9.2-§. Kristallizatorlarning tuzilishi
Sanoatda kristallanish jarayonini amalga oshirish uchun turli uskunalar ishlatiladi. Ishlash prinsipiga ko'ra kristallizatorlar bir necha turga bo'linadi:
1) erituvchining bir qismini bug'latish yo'li bilan ishlaydigan
kristallizatorlar;
eritmani sovitish bilan ishlaydigan kristallizatorlar;
sovituvchi qurilmasi bo'lmagan vakuum-kristallizatorlar;
mavhum qaynash qatlamli kristallizatorlar. Barabanli kristallizator. 9.1-rasmda suv bilan sovitiladigan barabanli
kristallizatorning sxemasi berilgan. Bunday kristallizatorlar sanoatda eng ko'p tarqalgan bo'lib, g'ilof (4) bilan ta'minlangan silindrsimon qobiq (3)dan iborat. Baraban bandajlar (1), tayanch g'ildirakchalari (5) va tojli
shesternya (2) yordamida aylanma harakatga keladi. G'ilofga sovitish uchun suv yoki havo beriladi. Eritma va sovituvchi suv qarama-qarshi yo'nalishda harakat qiladi. Barabanli kristallizatorning diametri 1,5 m va uzunligi 15 m gacha bo'lganda uning qiyaligi 1-400 yoki 1-^200, aylanish soni esa 1CH-20 ayl/min bo'ladi. Bunday qurilma yordamida mayda kristalli cho'kma olish mumkin. Kamchiligi — barabanning ichki yuzasiga kristallar yopishib qoladi.
Vakuum-kristallizator. Eritmani qisman bug'latish uchun u bug'latish kamerasiga yuboriladi. Bug'latkichda vakuum-nasos va kondensator yordamida vakuum (bo'shliq) hosil qilinadi (9.2-rasm). Bug'latkichda eritma barometrik quvur orqali yig'gichga o'tadi. Hosil bo'lgan suv bug'lari vakuum-nasos orqali tortib olinadi. Cho'kma tushgan kristallar yig'gichning pastki qismidan tushiriladi. Kristallardan ajralgan eritma yig'gichning vuqorigi qismidan uzatiladi. Vakuum-kristallizatorlarda mayda o'lchamli kristallar olinadi. Bunday qurilmalar uzluksiz ravishda ishlaydi.
Mavhum qaynash qatlamli kristallizator. Bunday kristalizatorlar katta o'lchamli bir xil shakldagi kristallar olish uchun ishlatiladi. Mavhum
9.3-rasm. Mavfaum qaynash qatiamli kristallizator:
1— qurilmaning qobig'i; 2—sirkulatsion nasos; 3—uzatuvchi quvur; 4-eritma beriladigan patrabka; 5—kristall mahsuloti chiqadigan patrabka; 6—bug'latkich; 7—ikkilamchi bug'lar chiqadigan patrabka; 8-isituvchi bo'ladigan
patrabka; 8—isituvchi bug' patrabkasi; 9-kondensat chiqadigan patrabka.
qaynash qatlamli kristallizatorlarda kristallanish jarayoni eritma bir 3 qismining bug'latilishi yoki eritmaning sovitilishi bilan olib boriladi. Mavhum qaynash qatlamli ., bug'latuvchi kristallizatorning tuzilishi 9.3-rasmda ko'rsatilgan. Bu qurilma qobiq quvurli sovitkich va sirkulatsiya qiluvchi nasosdan iborat. Uzluksiz so'riluvchi quvur orqali berilayotgan eritma qisman kristallardan ajralgan suyuqlik oqimi bilan aralashadi. Bu oqimning miqdori dastlabki berilayotgan eritmaning miqdoriga nisbatan bir necha marta ko'p bo'lganligi uchun aralashgan eritmaning konsentratsiyasi va temperaturasi kam o'zgaradi. Shu sababli sirkulatsiyali nasos orqali aralashgan eritmani sovitkichga uzatib sovitilganda, eritma kamroq to'yinadi. So'ngra eritma qurilmaning pastki qismiga berilib, kelayotgan issiqlik oqimi bilan qurilmadagi kristallar qaynab, to'yingan eritma hisobiga kristallar kattalashadi. O'z tarkibida juda mayda kristallarni ushlagan, qisman kristallardan ajralgan suyuqlik qoldig'i uzluksiz so'ruvchi quvurga tushib, berilayotgan eritma bilan aralashib, yana nasos orqali uzatiladi va sikl qaytadan takrorlanadi. Hosil bo'lgan kristall mahsulotlari qurilmaning pastki qismidan ajratib olinadi. Sovitkichga kirayotgan va chiqayotgan suyuqlikning kerakli tempera-turasini hosil qilish maqsadida qo'shimcha sirkulatsiya konturidan foydalaniladi.
Ko'p pog'onali vakuum-kristallizator. Sanoatda ko'p miqdordagi kristallar olish uchun ko'p pog'onali kristallizatorlar ishlatiladi. Bunda bir necha uskuna ketma-ket ulanib, vakuumning miqdori uskunalarning soniga qarab asta-sekin oshib boradi (9.4-rasm). Har qaysi uskuna uchun ikkilamchi bug'larni kondensatsiyalashga alohida yuzali kondensatorlar
9.4-rasm. Ko'p pog'onali vakuum-kristalli/.ator:
1—issiq quyuqlashtirilgan eritmaning kirishi; 2—suspenziyaning bir pog'onadan
ikkinchisiga o'tishi; 3—mahsulotning chiqishi; 4—qurilma (pog'ona); 5—
ikkilamchi bug'; 6—kondensat; 7—yuzali kondensator, 8, 9—sovituvchi
suyuqlikning kirishi va chiqishi.
o'rnatiladi. Kondensatorlar sovituvchi suvning oqim yo'nalishiga qarab ketma-ket ulanadi. Issiq quyiltirilgan eritma uzluksiz ravishda birinchi uskunaga berilib, qisman bug'latiladi va vakuum hisobiga sovitiladi. Rasmda vakuum hosil qilish uskunasi ko'rsatilmagan. Birmuncha sovitish natijasida kristallar hosil bo'lgan to'yingan eritma, keyingi uskunalarda ko'proq vakuum bo'lgani uchun, ularga o'z-o'zidan oqib tushadi. Kristall mahsulotlari oxirgi uskunadan barometrik quvur yordamida tortib olinadi. Pog'onalar soni 15 tagacha bo'ladi, har bir pog'onadagi temperaturalar farqi 4+5°C, kristallarning o'lchami esa 0,2-Ю,25 mm
9.3-§. Kristallizatorlarni hisoblash
Kristallizatorning moddiy balansi. Buning uchun quyidagi qattaliklarni
qabul qilamiz: Gb — dastlabki eritmaning miqdori, kg; GKR — kristallarning
miqdori, kg; GK — qoldiq eritmaning miqdori, kg; W ~ bug'lanish
paytidagi ajralgan erituvchining miqdori, kg. Davriy ishlaydigan kristallizatorlar uchun jarayonning oxirida moddiy balans tenglamasi quyidagicha yoziladi:
Gb=GK+GKR+W; (9.1)
Kristallanayotgan moddaning tarkibini massaviy ulushlarda qabul
qilamiz: Bb — dastlabki eritmada; BK - qoldiq eritmada; (7CT — kristallarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |