E, Masihodam begim, bir dam ila bergil shifo
Sheva birla ko’zlaring jonimni bemor ayladi.
Ey, Iso payg’ambar nafaslik (Iso payg’ambarning nafaslari jonbaxsh bo’lgan) begim, daming (og’zing) birla shifo bergil, chunki jonimni sheva bilan bemor ayladi, mazmunini keltirib chiqarish uchun og’iz bilan ko’z qarshilantirilmoqda, ayni paytda, ular bir-biriga bog’liq, ikkalasi ham yornikidir.
4. Eskirgan so’zlar deganda, bugungi kitobxonga tushunarli bo’lmagan, og’zaki nutqda deyarli ishlatilmaydigan so’zlar tushuniladi. Bunday so’zlar davr ruhini ifodalashda, nutqda turli rang va ruh (mazah, kinoya, masxaralash kabi) berishda asqotadi. Ular ikki xildir:
Birinchisi, tarixiy so’zlar (istorizm)lar – o’tmishda bor bo’lgan narsa va tushunchalarning nomini bildirgan, keyinchalik esa tilimizda ishlatilmaydigan, muomala-munosabatlarda qo’llanilmaydigan so’zlardir: birmiri, botmon, misqol, mingboshi, kanizak, yorg’uchoq kabi.
Buning yaqqol misolini tasavvur qilish uchun “Farhod va Shirin” (A.Navoiy) dostonining XXX bobi sarlavhasiga murojaat qilaylik:
“Farhodning Shopur dasht paymolig’i, balki rahnomolig’i bila Yaman mulkidan Arman kishvarig’a azimat qilg’oni va Armanning Eramoso sabza va rayohinidin g’unchadek ko’ngli gul-gul ochilg’oni va Armaniya tog’i kamarida xoro qozodurg’on el ajzin ko’rib ul kayfiyatin so’rub xoro qozorg’a kamar chust etgani va bu xabarning chustu Shirin Mehinbonu bila Shiringa yetgoni”
“Poymolig’i” - “oshganligi”, “kishvari” - “o’lkasi”, “azimat” - “yo’l olmoq”, “sabza” - “maysa” “rayohinidin” - “rayhonlaridin”, “xoro”- “tosh”, “ajzin” - “ojizligi”, “kamar” - “bel”, “chust etgani” - “shaylagani” tarzida tushunsakkina XV asrdagi muallif nutqini, uning “oliy” uslubiyatining o’ziga xosligini to’liq anglaymiz: “Farhodning Shopur rahnomoligi bilan dasht (cho’lu biyobon)larni oshib Yaman mamlakatidan Arman o’lkasiga yo’l olgani, Armanning Eramoso (jannatdagiga o’xshash) maysalari va rayhonlaridan ko’ngli gul-gul ochilgani va Armaniya tog’i kamarida tosh qaziyotgan el ojizligini ko’rib, kayfiyatlari (holi-ahvoli)ni so’rab tosh qazishga bel bog’lagani va bu xabarning juda tez Mehinbonu va Shiringa yetgani” mazmuni bayon qilinganini tushunamiz. Yuqoridagidek tarixiy so’z va iboralar ishlatilmaganda, biz XV asr ruhini, o’sha davr badiiy tilini bu qadar aniq bilmagan bo’lardik. Ikkinchisi, eski so’z – arxaizm (yunon. Archaios-qadimgi so’z) – bugungi kunda sinonimi ishlatilayotgan, lekin asli ishlatilmayotgan eski so’zlardir, ya’ni aslidagi shakli eskirgan, ma’nosi sinonim so’z (yangi shakl)da bo’ladi. Demak, eskirgan (arxaik) so’z ma’nodosh so’zlar bilan bog’liq bo’lsa, tarixiy so’zlar, odatda, yakka bo’ladilar. “... Darboza ochilib, qo’rboshi ichkariga kirdi. O’rdaning tevarak masohatini biz chamalab ko’rgan edik, shuning uchun o’rdaning qay daraja keng bo’lishi ham bizga qiyosan ma’lum. Ammo o’rdaning ko’proq qismi darboza tomonda qoldirilib, janubga tortilg’an xatti mustaqil bir devor bilan bo’lingan edi...” (“O’tgan kunlar”). Ushbu parcha hokim saroyining yaqqol manzarasini aniq tasvirlaydi. “O’rda” so’zining hozirgi sinonimi (shakli) “saroy” bo’lsa, “masohat”niki “to’g’ri chiziq”dir.
5. Yangi so’z – neologizm (yunon. Neos logos – yangi so’z) deganda, san’atkor tomonidan yangidan yasalgan, hayot yangiliklarini ifodolovchi yangi so’zlar jami tushuniladi. Jumladan, G’afur G’ulom “daryodil, yovyurak, mehnatobod, sharofobod, oyoqdosh” kabi so’zlarni yasagan bo’lsa, Maqsud Shayxzoda “xayolxona, ilhomdosh, fazoshumul vazifa, huriston, oybachcha, xorazmlashmoq, xayollanmoq, tundalik” kabi neologizmlarni kashf etdi. Jamiyatimizning bugungi taraqqiyoti birja, dollar, mafiya, terrorizm, repititor, test” kabi yuzlab yangi tushunchalarni ifodalovchi so’z va iboralarni yaratdi.
Demak, hayotning yangilanishi – doimo so’zlarning ham yangilanishiga; yozuvchi va shoirlarning yangi obrazlarni yaratishga intilishlari ham hamma vaqt yangicha ifodani akslantiruvchi so’zlarning yasalishiga olib keladi. Bu – hayotning va adabiyotning qonuniyatidir. “- Uchinchi dunyoni Latif – Astral olami deb atashadi. Uning biz yashayotgan dunyodan farqi kam. Lekin o’ziga xos jihatlari bor. Bu Latif olamda tebranishlar o’ta nozik, jismoniy harakatlarga vaqt sarflanmaydi. Ammo biologik hodisalar vaqt bo’yicha kechadi. Bu dunyo moddiyati oyning gravitasion maydonidir. Quyosh burjining har bir sayyorasi o’z Latif dunyosiga ega...
- Shoshmang – shoshmangh – bashoratchi ayolning gapini bo’ldi Asad. – Siz jismoniy harakatlarga vaqt sarflamaydi, dedingiz. Buni qanday tushunish kerak? – Latif dunyo mavjudotlari birzumdayoq sayyoraning istagan nuqtasida paydo bo’lishi mumkin. Fanda bu hodisani teleportasiya, deyishadi”1.
hojiakbar Islom Shayxning “Tutash olamlar” mistik –fantastik romanidan keltirilgan ushbu dialogga e’tibor qilsangiz, undagi “Latif Astral olam, gravitasion, teleportasiya” kabi neologizmlar – hayotimizdagi yangicha qarashlarning mahsulidir, moddiy dunyomiz bilan boqiy (ruhiyat) dunyosining sirlarini o’rganishga intilishning jozibali mevasidir.
Lekin “favqulodda “yangilik” yaratish ishtiyoqidagi ba’zi qalamkashlar “g’uncha portladi”ga o’xshash ko’p “kashfiyot” qilishdi. Tushunaman, lekin bunday so’z qo’llanilishini nojoiz deb bilaman. Xalq hyech qachon “g’uncha portladi” demaydi. Bu zo’rma-zo’rakilikh” (Azim Suyun. O’zlik, “Sharq”, 1999, 111-bet.) Undan qochgan ma’qul.
5. Dag’al so’z-vulgarizm (lat.-vulgaris- dag’al, qo’pol)lar adabiy tilda ishlatilmaydigan haqoratli so’zlar va noto’g’ri tuzilgan, qo’pol jumlalar, dag’al (mantiqsiz yoki biri tog’dan, biri bog’dan bo’lgan) fikrlashni ifodalovchi iboralardir. Ular asar qahramonining qo’polligini, hayosizlagini, axloqsizligini, ma’naviyatdan uzoqligini yaqqol ko’rsatadi. Buning isboti Toshpo’lat tajangdir:
“hoy, qizilboshh Chilimingni berasanmi, yo’qmi, it emgan? Qara-qara, Mahkamh Do’nduq ekan-ku anavingh Suyagi barmi, a? Bir piyola choyimiz bor, hovh Itdan tuqqaning qaramadi-ku... hoy, kim, Salim kavarning bolasi emasmi, to’lishipti o’ziyam. Sartarosh hoji ko’rib qolsa o’ldi, deginh
Bodom qavoq – yupqa tomoq, dodimga yetsang-chi.
hoy – hoyh”2
6. Chet so’z – Varvarizm (lat. Varvarus - kelgindi) lar - badiiy asar yozilgan tilga yot bo’lgan, boshqa tillardan “bostirib” kirgan so’z, ibora, birikmalardir. Ayniqsa, o’zbek tilimizga arab tilidan kirgan (arabizm), fors tilidan kirgan (forsizm), rus tilidan kirgan (rusizm) so’zlar ko’pchilikni tashkil qiladilar. Bu so’zlar zamon ruhini berishda, tipik xarakterlarning xususiyatlarini individuallashtirishda, ularning ayanchli, kulgili nutqlarini bo’rttirishda judayam qo’l keladi.
Abdulla Qodiriyning “Toshpo’lat tajang nima deydir?” degan chapanilar hayotidan hangomalaridan bir shingilini tinglaylik:
“ - Shu afandichalaringni bittasi sanmi? Shoyi ko’ynakchangni qarah Voy o’sha cho’nchakchasiga burnimni qoqayh Kulma, xudoy haqqi, kufrligimni oshirasanh Sen xaloyiqni hammang ham tirnog’imni yuzida; Poshsholig’ing shoyi ko’ynakka, deb besh so’lkavoyni uzatdimi simint (siyu minutu-A.Q.) Toshpo’lat akangni unutasan, xudoy haqqi, unutasanh” (Kichik asarlar, 73-bet).
Toshpo’lat tajangning nutqi (u nutqdagi arabcha, ruscha so’zlar va ularning ko’pini buzib talaffuz etishi) - chapaniligini, saviyasi sayozligini, ahloqi buzuqligini, vaysaqiligini, johilligini to’liq ifodalay oladi.
Azamat Qorjovovning quyidagi hazil she’rida ham “poet”ning – lirik qahramonning borlig’i kulguli tarzda ifodalangan:
“Men poetman, bu qizlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |