tan olsa, da'vogar talabini qanoatlantirilishi huquqini qo'lga kiritgan, mabodo tan
olmasa magistrat quyidagilarni amalga oshirgan:
1. Da'vogarning da'vosini tasdiqlagan;
2. Javobgarning e'tirozini formulaga kiritgan;
3.
Sudyani tayin qilgan;
4. Ishni ko'rish uchun sudyaga yo'llanma bergan.
Shu bilan sudga ish jo'natilgandan so'ng, birinchi bosqich tugaydi. Yozma
formulalarni yuristlar asosan uch qismga bo'lganlar. Intensiya, ekssepsiya va
kondemnasiyalardir. Intensiya qismi da'vogarning shikoyatini, aybini aniqlash
va talab qilish huquqi hamda da'vo predmeti va huquqiy asosni aniqlashga
qaratilgan va bu huquqiy asos sivil huquqi, XII
Jadval qonunlari yoki Rim
davlatining boshqa qonunlari, pretor va bonitorlar huquqi asosida bo'lishligini
aniqlash lozim bo'lgan.
Ikkinchi qismi ekssepsiya bo'lib, e'tiroz bildirish, alohida shart qo'yish,
shikoyat, biron-bir voqelikning vujudga kelishi yoki shaxsning biror harakatni
sodir etganidan keyin, bu nizoning hal qilinishi kabi munosabatlardan tashkil
topgan.
Fuqarolik huquqi jarayonining ishtirokchisi bo'lgan javobgar nizo
predmeti hal qilinayotgan paytda, u bu nizoga e'tiroz
bildirishi yoki shikoyat
keltirishi, hatto bu nizoni hal qilishlik uchun biror shartni qo'yishligi, ba'zan esa
uning tomonidan qilinadigan harakat boshqa shaxslar tomonidan ham qandaydir
harakatning bajarilishini talab etardi.
Formulada ko'rsatilishi lozim bo'lgan bu harakat albatta dalillarga
asoslangan bo'lishi shart edi.
Ekssepsiya deb da'voni butunlay yo'q qilib yuboradigan, o'chirib
tashlaydigan yoki uning bajarilishi muddatini cho'za oladigan munosabatlarga
aytilgan.
Uchinchi qismi kondemnasiya bu xulosa qismi, hisoblanib, hukm
chiqarish yoki qaror qabul qilish bilan bog'liq bo'lib, nizoning hal bo'lishligining
pretor tomonidan sudyaga berilgan ko'rsatmasidir. Bu qismdan javobgar
da'vogarning talabiga rozi bo'lsa, da'vo bahosi aniqlangan bo'lsa, ish
prosess
davrida ham tugatilishi mumkin bo'lgan.
Bu ish bo'yicha sudning qarori qat'iy bo'lgan va uni ustidan shikoyat
qilinishi mumkin bo'lmagan. Agarda javobgar sudning qarorini bajarmasa yoki
o'zini e'tirozini isbotlay olmasa, u ikki barobar qilib pul to'lagan yoki qarzdor
qarzni to'laguncha qamab qo'yilishi ham mumkin bo'lgan. O'z ixtiyori bilan
qarzni to'lamasa, majburlab to'latilgan, qarzdorning mulki da'vogarga xatlanib
o'tkazilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: