Spektrofotometriya. Spektrofotometrik usulda qo’llaniladigan spektrofotometrlar va kyuvetalar haqida ma‘lumot. Nur yutish spektri haqida ma‘lumot


Fotometriya tahlillaridagi xatoliklar manbai



Download 33,7 Kb.
bet8/8
Sana13.04.2022
Hajmi33,7 Kb.
#548425
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SPEKTROFOTOMETRIYA

Fotometriya tahlillaridagi xatoliklar manbai.
Ba‘zi xollarda tekshiriluvchi modda eritmalari dissotsiyalanadi, polimerlanadi, erituvchilar yoki eritma tarkibidagi moddalar bilan o’zaro kimyoviy ta‘sirlanadi. Natijada erit mani nur yutishi o’zgaradi. Bunday xolat ayniqsa konsentr- langan eritmalarda ko’proq sodir bo’ladi. Bu jarayonlar sodir bo’lganda eritmani optik zichligi konsentratsiyasiga bog’liq bo’lmagan xolda o’zgaradi, ya‘ni nur yutish qonuni buziladi. Nur yutishni konsentratsiyasiga bog’liqlik grafigi to’g’ri chiziq asosida bo’lganda fotometriya qonuni saqlanadi. SHuni takidlab o’tish lozimki fotometriya qonuni modda konsentratsiyasini ma‘lum chegarasida, rN muhitda, reaktivlarni ma‘lum miqdorida, ma‘lum xaroratda va ma‘lum bir vaqtda saqlanadi. Bu sharoitlardan biror biri buzilsa, u ma‘lum xatoliklarga olib keladi. Ayrim birikmalar xavo kislorodi ta‘sirida oksidlanishi, nur ta‘sirida parchalanishi, koogulyasiya va boshqa sabablar ta‘sirida o’zgarishi mumkin. Bunday sharoitlarda yangi tayyorlangan eritmalar tarkibiga stablizatorlar qo’shib, ximoya kolloidlari (jelatina, kraxmal) ishlatiladi.
Ko’pchilik xolatlarda fotometriyaga rangli yot moddalar yoki ularni reaktiv bilan xosil qilgan rangli birikmalari rangli eritma olishga xalaqit beradi. Bunday xolatlarda niqoblash usullari qo’llaniladi (oksidlash, kompleks birikmalar xosil qilish, ekstraksiyalab ajratish. Ba‘zan tekshiriluvchi moddani aniqlash xalaqit beruvchi modda nur yutmaydigan to’lqin uzunligida olib boriladi.
51
Yuqorida aytib o’tilgandek xatolikni kamaytirish maqsadida solishtirish, qo’shimcha qo’shish, differensiallash usullardan xam foydalaniladi.
Agar aniqlanuvchi modda rangli bo’lsa, lekin kolorimetrlanuvchi modda bilan birikma hosil qilmasi, u xolda optik zichlik bunday reaktiv qo’shishdan oldin va reaktiv qo’shgandan keyin aniqlaniladi.
Uning soddaligi, universalligi va tez bajarilishi tufayli, nur yutish yordamida asosiy komponentlarni aralashmadan ayniqsa (mikroprimesslarni) kam miqdorli qo’shimcha moddalarni (10-6 % gacha) aniqlashda keng qo’llaniladi. Misol sifatida po’lat, rangli qotishmalar, qora metallar, lyumoforlar yarim o’tkazgich materiall va turli eritmalar suv tarkibini aniqlashlarni shu usulda bajarilishini ko’rsatish mumkin.
Fotometrik usulni qo’llashda rangli eritmalarni tanlash murakkab tarkibga ega bo’lgan dori shakli tarkibidagi biror bir moddani aniqlashga erishiladi. Masalan: fenolgipoxlorid yordamida olib boriladigan reaksiya asosida kodeinni murakkab tarkibli aralashmadan aniqlash mumkin. Bunda kodeinni aniqlanishida 20 taga yaqin moddalarni xalaqit bermasligi kuzatilinadi.
Paratsetamolni miqdoriy tahlilini fotokolorimetrik usulda olib borishda tarkibida analgin, kofein va salitsilat tuzlari bo’lgan taqdirda, paratsetomolni avval gidrolizga uchratib, so’ngra gidroliz mahsulotiga diazotirovka reaktivdan qo’shish yordamida azobo’yoq hosil qilib miqdori aniqlanadi.
Fenatsetinni dori shakllari tarkibidan (atsetil salitsil kislotasi va kodein) xromat kislotasi va ammoniy sitrat ishtirokida hosil bo’lgan rangli eritmani fotokolorimetrik usulda aniqlashni amalga oshiriladi.
Spektrofotometrik usulda moddalarni miqdoriy tahlilini olib borishda murakkab tarkibdagi ayrim komponentlarni aniqlashda bir xil nur yutish to’lqin uzunligida optik ko’rsatkichini aniqlash mumkin.
Spektrofotometrik usulda ikkita va undan ortiq tarkibdagi moddalarni nur yutish xususiyatiga asoslanib quyidagicha olib boriladi.
1. Dori shakli tarkibida ikkita moddadan tashkil topgan, uning bittasi UB nurini ma‘lum to’lqin uzunligida yutsa, tarkibidagi ikkinchi modda UB nurini yutmasa, u xolda spektrofotometrik usulni xuddi bir komponentli moddalarni aniqlanishidek qo’llashni talab etiladi.
2. Agarda ikki komponentli dori shakli tarkibidagi moddalar har xil nur yutish to’lqin uzunliklariga ega bo’lsa, u xolatda moddalarni ajratmasdan o’ziga to’g’ri keladigan yuqori nur yutish to’lqin uzunligida tahlili olib boriladi.
Spektrofotometrik usulda miqdoriy tahlilini olib borish:
V - suyultirilgan hajmi
a - aniq tortma
D0, D1 – standart va aniqlanuvchi erit malarning optik ko’rsatkichi
C0 – standart eritmaning konsent-si
Tabletka tarkibidagi moddani gramm miqdori (x).
D1 . Co . Vq q – tabletkaning o’rtacha og’irligi,
Xgr = ------------------ gramm.
Do . 
Spektrofotometrik aniqlashning metrologik kattaliklari.
Hisoblashlar natijasida molyar yutish koeffitsentining 105 (amalda 103 - 104), bo’lishi optik ko’rsatkichning minimal qiymati 10-2 va o’tkazish qatlamining qalinligi ko’pchilik analitik o’lchashlar uchun 1sm bo’lishi aniqlangan. SHundan kelib chiqilsa, spektrofotometrik o’lchashlarning sezuvchanligi 10-7M (ko’pchilik xollarda 10-4 – 10-6M) bo’ladi.
Fotometrik aniqlashlarda kuzatiladigan tasodifiy xatolar eritma tayyorlash aniqlanadigan moddani yutadigan ko’rinishga aylantirish, begona moddalar ta‘siri, boshqalar asosida yuzaga keladi. Bunga kyuveta va etalon eritma tanlash xatolari ham kiradi. Nur manbasiga berilayotgan kuchlanishning o’zgarib turishi, ham nurga ta‘sir qilmay qolmaydi. Bularning hammasi aniqlanishning qayta takrorlanuvchaligiga katta ta‘sir ko’rsatadi. Tajribalarning ko’rsatkichiga D va T ni o’lchash xatolari
52
ham sezilarlidir. SHuning uchun ham optik ko’rsatkichni o’lchash xatosi, uning minimal qiymati
ikkilanganidan katta bo’lmasligi kerak.
Download 33,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish