102-rasm.
To‘pni hamla bilan olib qo‘yish. Bu usul raqib o‘yinchisini o‘ng yoki chap tomonidan aylanib o‘tishida qo‘llaniladi va to‘p tomonga tez egilish orqali hamla qilinadi. Uning kengligi to‘pgacha bo‘lgan masofaga bog‘liq. Keyin 103-rasm. to‘p oyoq bilan tashlanish orqali olinadi.
To‘pni sirpanib olib qo‘yish. Bu usul orqadan yoki yondan bajariladi. Hujumchi raqibga yaqinlashib sirpanib oyog‘ini to‘pga yo‘naltiradi. O‘yinchi to‘pning yo‘lini to‘sadi va uni oyog‘i bilan turtadi (103-rasm).
To‘pni yelka bilan turtib olib qo‘yish. Bunda o‘yin qoidalariga muvofiq o‘yinchini yelka bilan turtishga ruxsat etiladi. Turtish faqat to‘pni olib qo‘yish maqsadida bo‘lishi lozim. Qo‘pollik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
To‘pni oyoq bilan surib borib olish eng murakkab usul hisoblanadi. Bu usul o‘yinchidan faqat tezlikni emas, balki chaqqonlik va epchillikni talab qiladi. To‘pni olayotganda o‘yinchi raqibga emas, balki to‘pga qarab turishi zarur.
To‘pni o‘yinga kiritish usuli joyida turib, yugurib kelib va yiqilayotganda (to‘pni o‘yinga kiritishning barcha turlari yon chiziqdan) bajariladi. To‘pni o‘yinga kiritayotganda oyoqlar biroz egiladi, to‘pni ushlaganda bosh barmoqlar unga tegib turishi zarur, o‘yinga kiritishda barcha a’zolar deyarli ishtirok etadi. Yugurib kelib o‘yinga kiritishda esa o‘yinchi to‘pni oldida ushlab turadi, bir-ikki qadam qolganda boshi ustiga ko‘tarib biroz orqaga o‘tkazadi va sherigiga tashlaydi (104- rasm).
104-rasm.
105-rasm.
Darvozabon o‘yini. Darvozabonning o‘yini, ba’zi istisnolar bilan maydon o‘yinchilarinikidan farq qiladi. To‘pni tutish, uloqtirish, to‘sish, o‘yinga kiritish kabilar darvozabonning asosiy usullari hisoblanadi.
Darvozabonning asosiy tik turish holati. Oyoqlar yelka kengligida, tizzalar biroz bukilgan, gavdaning yuqori qismi oldinga egilgan, qo‘llar tirsakdan bukilgan, ko‘zlar to‘pga qaragan. Almashuvchan va qisqa qadamlar bilan darvoza oldida harakat qiladi.
To‘pni tutib olish. To‘p yerdan kelayotgan bo‘lsa, oyoqlarni bukib, to‘g‘rilangan qo‘llarning kaftini oldinga qilib tutib olinadi.
To‘p pastdan uchib kelganda yarim o‘tirib olinadi va to‘p qoringa tekkandan so‘ng ushlab olinadi. Bunda oyoqlar to‘p o‘tib ketmaydigan qilib juftlanadi (105-rasm).
Agar to‘p ko‘krak barobar uchib kelayotgan bo‘lsa, u bel barobar bo‘lishi uchun sakraladi, uni ushlab olgach, mahkam siqib olinadi. Yuqoridan uchib kelayotgan to‘pni ushlab olish uchun darvozabon qo‘l panjalarini yoyib balandga ko‘taradi va sakraydi. To‘pni qattiq ushlab, ko‘kragiga qisib oladi. Darvozabon yerga oyoqlarini keng qilib tushadi.
Agar to‘p darvozabon yonidan o‘tayotgan bo‘lsa, u to‘pga qarab qadam tashlaydi, bir oyoq tizzadan bukiladi va oldingi oyoqning tizzasiga tayanadi. Darvozabon to‘p bilan kelayotgan raqibga qarshi chiqqanda to‘pni yopib qabul qiladi. To‘p raqib ixtiyorida bo‘lsa, baribir darvozabon uning yo‘lini yotib to‘sadi.
Darvozabon past, o‘rta, baland masofada uchib kelayotgan to‘pga darhol o‘zini otib tutadi. Darvozabon yerga yiqilayotganida dumalab turib ketishga harakat qiladi (106- rasm).
Uchib kelayotgan to‘plarni turtib yuborish. To‘pni yiqilayotib yoki o‘zini tashlab turtib yuborishning imkoni bo‘lmasa, uni musht bilan urib yuboradi. Agar to‘p darvoza oldiga tushishi va
uni raqib egallashi mumkin bo‘lsa, darvozabon uni bir yoki ikki mushti bilan urib yuboradi (107-rasm).
Darvozabon to‘pni tutgandan keyin turli usullar bilan: ikkiuch qadam oldinga chiqib, qo‘l bilan tashlab ham o‘yinga kiritishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |