga koʻra, tegishli uglevodorod nomiga "ol" (yoki diol, triol) qoʻshimchasi qoʻshiladi va —ON guruxi birikkan uglerod atomini rakam bilan koʻrsatiladi. Mac, SN3—SN(ON)— SN3 (propanol2), NOSN2—SN2— SN2ON (propandiol1,3).
Bir atomli alifatik kuyi S. — rangsiz suyukliklar. Zanjirida bittadan uchtagacha uglerod atomi tutgan (S,—S3) Sdan alkogol hidi keladi. S4—S5 spirtlar nafasni qaytaradigan hidli. Yuqori S. (S|2 dan boshlab) — hidsiz qattiq moddalar; alitsiklik S. yalpiz xidli, uchlamchi S. mogʻor hidli.
S. suvdan yengil, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, oʻzi ham yaxshi erituvchi. Quyi alifatik S. suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Yuqori S. suvda erimaydi. Birlamchi S. kristallosolvatlar hosil qiladi, mas, SaS124S2N5ON, MgCl26C2H5OH, CuSO4CH3OH. Koʻpchilik S. suv va baʼzi erituvchilar bilan aralashib, azeotrop aralashmalar hosil qiladi.
S. molekulasida — ON guruhi boʻlgani sababli sezilarli qutblanish kuzatiladi. S. ishqoriy, ishqoriyer va boshqa baʼzi metallar bilan tuzeimon birikmalar — alkogolyatlar, mas, NaOR, Ca(OR)2, A1(OR)3 hosil qiladi. S.ga kislotalar taʼsir etganda murakkab efirlar hosil boʻladi (qarang Eterifikatsiya). Birlamchi S. oksidlanganda tdegidlar va kislotalar, ikkilamchi S. oksidlanganda ketonlar hosil qiladi; uchlamchi S. oddiy sharoitda oksidlanmaydi. Bir atomli alifatik S. kucheiz narkotik taʼsirga ega, baʼzi S zaharli.
S. tabiatda erkin holda va murakkab efirlar holida uchraydi. S. galogenalkillarni gidrolizlab (amil, benzil S. va boshqalar), olefinlarni gidrolizlab (etil, izopropil, trimetilkarbinol va boshqalar) olinadi.S, koʻpincha, karbonli birikmalar (aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar va boshqalar)ni natriy, litiy, alyuminiy gidrid, vodorod bilan qaytarib olinadi. Alkogol ichimligi uchun ishlatiladigan etil spirt qand moddalarini bijgʻitib olinadi. S.ning amaliy ahamiyati muhim: boʻyoqlar, sintetik tolalar, plastmassalar, xushboʻy dori va yuvuvchi vositalar, plastifikatorlar va portlovchi moddalar ishlab chiqarish.da xom ashyo hisoblanadi. Koʻpchilik sanoat tarmoqlarida erituvchilar va alkillovchi agentlar sifatida ishlatiladi.
Bir va ko’p atomli spirtlar
Spirtlаrning uglеvоdоrоdlаrdаgi vоdоrоd аtоmlаrini gidrокsil gurihigа аlmаshinishidаn hоsil bo’lgаn biriкmаlаr dеb qаrаsh mumкin. Spirtlаr to’yingаn vа to’yinmаgаn bo’lishlаri mumкin. Gidrокsil guruhining sоnigа qаrаb ulаr bir vа кo’p аtоmli spirtlаrgа bo’linаdilаr.
Do'stlaringiz bilan baham: |