SO’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 1,35 Mb.
bet57/146
Sana13.02.2022
Hajmi1,35 Mb.
#447497
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   146
Bog'liq
bolalarning ijtimoiy moslashuvi UMK yangi

Reabilitatsion yordam xarakteri:
-kechikkan yordamdan profilaktik yordamga o’tish,
-jazolovchi yordamdan ayovchi yordamga o’tish,
-tasodifiy yordamdan kafolatlangan va kompleks yordamga o’tish,
-anonim yordamdan shaxsiy yordamga o’tish.
Adaptatsiyadan farqli o’laroq reabilitatsiya tiklanish, faollashtirish sifatida tushuniladi. Reabilitatsiya jarayonida o’rnini to’ldiruvchi mexanizm mavjud nuqsonni yengib o’tish uchun qo’llanadi, adaptatsiya jarayonida esa u mavjud nuqsonga ko’nikish maqsadida qo’llanadi.
Demak, reabilitatsiya bu bolani jamiyatdagi faol hayotga va ijtimoiy foydali mehnatga qaytarish maqsadidagi chora-tadbirlar tizimidir.
Reabilitatsiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy.
Tibbiy reabilitatsiya bola organizmining u yoki bu yo’qotilgan funksiyasini o’rnini to’ldirish yoki to’liq va qisman tiklashga qaratilgan bo’ladi.
Ruhiy reabilitatsiya o’smirning ruhiy sohasiga qaratilgan bo’lib, uning maqsadi deviant xulq-atvorli bola ongida uning hech kimga kerakmasligi haqidagi tasavvurni yengib o’tishdir.
Kasbiy reabilitatsiya o’smirni biror-bir kasbga o’rgatish, u uchun yengillashtirilgan sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan iborat.
Maishiy reabilitatsiya o’smir uchun normal yashash sharoitlarini yaratishga qaratiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya deganda esa o’smir huquq va manfaatlarini himoya qilish, unga tegishli bo’lgan moddiy mulklar, to’lovlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya-bola hayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega shaxsiy hislatlarni, uning jamiyat integratsiyasiga yordam beruvchi faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ijobiy rollarni, jamiyatda yurish-turish qoidalarini o’zlashtirishi, kerakli ma’lumot olishga qaratilgan tarbiyaviy xarakterdagi chora-tadbirlardir.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya muassasalarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
-bolalar va o’smirlarni nazoratsizliklarini oldini olish,
-voyaga yetmaganlarning ijtimoiy dezadaptatsiyasilarining sabablari va manbalarini aniqlash,
-kasbiy, o’quv, ijtimoiy-madaniy, sog’lomlashtirish va boshqa komponentlardan tashkil topgan bolalar va reabilitatsiyasining individual dasturlarini amalga oshishini ta’minlash,
-uy sharoitlarida reabilitatsion chora-tadbirlarni uzluksizligini ta’minlash uchun dezadaptatsiya bo’lgan bolalar oilalari bilan hamkorlik qilish va tavsiyalar tayyorlash,
-nazoratsiz bolalar va o’smirlarning (18 yoshgacha) normal maishiy sharoitlarda vaqtinchalik yashashini ta’minlash (shu jumladan, ularga bepul ovqat tarqatish, tibbiy xizmatlar, ijtimoiy yordam ko’rsatish va b.),
-oilada inqirozli vaziyatni bartaraf etish va bolaning o’z oilasiga qaytib kelishi uchun ruhiy, psixokorreksion va boshqa yordam ko’rsatish,
-voyaga yetmaganlarning keyingi taqdirini hal qilishda ishtirok etish,
-boshqa muassasalar bilan hamkorlikda bolalarning keyingi tarbiyasining yanada optimal shakllarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bu vazifalar ko’lami muassasalar faoliyatini kadrlar bilan ta’minlanishi va muayyan sharoitlarga bog’liq ravishda o’zgarib turishi mumkin.
Muassasalar quyidagi voyaga yetmagan shaxslarga xizmat ko’rsatiladi:
-ijtimoiy reabilitatsiya, shoshilinch ijtimoiy psixokorreksion va tibbiy-psixologik yordamga muhtojlarga,
-ota-onalari, tengdoshlari, pedagoglar va boshqalar bilan muloqotda qiyinchiliklarga duchor bo’layotganlarga,
-turli sabablarga ko’ra deprivatsiyaga mayli borlarga,
-noxush oilalarda istiqomat qiluvchilarga,
-yetim bolalar va ota-onasi qaramog’isiz qolgan bolalar uchun (muassasada yashashga rozi bo’lmaganlarga).
Ta’lim muassasilarining reabilitatsion xizmati umumiy yondashuv asosida funksional majburiyatlar va kasbiy vakolatlar doirasiga o’zaro munosabatga kirishuvchi va bola hamda uning munosabatlarini uyg’unlashtirishga qaratilgan o’zaro bog’liq chora-tadbirlar tizimini amalga oshiruvchi mutaxassislar guruhi va pedagogik jamoadir.
Bu reabilitatsiya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar:
-bolalar va o’smirlar rivojlanishidagi o’zgarishlar sabablarini aniqlash;
-ularni bartaraf etish vositalarini qidirish;
-ta’lim-tarbiya, yashash sharoitlarini optimallashtirish;
-normal shaxs rivojlanishiga yordam beruvchi pedagogik jarayonni tashkil qilish;
-tavakkal guruhi bolalari va o’smirlarini o’z vaqtida aniqlash;
-o’smirlarning ruhiy inqirozini yengib o’tish;
-maxsus reabilitatsion dasturlarni amalga oshirish orqali muhtojlarga har tomonlama yordam ko’rsatish.
Ta’lim muassasasining reabilitatsion tizimi asosan psixologik-pedagogik xarakterga ega, ya’ni uning mazmuni va shakllari asosiy ta’lim muassasa xodimlarining zimmasida bo’ladi. Avvalambor u bolalarni o’z maqomlarida (muomalaning to’laqonli a’zosi sifatida) va muomala layoqatiga ega (etakchi o’quv faoliyatinig sub’ekti) sifatida tiklanishlariga qaratilgan. U bolalar, o’smirlar va ularning ijtimoiy atrof-muhiti bilan ish olib borishiga bog’liq. Pedagoglar shug’ullanuvchi nuqsonlar va me’yordan chetga og’ishlar sabablari asoson psixologik-pedagogik xarakterga ega bo’lib, kerakli vositalar yordamida to’g’ri yo’lga solinadilar. Ta’lim muassasalarida ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya qarovsiz bolalar va o’smirlarga nisbatan oilaviy va maktab repressiyalarini oldini olishga, nizoli vaziyatlarni hal qilishga shuningdek esa ularni o’quv faoliyatining sub’kti sifatida tiklashga qaratiladi.


Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish