So'z mulkining sultoni Alishcr Navoiy qalamiga mansub «Xamsa»ning beshinchi dostoni


Nc iimr ctguning, toki borjonimiz, Tug'oful



Download 389,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana13.07.2021
Hajmi389,87 Kb.
#117710
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
saddi iskandariy

Nc iimr ctguning, toki borjonimiz, Tug'oful 

qilurg'a ne imkonimiz? Clin bizdin duo 

uyluding mudduo, Ne ish ilgimizdin leelur, 

juz j


 

 

 



ISKANDARNING MUHIT MARKAZIGA YETGONI 

Safar  chog'ida  obi-havo  yetishgan  kunlarning  biri  Iskandar  Suqrotga 

murojaat qilib dedi: «Dengiz vurishini boshlasak, xato bo'lmasmikan? Sen 

bu muammolardan yaxshi xabardorsan, sendan iltimos qilib so'raymiz. Yetti 

so'zingdan  bittasi  to'g'ri  kelsa  ham,  sen  peshvo  hisoblanasan.  Agar  birga 

topib,  suv  yo'lini  qayoqqa  boshlasang  elni,  hammamiz  donishing  payravi 

bo'Iamiz». Suqrot ularning shartini qabul etib yo'l boshladi. Bir to'da olimlar 

Jazoyir tomondan yurishni ma'lum qildilar. Bir necha kun shu suvda yurildi. 

Yana bir kuni Iskandar donishmandu allomalarni yig'ib, dedi: «Bahr 

kayfiyatini aytingiz. Ki ne vaz'iladur yer ila dengiz?» Donolar bir necha 

zainon tafakkur dengiziga botdilarda, dedilarki: «Suqrot qilsun bayon. 

Chunki u hikmat ahuning ustodidir, zamiri xirad hikmatobodidir». Keyin 

Suqrot bu savolga shunday javob bera boshladi: «Yer jismi yumaloq 

shaklda. Yaratuvchi uni qo'ra shakliga kiritgan. Lekin ul qo'ra suv ichida 

nihon bo'lib, ochiq qismini jahon deb ataydilar. Unda shaharlar, tog'lar, qir, 

sahro, dala, dashtlar joylashgan. Ammo uni suv hota qilib turadi. Vale yetti 

iqlim ochiq qolgan. Amino ular ham tamom ochiq emas, balki har tarafdan 

dengiz bilan o'ralgan. Muhiti charxpalaksimon bo'lib, uning atrofida yetti 

daryo, 16 dengiz bor. Har birining o'rtacha ismi bo'lib, xalq shu nomlari 

bilan taniydi ularni. Nechukki, Ko'hak, yo'qsa dudi Hirot, va yo Nil, yo 

kavrosoti Furot. Ulardan jahon obod bo'ladi, dengizlar maqta'lari 

boshlanishi nuqtasi ham shular. 

Haligi  yetti  daryo  ko'plab  orollarni  o'z  ichiga  oladi.  Hammasi  Muhit 

bahridan ayriladi. Muhit olti yuz orolli, otli daiyodan Bahri Rum. Unda ham 

600 dan, Bahri Marg'ib shimolisharqi obod, ul suvda 1000 orol mavjud. 

Uchinehisi Bahri Zangu Ilabash. Ming uch yuz jazirani o'z ichiga oladi. 

Hisobda  to'rtinchisi  Bahri  Hind  bo'lib,  janubida  bir  soy  bor,  oti  Sind. 

Beshinchi dengiz keldi Daryoi Chin. U suvda ham orollar va yarim orollar 

ko'pdan ko'p. Duvong degan suv oltinchi Nil bo'lib, ikki mingga yaqin oroli 

bor. Yettinchi suv Matrib suvi bo'lib, tuman ming kema suzib yuradi. Bo'lib 

o'n  ikki  ming  Jazoyir.  Buning  birla  o'n  oltita,  vassalam.  Bulardan boshqa 

yana Hazar Dengizi ham bor, suvi vahimali, ayniqsa shamol paytida. Unda 

ham  orollar  ko'p  bo'lib,  hadsiz-hisobsizdir.  Bularning  barchasi  manbaidir 

Muhit. Anga muttasildir bular barisi. Quruqlikdadir lekin uch sorisi. Lekin 

ular  juda  chuqur  bo'lib,  osmon  unga  tushsa,  botib  ketadi.  Lekin  ularning 

orollari yo'q. Ammo katta o'lchovli jonivor shu suvda suzib yuradi. 




 

 

Dengiz ishi asoslarini aytib o'tdim, lekin uning yanada nozik tomonlarini 



sayr etib ko'rganda puxtaroq anglash mumkin». 

Iskandar  Suqrot  suhbatidan  xursand  bo'lib,  unga  minnatdorchilik  e'lon 

qildi.  Oldin  yetti  daryo  ichiga  kirish,  so'ng  muhit  ichra  azm  qilishga  ahd 

qildi. 


Iskandar dengiz kayfiyati, turlari, nomlari, orollari tabiatini bilib olgach, 

Suqrotdan so'radiki: «Suvda ko'p suzib, juda hadisini olibsan. Iltimosimiz: 

bu  uzoq  va  mashaqqatli  safarga  ham  o'zing  peshvolik  qilsang.  Barcha 

mallohlaru sayyohlar sening so'zing bilan ish qiladilar. Sen bizni qayoqqa 

boshlasang, sening so'zing so'z bo'ladi». 

Suqrot  qabul  qilib  yo'l  boshladi,  ulus  u  boshlagan  yo'ldan  chiqmay, 

ehtiyotlik  bilan  suzisha  ketdi.  Ilyosning  ruhi  hamroh  bo'lib,  kemalarni 

qushdek  uchirib  ketdilar.  O'zlariga  ma'lum  bo'lmagan  Afranju  Rum 

daryosidan  ham  omon-eson  chiqib  oldilar.  Hamma  kemalarning  ahllari 

qattiq  harakat  qilib, Jazoyir  o'lkasini  fath  etishga kirishdi shoh. Bir  necha 

kema o'lkaning hududi, qirg'oq uzunligini o'lchash bilan band edi. Baland 

tog'li yoki cho'qqili orollar uchrasa, balandligini aniqlash ancha qiyin bo'lar, 

orol atrotini esa kema bilan aylanib chiqib, o'lchab olar edilar. Orolda yo'llar 

bo'lsa,  tanobchilar  usuli  bilan  uzunligini  aniqlar  edilar.  Bir  kema  ichra 

o'lchash hisobotlari to'plansa, 12000 qari chiqdi. 

Dengiz masofasini aniq qilib o'lchash uchun bir kemani langar toshi 

bilan mahkamlab, ipining yana bir boshini ikkinchi bir kema tortib ketar, 

o'lchov tugagach, unga langarni tushirib, bu yog'idagi, o'lchov 

boshlanishidagi kemachilar esa langarni chiqarib, oldingi kema tez yurib, 

belgilangan masofada to'xtab, yana tanobni tortib, bir kema turib, ikkinchisi 

tortib shu tarzda kemalar almashinib, har almashuvdagi masofa aniqlanib, 

yozilib borardi. Bir dengiz qirg'og'ining uzunligi shunday belgilansa, to'g'ri 

diametri masofasi ham shu tarzda belgilanardi. Biron Jazoyirni 

o'rganguncha, hisobchilar olingan ma'lumotlarni qo'shib, ko'paytirib, har 

tomonlama ma'lumotni tayyor qilib qo'yishar, shu dengiz yo jazira haqidagi 

to'liq ma'lumotlar o'sha ondayoq Rumdan keltirilgan uchqur kabutarlar 

oyog'iga mahkam bog'lashib uchirib yuborishar, xatlar Rum xalqiga yetib 

borib, shohning qilgan va qilayotgan ishlaridan mukammal ma'lumot berib 

turardi. 

Dengiz  yo'llaridagi  jami  12000  orol  va  yarimorolni  hakimlar  har 

jihatdan o'rganishar, hatto mahalliy aholi tilmi ham o'zlashtirar edilar. Muhit 

dengizi ham atroflicha o'rganilgach, hujjatlar xat tashuvchi kabutarlar orqali 

yana to'xtovsiz Rumga jo'natildi. 



 

 

Iskandar ilmiy ishlar bilan 12 yil shug'ullandi. Endi Farang dengizigina 



qolgan edi. Iskandar bir jazira makon qurib, dam olishga ruxsat berdi. 

Ushbu buyruqdan shodlikka to'lib-toshgan sipohlar o'z vatanlari tomon 

yo'l oladigandek xursand bo'lib ketishdi. Lekin shoh kitoblar, hisob-kitoblar 

yuklangan  bir  kemani  olib  keldi.  Sipohlar  kitob  va  qog'ozlar  solingan 

sandiqlarni tozalashdi. Qog'ozga nam o'tsa, raqamlarni o'qib bo'lmay qoladi 

deb, qo'rqishgan edi. Sandiqlarni birma-bir ochib qarashsa, qog'ozlarga nam 

o'tmabdi. «olingan daftaru qog'ozlardagi yozuvlarmi hisoblab ko'rishsin ahli 

qalamlar»degan farmon berilgach, hisobchilar hisobdan o'tkazdilar. Olimlar 

ul  adadlarni  yana  bir  tekshirib,  bu  kitoblarni  shohga  taklif  etdilar.  Shoh 

tavakkal  misolida  bir-ikki  daftar  hisoblarini  tekshirib  ko'rdi  va  qoniqish 

hosil qildi. 

Iskandar hamma hisob-kitoblarni ko'zdan kechirib, ularning to'g'riligiga 

ishonch hosil qilgach, yer yuzidagi suv yuzasini chamaladi: 


Download 389,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish