Suyuq muhitda geterogen reaksiyalar o'tkazish reaktorlari. Bunday ko'rinishdagi geterogen reaksiyalar ikki yoki undan ortiq o'zaro aralashmaydigan yoki qisman aralashadigan suyuqliklar tizimida kechadi. Misol sifatida uglevodorodlarni sulfidlash yoki nitratlash reaksiyalarini keltirish mumkin. Reaksion aralashma ikki tarkibda uglevodorod ushlagan organik va kislotali faza - neorganik fazalardan iborat. Reaksiya fazalar ajralish yuzasida hamda organik yoki neorganik fazalar ichida ro'y beradi. Jarayon tezligi reaksiya zonasidagi komponentlarning diffuzion tezligiga bog'liq.
Bunday reaksiyalarni o'tkazish reaktorlarining konstruksiyasi sodda bo'lishi va quyidagi talablarga javob berishi lozim: reaksiya issiqligini tez chiqarish uchun yetarli sovitish yuzasiga ega bo'lishi; fazalar orasida eng katta kontakt yuzasini ta'minlashi; kislotali muhit korrozion ta'siriga qarshilik ko'rsatishi.
Suyuqlik - suyuqlik geterogen sistemalarida jarayonlar o'tkazish reaktorlari davriy, yarim davriy va uzluksiz ishlashi mumkin. Kichik hajmda berilgan darajada o'zgartirishni ta'minlash uchun reaktorlarni ketma-ket ulash (12.4, 12.5-rasmlar) sxemalari qo'llaniladi.
Gaz-suyuqlik sistemalarida geterogen reaksiyalar o'tkazish reaktorlari.Gaz-suyuqlik sistemalaridagi geterogen reaksiyalar faqatgina suyuq fazada ro'y beradi, buning uchun gazsimon reagent suyuq fazada erishi kerak. Bu reaksiyalarni o'tkazish reaktorlari konstruksiyasiga ko'ra absorbsion qurilmalarga o'xshash, ular katta hajmga ega va ishlatish nisbatan oson. Deyarli barcha reaktorlar uzluksiz tarzda ishlaydi.
Gaz-suyuqlik sistemalaridagi geterogen reaksiyalar o'tkazish reaktorlarining o'lchamlari fazalar orasidagi yuza kattaligiga bog'liq. Sanoatda kolonna shaklidagi nasadkali va tarelkali reaktorlar keng tarqalgan.
Nasadkali reaktorlar (12.11-rasm) o'zaro reaksiyaga kirishuvchi gaz va suyuqlik kontaktlanishi uchun katta yuza hosil qiladi. Suyuqlik nasadka (2) bo'ylab yupka qatlam ko'rinishida pastga oqib tushadi, unga qarama-
qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan gaz suyuqlik hajmiga kirishadi. Natijada, gaz va suyuqlik o'zaro kimyoviy reaksiyaga kiradi. Nasadka qatlami keramik (yoki metall) to'r (3)ga tartibli terilgan bo'lib, to'rj tayanchlar (4)ga mustahkam o'matilgan. Reaktor (1) qobig'i po'latdan yasalgan va ichki yuzasi muhitning korrozion ta'siriga chidamli material bilan qoplangan.
Nasadkali reaktorlarda o'tkaziladigan reaksiyaga kuchsiz azot kislotasi ishlab chiqarishidagi azot oksidini suvda absorbsiyalash jarayoni misol bo'ladi. Azot oksidi to'lik yutilishi uchun bir nechta nasadkali reaktorlar o'matilgan bo'lib, ularda suyuqlik va gaz qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanadi.
Barbatajli yoki tarelkali reaktorlarda gazni suyuqlik bilan birikishi gazni suyuqlik qatlamidan o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Ularning konstruksiyasi tarelkali absorbsion qurilmalariga o'xshash bo'ladi.