3-§. Magistratlar ediktlari
Rim huquqi tarixining yangi bosqichida uning ancha muhim manbai
sifatida pretorlar tomonidan qabul qilingan Ediktlar hisoblanadi. Bu Ediktlar
Pretorlarning o'zi uchun ham majburiy bo'lgan, bir yillik qonun deb ham atalgan
(Siseron).
Bu ediktlar asosida sivil huquqi bilan bir qatorda ikkita yangi va mutlaqo
mustaqil huquqiy tizim «pretor huquqi» «ius rreatorium» (yus preatorium) va
«xalqlar huquqi» «ius gentium» (yus gensium) huquqlari o'sib chiqqan.
Pretorlar ediktlarining gurkirab o'sgan payti ularning qonun ijodkorligi
faolligi asosida, yangi eramizdan ilgarigi 250-80 yillarga to'g'ri keladi.
Yustinian kodifikasiyasining mualliflaridan biri VI asrda ijod qilgan
Vizantiya yuristi Dorofey pretorlar huquqlari va sivil huquqlarining birlashishini
quyidagicha ta'riflaydi:
«Insonlarga taalluqli bo'lgan, odat normalariga yangiliklar kiritilishligi
oqibatida, vaqtlar o'tishi davomida, ikkala huquq o'zaro kelishishi natijasida yangi
bir huquqni vujudga keltirdi». Xuddi shunday asosda, Rim sinfiy jamiyatining
huquqi vujudga kelib, ilgarigi birbiriga qaramaqarshi bo'lgan huquqlar yagona
huquq sifatida qo'shilib ketdilar va mazkur ikkala tizimning vujudga kelishligi
pretorlarning huquq ijodkorlik faoliyatlarining natijasidir.
Ikki huquqchilik tizimini sivil huquqlari Rim davlatining qonunchilik
hokimiyati tomonidan ob'yektiv ma'noda qabul qilingan huquqiy normalari
yig'indisi deb hisoblab, bu normalarning fuqarolar, magistrlar hamda barcha
shaxslar uchun mutloq majburiy bo'lgan normalardan iborat ekanligini e'tirof
etganlar.
Magistratlar ediktlari kabi pretorlar tomonidan qabul qilingan huquqiy
normalar, bir yillik kuchga ega bo'lgan hamda o'zlari uchun nisbiy majburiy
bo'lgan qoidalarni vujudga keltirgan.
Pretorlar qonunlarni yoki huquqlarni to'g'ridan to'g'ri o'zlari kashf qila
olmaganlar.
Sub'yektiv ma'noda sivil huquqlari deb ashyolarga yoki shaxslarga bo'lgan
hukmronlikka tushunilib, uni amalga oshirishda hech qanday organga yoki
pretorga murojaat qilish talab etilmagan, ya'ni hokimiyat «veto» huquqini
qo'llamasdan, unga barcha imkoniyatlarni yaratib bergan bo'lishi lozim edi.
Pretorlar huquqini amalga oshirishda esa, albatta pretor huquqlarni himoya
qilaman yoki interdiktni qo'llayman degan va'da berib, va'dani bajarishlik
majburiyatini o'z zimmasiga olgan.
Demak, yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, haqiqatdan ham sivil huquqlari
mustaqil huquq asosida Rimliklarga kattakatta imkoniyatlarni yaratib bergan.
Ammo, pretorlarning «tirik ovozi» shaxslarning manfaatlarini himoya qilish nuqtai
nazaridan yangi-yangi huquqiy normalarni vujudga keltirishda muhim o'rin
egallagan.
Shunday qilib, sivil huquqlari pretorlar huquqlari bilan o'zaro hamkorlikda
bo'lib, bu qoidalar bir-birini to'ldirgan, o'zgartirgan va yangi qonunlarning vujudga
kelishligi uchun asos bo'lgan.
Mashhur yuristlardan biri Marsian pretorlar huquqlari to'g'risida shunday
degan edi: «Haqiqatdan ham, pretorlar huquqi «xalqning tirik ovozidir», chunki
ular o'z ediktlari orqali yangi yangi qonunlarni keltirib chiqarib, xalqning
talablariga to'liq javob bera oladigan samarali huquqiy munosabatlarni vujudga
keltiradi».
Rim Magistratlari oliy ommaviy va harbiy hokimiyatga ega bo'lib, o'z
faoliyatlarini amalga oshirish maqsadida, barcha shaxslar uchun tartib qoidalarini
ishlab chiqqanlar. Shunday qilib Rimda huquq manbalarining murakkab (aslida
uch qismdan iborat bo'lgan) tizimi vujudga kelgan.
Imperiya o'rnatilishi bilan Rimning siyosiy tizimida pretorlarning mavqei
ham asta sekin o'zgarib borgan. Pretorlar ediktlar chiqarishi huquqini rasman
saqlab qolganlar, lekin ularning faol «huquq ijodkorligi» o'sib borayotgan bir
paytda imperator yakka hokimligining qarama-qarshiligiga duch kelgan.
Shu sababli, milodning I asrlaridayoq, pretorlar o'z o'tmishdoshlarining
ediktlarini to'liq nusxa qilib olishni qoida qilib olganlar va xohlasalar qisman
o'zgartirishlar kiritganlar. Shu tariqa ediktlar mazmuni o'zgarishsiz bo'lib qolgan va
ularning yangi huquq normalarini keltirib chiqarish funksiyalari o'z kuchini doimiy
ravishda yo'qotib borgan.
Shu munosabat bilan imperator Adrian pretorlar huquqini kodifikasiya
qilishga ahd qilgan va bu ishni taniqli yurist Salviya Yulianga topshirgan
(eramizning 125 va 138 yillari).
Oxirgi tuzilgan edikt (Yulian edikti sifatida mashhur) rasman senatuskonsult
deb tasdiqlangan va «abadiy edikt» degan nom olgan.
U keyingi magistratlarning hammasi uchun majburiy bo'lib qolgan.
Ammo jamiyat va davlat hamda huquqning yuqori darajada takomilashishi
natijasida, keyinchalik pretorlar edikti o'z mohiyatini yo'qotib borib, hatto yangi
vujudga kelgan pretorlar uchun manba bo'lib hisoblanmaydigan bo'ldi.
Senatuskonsultlar Rim davlatining dastlabki rivojlanish bosqichida
huquqiy kuchga ega emas edi. Imperatorlar davriga kelib ularning ahamiyati
ancha o'sgan. Eramizning I asri birinchi yarmida senatuskonsultlar odatda
sanksiyaga ega emas edi, lekin pretor edikti sharofati bilan ular majburiy kuchga
ega bo'lganlar.
Imperator Adrian senatga qonun chiqarish hokimiyatini yana qaytarib
bergan va senatuskonsultlar qonun sifatida chiqa boshlagan, ularning huquq
manbai sifatidagi roli o'sgan, chunki ular prinseps nomidan tuzilib, ko'pincha
ularning nomi bilan atalgan.
Imperatorlarning
mustaqil
qonun
chiqarish
hokimiyati
asta-sekin
mustahkamlangan
va
kengaygan.
Dastlab,
imperatorlarnig
qonunlari
(konstitusiyalari) xalq majlislari tomonidan hokimiyat vakilligi natijasi sifatida
ko'rilgan va bunga ko'ra Rim xalqi o'zining qonun chiqarish vakolatini
imperatorlarga o'tkazgan.
Shu vaqtdan boshlab, imperatorlarning qonunlari huquqning eng muhim
manbaiga aylangan. Imperatorlarning qonunlari magistratlarning ko'pgina
hujjatlaridan farq qilib, Rim davlatining butun hududida harakatda bo'lgan, shahar
yoki alohida provinsiyalar doirasida cheklanib qolmagan.
Imperatorlik hokimiyati hujjatlari (konstitusiyalari) quyidagilardan iborat
asosiy ko'rinishlarga ega bo'lgan:
1. Ediktlar imperium hokimiyatiga asoslangan. Magistrat ediktlaridan
o'zining barcha fuqarolar uchun majburiy bo'lganligi nuqtai nazaridan farq
qilishligi bilan ajralib turgan. Shuning uchun, faqat mazkur imperator hayotlik
chog'ida yuridik jihatdan majburiy bo'lgan umumiy qoidalarni o'rnatganlar. Biroq
eramizning II asridan boshlab, ediktlarga imperatorlarning vorislari tomonidan
amal qilishlik ham majburiy hisoblanilgan.
2. Reskriptlar imperatorning huquqiy masalalari bo'yicha konsultasiyalar
so'ragan alohida shaxslarga yoki magistratlarga bergan javoblari yoki maslahatlari.
3. Dekretlar imperator tomonidan sud ishlari bo'yicha chiqarilgan qarorlar.
Ular asosida mustaqil imperatorlik yurisprudensiyasi tashkil topgan.
4. Mandatlar provinsiyalarning hokimlariga yo'llangan instruksiyalar (yo'l
yo'riqlar, qo'llanmalar). Ularning ichida ba'zi hollarda peregrinlarga va boshqa
fuqarolarga nisbatan qo'llaniladigan fuqarolik va jinoyat huquqi me'yorlari ham
mavjud bo'lgan.
Imperatorlarning konstitusiyalari dastlab, faqat ommaviy tartibdagi davlat
tuzilishi, uning organlarini tashkil etish, jinoyatlarni hal etish kabi masalalarni
hal qilish bilan bog'liq bo'lgan bo'lsa, keyinchalik esa ular huquqiy tartibga
solishning hamma sohalarini tobora ko'proq qamrab olgan. Imperatorlik davrida,
ishlab chiqarilgan ko'pgina huquqiy hujjatlarning turlicha shakllari, oqibatda
o'rta asrlar monarxiyasining qonunchilik rivojlanish texnikasiga katta ijobiy
ta'sir ko'rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |