Deflegmatsiya bilan haydasb. Suyuqlik aralashmasining ajratish darajasini oshirish uchun distillatning tarkibi deflegmatsiya yordamida boyitiladi (4.3-rasm). Haydash kubidan chiqayotgan bug'lar deflegmatorga o'tadi, u yerda bug'lar qisman kondensatsiyalanadi. Deflegmatorda asosan. bug'ning tarkibidagi qiyin uchuvchan komponent kondensatsiyalanadi va hosil bo'lgan suyuqlik (flegma) haydash kubiga qaytib tushadi. Yengil uchuvchan komponent bilan to'yingan bug'lar kondensator-sovitkichga o'tadi va u yerda to'la kondensatsiyalanadi. Haydash jarayonining tuga-shi kubda qolgan suyuqlikning qaynash harorati bo'yicha tekshiriladi. Odatda, qoldiq suyuqlik ma'lum tarkibga ega bo'lishi kerak. Tarkibida asosan, qiyin uchuvchan komponent ushlagan qoldiq suyuqlik haydash
4.4-rasm. Suv bug'i bilan haydasb uskunasining sxemasi:
1—bug' g'ilofli haydash kubi; 2—kondensator-sovitkich; 3—separator.
kubining pastki qismida joylashgan shtutser orqali tegishli idishga tushiriladi.
Suv bug'i biian haydash. Aralashmaning qaynash haroratini pasaytirishga vakuum ishlatishdan tashqari uning tarkibiga qo'shimcha komponentlar (suv bug'i yoki inert gaz) kiritish yo'li bilan ham erishish mumkin. Agar aralashmaning komponentlari suvda erimasa, u holda haydash kubiga qo'shimcha komponent sifatida suv bug'i kiritiladi. Bu usuldan 100°Cdan yuqori haroratlarda qaynaydigan moddalarning aralashmalarini ajratish yoki ularni tozalash uchun foydalanish mumkin.
Suv bug'i bilan ishlaydigan haydash uskunasining sxemasi 4.4-rasmda ^o'rsatilgan. Bu qurilmaning haydash kubi qobig'iga susaytirilgan bug' beriladi. Dastlabki aralashma haydash kubiga quyiladi, so'ngra barbotyor orqali suv bug'i yuboriladi. Aralashmaning bug'lanishidan hosil bo'lgan bug'lar kondensator-sovitkichga beriladi. Hosil bo'lgan kondensat Ico'rsatkich fonar orqali separatorga tushadi. Separatoming pastki qismidan gidravlik zatvor orqali suv chiqarib yuboriladi, yuqorigi qismidan esa Suvda erimaydigan yengil komponent chiqariladi va maxsus idishga tushadi. Suv bug'i bilan haydash nomuvozanat holatda olib boriladi. Bu jarayonda luichli suv bug'i ikki xil (issiqlik tashuvchi va qaynash haroratini pasaytiruvchi agent) vazifani bajaradi. Jarayonni davriy yoki uzluksiz usul bilan olib borish mumkin.
Ayrim sharoitlarda suv bug'i o'rniga inert gazlar (masalan, azot, uglerod ikki oksid va boshqalar)dan foydalaniladi. Inert gazlar qo'llanilganda aralashmaning qaynash haroratini ancha pasaytirish mumkin. Biroq, haydash kubidan uchib chiqayotgan bug' tarkibida inert gazlarning bo'lishi kondensator-sovitkichda issiqlik berish koeffitsientining keskin pasayib ketishiga olib keladi. Natijada, issiqlik almashinish yuzasi kattalashib ketadi. Bundan tashqari, bug' gaz aralashmasining kondensatsiyalanishi tuman hosil bo'lishiga olib keladi. Bunday holda esa aralashmaning ajralishi qiyinlashadi va tayyor mahsulotning bir qismi inert gaz bilan uchib ketadi.