So’z boshi



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/178
Sana17.08.2021
Hajmi2,85 Mb.
#149641
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   178
Bog'liq
dvst

16 

Mavzu:  DAVOLASH-KOSMETIK  VA  VETERINARIYA 
AMALIYOTIDA QO‘LLANILADIGAN DORI VOSITALARI 
Reja: 
1.  Kosmetologiyaning asosiy vazifalari. 
2.  Kosmetik preparatlar tasnifi. 
3.  Kosmetik vositalarga qo‘yilgan talablar  
4.  Veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dorilar ta’rifi, tasnifi 
5.  Veterinariyada ishlatiladigan dori turlarini  o‘ziga xosligi.  
 
Kosmetologiya  –  Sog‘liqni  saqlash  tizimini  bir  qismi  bo‘lib,  u  odamning 
sog‘lig‘i 
va 
chiroyini 
mustaxkamlash 
kabi 
masalalarga 
qaratilgan. 
Kosmetologiyaning asosiy vazifasi – teri parvarishi va bu azaldan ko‘p asrlar oldin 
ma’lum bo‘lgan. 
 O‘sha  vaqtlarda  kosmetik  vositalari,  tabiiy  bo‘yoqlardan  foydalanilgan. 
Birinchi  kosmetika  haqida  ma’lumotlar  Ebers  papirusida  keltirilgan. 
Kosmetologiya  vositalarini  tayyorlash,  ishlatish  bo‘yicha  grek  va  misrlilar 
tomonidan ko‘p adabiyot ma’nbalarini topish mumkin. Kosmetologiya fani deyarli 
xali yosh ilmiy fan. 
 Kosmetologiya  biologiya,  anatomiya,  fiziologiya,  farmakologiya,  gigiena 
fanlariga asoslanib har xil kosmetik nuqsonlarni bartaraf etish usuli va vositalarni 
o‘rgatadi. 
Kosmetologiya –  dermatologiya,  genetika  va  geriatriyalar  bilan  ham 
chambarchas bog‘liq. 
Kosmetologiyaning  asosiy  vazifasi  –  kosmetik  nuqsonlarni  (masalan  dog‘lar, 
sepkil,  xusnbuzar)  bartaraf  etish,  maskirovka  qilish  va  oldini  olish  usullarini 
mexanizmini o‘rganishdir. 
Bugungi kunda  kosmetologiyani  turlari  ko‘p,  bolalar,  erkaklar  va  sanoatlarga 
bo‘linadi. YUqori malakali mutaxassis texnolog-kosmetologlar kerak. 
   SHu  sababdan  farmatsevtika  institutlarida  sanoat  farmatsiya  fakulteti 
yo‘nalishi 
ochilib 
unda 
kosmetik 
yo‘nalish 
bo‘yicha 
mutaxassislar 
tayyorlanmoqda. 
Kosmetik preparatlar tasnifi 
1.     Gigienaga oid (profilaktika uchun). 
1.     Teri  parvarishi  uchun  yumshatish,  himoyalash  va  oziqlantirish, 
dezinfeksiya, qon to‘xtatish. 


130 
 
2.     Og‘iz bo‘shlig‘i parvarishi 
3.     Soch parvarishi 
4.     Tirnoq parvarishi 
5.     Havoni tozalash, vannani hushbo‘y qilish 
  
2.     SHifobaxsh 
1935  y  eng  keng  tarqaldi.  Seboreya,  yallig‘lanish,  yog‘  va  ter  bezlarni  ishi 
buzilishi kuzatiladi. Maxsus kosmetika ishlatiladi. 
  
1.   Teri uchun (dog‘, sepkil, qorayish, xusnbuzar, qizil dog‘lar, terlash) 
2.   Soch  uchun  kremlar,  seboreyaga  qarshi  suyuqlik,  qazg‘oq  va  soch 
to‘kilishiga qarshi vositalar. 
3.     Dekorativ kosmetika 
Bezash, tashqi qiyofasini o‘zgartirish (grim, rangli kosmetika) Ular 2 xil 
bo‘ladi: 
1.   Har kungi grim, har xil nuqsonlarni berkitish 
2.   Teatrga oid grim. 
 Terining tuzilishi, turlari va faoliyati 
Bugungi  kunda  oftob  kometikasi,  estetik  kosmetika  (jarroxlikka  yaqin)  yuz 
to‘qimalarini  yaxshilash  va  ayniqsa  fitokosmetika  tabiiy  moddalarni  ishlatish  va 
erkaklar kosmetikasi rivojlanmoqda. 
Teri — bu odamning yashash sharoitidagi gomeostazni saqlab turuvchi eng 
muhim  a’zo.  Teri  ichki  a’zolar,  endokrin  va  asab  sistemalarning  faoliyatini 
ko‘rsatib turadi. 
  
                 
 
Rasm- 3. Terining umumiy tuzilishi 
1-epidermis; 2-derma; 3-gipoderma. 
Agar  organizmda  ozgina  o‘zgarishlar  sodir  bo‘lsa,  albatta  u  terida  o‘z 
ifodasini  topadi.  Teri  ichki  a’zolar  patologiyasi  haqida  signal  beradi.  Masalan, 
gastrit  kasalligida  oshqozoning  kislotali  sharoiti  pasaygan  bo‘lsa  yoki  jigar 
kasalliklarida  qon  tomirlar  kengayadi;  surunkali  ich  qotganda  (zaporda)  terida 
toshma  paydo  bo‘ladi;  asab  sistemasi  kasalliklarida  terining  yog‘  chiqarish 
faoliyati  kuchayadi,  qora  nuqtalar  —  kamedon,  husnbuzarlar  toshadi.  Diabet, 
buqoq  kasalliklarida  teri  o‘zgaradi  —  qurib,  bo‘shashib,  osilib  qoladi  (distrofik 
o‘zgarishlar paydo bo‘ladi). 
YUz  terisi  esa  odamning  emotsional  holatini,  uning  aql-idrokini  ifodalab, 


131 
 
o‘ziga  xosligini  ko‘rsatadi.  Terining  og‘irligi  odam  umumiy  vaznining  7%  ini 
tashkil  qiladi.  Bu  esa  o‘rtacha 4  kg deganidir.  Demak,  teri  eng  katta  a’zo 
hisoblanadi, uning sathi esa 1,5-2 m
2
, qalinligi 4 mm ni tashkil qiladi. 
Tuzilishi  bo‘yicha  teri  3  qavatdan  iborat:  epidermis,  derma  va  teriosti 
kletchatka. Terining ustki qavati emulsion parda bilan qoplanib, uning qalinligi 7-
10 mkm bo‘ladi, asosan teri orqali chiqqan mahsulotlardan iborat.    
Epidermis  ko‘p  qavatli,  bir  necha  xil  hujayralardan  iborat:  mug‘uz  (shox), 
yaltiroq,  donador,  tikansimon,  bazal  qavatlar.  Epidermisning  umumiy  massasi 
katta  odamlarda 0,5  kg ni  tashkil  qiladi.  Uning  tashqi  tomonida  har  xil  chiziqlar, 
ajinlar,  bo‘rtib  turgan  joylar  bo‘lib,  ular  har  odamda  o‘ziga  xos  va  boshqalarda 
takrorlanmaydi  (hatto  egizaklarda  ham).  Epidermisning  qalinligi 0,15  mm,  lekin 
eng qalin joy — bu kaft va tovonda bo‘ladi (qalinligi 1,5 mm). 
Eng pasti epidermisning bazal qavatida doimo yangi hujayralar hosil bo‘ladi. 
Immun  hujayralarda  yangi  hujayra  hosil  qiluvchi  embrion  qavati  mavjud.  28  kun 
davomida  yosh  hujayralar  ustki  qavatga  o‘tadi,  ular  o‘z  yadrosini  yo‘qotadi  va 
yassi (o‘lik, qurigan keratin ) bo‘lib qoladi. Ustki qavati  — muguz qavatini hosil 
qiladi.  Epidermis  qavati  ozuqani derma  qavati  bilan o‘zaro  chalkashuv  natijasida 
oladi.  Vaqt  o‘tishi bilan chalkashuv o‘z  kuchini  yo‘qotadi.  SHuning uchun  terini 
tashqaridan oziqlanishi kerak. Bu esa kosmetologiyaning asosiy vazifasi. 
Epidermisning o‘zi 5 qavatdan iborat: 
 1.  Boshlang‘ich,  uning  hujayralarida  melanin  pigmenti  hosil  bo‘ladi,  u 
qancha ko‘p bo‘lsa, terining rangi shuncha qora bo‘ladi; 
 2. tikansimon qavat; 
 3. donador qavat — hujayralarida oqsil moddasi saqlanadi; 
 4. tiniq qavat; 
 5. mug‘uz (shox qavati) 
 Donador  qavat  deb  atalishining  sababi,  uning  hujayralarida  keratolinin 
moddalari  donachalar  shaklida  bo‘ladi.  YAltiroq  qavatda  maxsus  oqsil  modda 
bo‘lib,  uning  nur  sindirish  xususiyati  kuchli.  SHu  sababli  ham  bu  qavatga  ana 
shunday nom berilgan. Mug‘uz qavat tashqi muhit bilan aloqador va terini barcha 
nobop  ta’sirlardan,  ya’ni  yomg‘ir,  oftob,  shamol,  sovuq,  chang  va  mikroblardan 
himoya qiladi. SHuningdek, urib olish, mexanik, fizik, kimyoviy ta’sirlardan ham 
asrab, epidermis orqali suv, elektrolitlarning so‘rilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Derma  —  u  epidermis  qavati  ostida  joylashgan  bo‘lib,  elastik  to‘qima  — 
kollagendan tashkil topgan. Dermada qon tomirlari, nervlar, soch va tirnoq ildizlari 
joylashgan. Qalinligi 2 mm. 
 Kollagen  yosh  sog‘lom  terida  bir-biriga  parallel  joylashgan  bog‘lamlarni 
hosil qiladi. SHuning uchun yoshlarda teri qayishqoq va tarang. Kollagen tugunlari 
prujinali matratsni eslatadi. 
Terining uchinchi qavati — teri osti yog‘ qatlami — gipoderma deyiladi. Bu 
- eng chuqur qatlam bo‘lib, ichki a’zolar va to‘qimalarni harorat o‘zgarishi hamda 
mexanik  ta’sirlardan  himoya  qiladi.  Bu  qatlam  energiya  manbai  bo‘lib,  terining 
harakatlanuvchanligini ta’minlaydi. 
Sog‘lom  terida  70%  suv  bor,  teri  orqali  1  litrgacha  ter  chiqadi,  lekin  havo 
harorati  yuqori  bo‘lganda  va  qattiq  ishlanganda  bu  ko‘rsatkich  10  litrgacha  ham 


132 
 
borishi mumkin. 
Terida  yog‘  va  ter  ishlab  chiqaradigan  bezlar,  nerv  tolalari,  mayda  qon 
tomirlari  ko‘p.  YOg‘  bezlari  yog‘  ishlab  chiqarib,  terini  qurib  qolishdan  asraydi. 
Bu  bezlar  sutkasiga  20  ggacha  yog‘  ishlab  chiqarishi  mumkin.  YAna  ham 
ishonchli dalil keltiradigan bo‘lsak, terini katta bir tekislik deb faraz qilinsa, unda 6 
metr qon tomirlari, mindan ortiq nerv tolalari, 645 ta ter va 75 ta yog‘ bezlari, 65 ta 
soch qoplari topiladi. 
Terida  minglab  nuqtalar  bor,  ular  og‘riq,  sovuq,  issiq,  bosimga 
hozirjavobdir. SHuning uchun terini tana barometri deyishadi. Teri hoziroq har xil 
ichki  va  tashqi  voqealarga  javob  beradi.  Masalan,  jigar,  o‘t  pufagi  kasalliklarida 
teri  sariq  rangga  kiradi.  Skarlatina,  qizamiq,  qizilcha  bilan  kasallanganda  toshma 
toshadi.  Modda  almashinuvi  buzilsa,  terining  holati  va  rangi  o‘zgaradi  — 
furunkulyoz paydo bo‘ladi. Anemiyada teri oppoq, qonsiz tusga kiradi. 
Terining  o‘zi  ham  yupqa  himoyalovchi  qavat  kislotali  parda  bilan 
qoplangan, u terini mayda yot moddalar, kasal chaqiruvchi bakteriyalar, kimyoviy 
moddalar va atmosferadagi o‘zgarishlar ta’siridan himoyalaydi. 
Kislotali  parda  —  bu  yupqa  yog‘  suv  emulsiyasining  pardasi.  Suvli  fazada 
aminokislotalar,  mochevina,  elektrolitlar  saqlaydi.  YOg‘li  lipid  fazada  esa 
fosfolipidlar,  moy  kislotalari,  efir  birikmalarini  saqlovchi  yoki  erkin  holdagi 
steroidlar bor. 
Suvli yog‘li emulsiya teri qurib ketishining oldini oladi, chunki rNi 4,6-6,5 
ga teng  bo‘lgan  kislotali  bufer  eritma  hosil  bo‘ladi.  Sog‘lom  teri  mikroblarni 
barataraf qiluvchi maxsus himoyalovchi moddalar ishlab chiqaradi. 
Agar teri usti tilinsa yoki timdalansa, mikroblar ichiga kirib qolishi mumkin, 
shunda organizm ichga kirgan infeksiya bilan kurashadi. Bu esa murakkab jarayon 
bo‘lib,  himoyalovchi moddalar — antitelalar ishlab chiqaradi. Demak, infeksiyaga 
qarshi  kurash  jarayonida  teri  faol  ishtirok  etadi  va  bu  teri  xossasining  “ichiga 
bo‘lgan himoya” deb ataladi. 
 Terining  moddalar  chiqaruvchi  xususiyatlari  ham  ter  va  yog‘  ishlab 
chiqaruvchi  bezlar  yordamida  vujudga  keladi.  Teri  orqali  chiqadigan  terda  98% 
suv,  1%  erigan  natriy  xlorid  tuzi  va  1%  organik  moddalar:  mochevina,  siydik 
kislotasi, ammiak bor. Ter bilan 10 g azot, 60 g oqsil, 40 g gacha osh tuzi chiqishi 
mumkin. Ter tarkibidagi suv qondan o‘tadi, to‘qimalardagi suv kamayganda og‘iz 
quriydi  va  odam  qattiq  cho‘llaydi,  yog‘  bezlari  orqali  yog‘  chiqadi  va  uning 
tarkibida xolesterin, oqsil, moy kislotasi, tuzlar va ekstraktiv moddalar mavjud. 
 Teri orqali 2% SO
2
 chiqadi va kislorodning faqat 1% igina teri orqali o‘tadi. 
Terida  issiqlik  almashinuvi  3  xil  namoyon  bo‘ladi:  issiqdan  sovuqqa,  issiq 
chiqarish  va  bug‘lanish.  Terining  tomirlaridan  qancha  ko‘p  qon  o‘tib  aylansa, 
uning harorati shuncha baland bo‘ladi. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish