So’z boshi



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/178
Sana17.08.2021
Hajmi2,85 Mb.
#149641
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178
Bog'liq
dvst




 
 So’z boshi 
 
Mustaqil  O’zbekiston  Respublikasi  aholisini  yuqori  samarador,  turg’un  va 
arzon  dori-darmon  bilan  ta'minlash,  farmatsevtik  texnologiyaning  ustuvor 
vazifalaridan  hisoblanadi.  Hozirgi  kunda  Respublikamizda  ishlab  chiqarilayotgan 
dori-darmon,  aholi  extiyojining  10%  qondira  oladi  xolos.  Bundan  ko’rinadiki, 
aholi  uchun  zarur  bo’lgan  dori  vositalarining  asosiy  qismi  horijiy  davlatlardan 
valyuta  hisobiga  keltirilmoqda.  Bu  esa,  dorining  tannarhiga  salbiy  ta'sir 
ko’rsatmoqda, shuningdek undan foydalanish imkoniyatini cheklab qo’ymoqda. 
Axolini  dori-darmon  bilan  ta'minlashda  tayyor  dori  vositalari  (TDV)  ning 
o’rni beqiyosdir. Xozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda tayyor dori vositalari 
umumiy  dori  vositalarining  99%,  xamdo’stlik  mamlakatlarida  90%,  2010  yilga 
kelib esa faqat tabletka dori turining o’zini 85% etkazildi. 
O’zbekiston  Respublikasida  tibbiyot  amaliyotida  qo’llashga  ruhsat  etilgan 
dorilar  ichida  tayyor  dori  vositalarining  ulushi  73%  tashkil  etadi.  Mustaqillikka 
erishganimizdan  so’ng  esa  bu  ko’rsatkich  90%  dan  oshib  ketdi  va    rivojlangan 
xorijiy  mamlakat  ko’rsatkichlariga  tenglashib  qoldi.  Lekin  bu  ko’rsatkich  asosan 
chetdan keltirilayotgan TDV hisobiga ekanligini aytib o’tish lozim. 
Ushbu  o’quv-uslubiy  qo’llanma  maxalliy  ishlab  chiqarishda  TDVlarining 
ishlab chiqarilish ko’lamini kengayishida, talabalarga asosiy qo’llanma bo’la oladi. 
Sababi  ushbu  qo’llanmada  korxona  sharoitida  ishlab  chiqariladigan  qattiq 
(kukunlar,  granulalar,  tabletkalar,  kapsulalar,  drajelar),  yumshoq  (surtmalar, 
kremlar,  linimentlar,  pastalar,  gellar)  va  suyuq  dori  shakllari  (farmatsevtik 
eritmalar, in'ektsion va infuzion eritmalar, nastoykalar, suyuq, quyuq, quruq, moyli 
ekstraktlar) alohida-alohida, ularni ishlab chiqarish uchun barcha shart-sharoitlarni 
o’z  ichida  mujassam  etgan  xolda  yozildi.  Talabalar  bevosita  bu  dori  turlari  bilan 
tanishib chiqadilar. Talabalarga mavzular hozirgi zamonaviy axborot va pedagogik 
texnologiyalar  asosida  tushunarli  qilib  yoritilgan  bo’lib,  ular  tegishli  mavzularni 
o’zlashtirishda  talabalarda  korxona  sharoitida  ishlab  chiqariladigan  TDVlarining 
tayyorlanish  texnologiyasi  uchun  zarur  bo’lgan  asosiy  va  yordamchi  moddalar, 
shuningdek asbob-uskunalar va yordamchi materiallar to’g’risida umumiy va to’liq 
tushunchaga ega bo’ladilar.Shuningdek, talabalar mustaqil ta'lim bo’yicha berilgan 
topshiriqlarni  bajarishda  ushbu  o’quv-uslubiy  qo’llanmadan  ham  to’laqonli 
foydalanishlari mumkin. Sababi har bir tayyorlangan tayyor dori vositasining sifat 
ko’rsatkichlarini aniqlash bo’yicha ma'lumotlar ham ushbu qo’llanmada o’z aksini 
topgan. 
Sanoat  farmatsiyasiga  kirish”  fani  ixtisoslik  fani  hisoblanib,  2-semestrda 
o‘qitiladi,  o‘quv  fani  sifatidagi  ahamiyati,  talabalarda  mutaxassislik  mahoratini 
mukammal  shakllantirish,  ularda  sanoat  miqyosida  ishlab  chiqariladigan  tayyor 
dori  vositalar  to‘g‘risida  umumiy  ko‘nikmalar  hosil  qilishdan  iborat.  “Sanoat 
farmatsiyasiga  kirish”  fanining  o‘quv  fani  sifatidagi  vazifasi,  mutaxassislik 
mahoratini  egallash,  dori  vositalarini  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  bo‘yicha 
olingan  umumiy  ko‘nikmalarni  xosil  qilish,  saqlash  sharoitlarini  belgilash  va 
turg‘unligini ta’minlashdan iborat.  
 



 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish