Issiqlik rejimiga ko'ra reaktorlar izotermik va adiabatik bo'ladi.
Izotermik reaktorlar reaksion hajmning barcha nuqtalarida bir xil bo'lgan o'zgarmas haroratda ishlaydi. Izotermik reaktorlarning reaksion tezligi faqatgina reaksion aralashma tarkibiga bog'liq.
Ma'lumki kimyoviy reaksiya ekzotermik yoki endotermik issiqlik efFekti
12.6-rasmra. Bir modda qo'shimcha kiritiladigan aralashtirish rcaktorlarining zanjiri.
orqali o'tadi. Shunga ko'ra izotermik sharoitni yaratish uchun ma'lum miqdordagi issiqlikni reaktorga kiritish yoki reaktordan chiqarish kerak. Shu maqsadda izotermik reaktorlar konstruksiyasida maxsus issiqlik almashinish yuzasi ko'zda tutilishi zarur.
Adiabatik reaktorlar tashqi muhit bilan har qanday issiqlik almashinish chegaralangan sharoitda amalga oshiriladi. Bunga reaktor qobig'ini izolatsiya qilish (qoplash) orqali erishiladi.
Adiabatik sharoitda kechadigan reaksiyalarda reaktordagi harorat, ya'ni reaksiya tezligi o'zgaradi.
Adiabatik sharoitlarda ekzotermik reaksiya tezligi ko'p marotaba o'sadi, chunki reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik faqatgina reaksion aralashmani isitish uchun sarflanadi. Adiabatik sharoitdagi endotermik reaksiyalar noqulay sharoitda olib boriladi, chunki haroratning pasayishi komponentlarning reaktorda bo'lish vaqtini sezilarli ravishda oshishiga olib keladi.
Reagentlarningfaza ho/atiga ko'ra reaktorlar quyidagicha tasniflanadi. Agar kimyoviy reaksiya kechganda reaktorda faqat bir xil faza bo'lsa, bunday reaktor gomogen deb ataladi. Bunda reaktor bir xil agregat holatida bo'lgan moddalar-suyuqlik yoki gaz bilan to'ldirilgan bo'ladi. Gomogen holatini hosil qilish uchun boshlang'ich moddalar bir-biriga har qanday nisbatda aralasha olishi kerak.
12.7-rasm. Qarama-qarshi yo'nalishli aralashlirish reaktorlar zanjiri.
12.8-rasm. Bosqichli issiqlik almashgichli siqib chiqarish reaktori.
Agar reaktordagi moddalar turli agregat holatida bo'lsa, bunday reaktor geterogen deb ataladi. Geterogen reaktorlarning konstruksiyasi turli shaklda bo'lishi bilan ajralib turadi va geterogen reaksiya turiga bog'liq bo'ladi. Geterogen reaksiyalar davriy va uluksiz ishlaydigan reaktorlarda amalga oshiriladi. Ko'pgina katalitik reaksiyalar geterogen reaktorlarda olib boriladi.