Mevali essensiyalar: Limon, olcha, nok
Nastoykalar: Apelsin (xushbo‘y), vanil.
Eritmalar, xushbo‘y suvlar, shiralar: Sorbit eritmasi, qalampir yalpiz suvi,
koritsa suvi, pomerans suvi, pushti suv, fenxel suvi, olcha,
malina va sitruslar shirasi
Ekstraklar: CHuchukmiya ildizi, suyuq timyan
SHilimshiqlar: Agar, natriy alginat, pektin
Dorilarni korrigirlashda achchiq ta’mli dorilar guruhi ko‘pchilikni tashkil
qiladi.
Hozirgi kunda achchiq mazaga ega bo‘lgan suyuq dorilarni tabiiy mahsulot va
sintetik essensiyalardan tayyorlangan sharbatlar yordamida o‘zgartirish to‘liq
o‘rganilgan. Ko‘proq kand, olcha, limon, maymunjon, qoraqatdan, gulhayri
sharbatlar qo‘llaniladi.
Korrigirlovchi moddalar sifatida kakao va kofe bilan aralashtirilgan shakar
qo‘shiladi, lekin uni bolalar amaliyotida qo‘llashda ehtiyotkorlik talab qilinadi.
Bromidlar, xloridlar, sulfatlar va boshqa preparatlarning yoqimsiz mazasini
korrigirlashda olchali va qoraqatdan tayyorlangan (sharbatlar) kiyomlar juda
yuqori korrigirlash kuchiga ega ekanligini aniqlandi.
SHarbatlar suyuq dori shaklini korrigirlashda eng universal bo‘lishi bilan
pediatriyada amaliyotida ham keng qo‘llaniladi.
Biofarmatsevtik izlanishlar natijalari sharbatlarni korrigirlovchi moddalar
sifatida qo‘llanilishi maqsadga muvofiqligini tasdiqlagan.
Lekin ayrim preparatlarning turg‘unligiga va so‘rilishiga sharbatlarning salbiy
ta’siri haqida ma’lumotlar bor. SHuni hisobga olgan holda korrigentlarni dori
turiga qo‘shilishi albatta, biofarmatsevtik nuqtai nazardan asoslanishi shart.
Pediatriya amaliyotida korrigentlarni ishlatilish bo‘yicha kuyidagi tavsiyalar
keltirilgan:
1. dorilarni achchiq mazasini niqoblash uchun qo‘llaniladi:
a) olcha, limon, qand, maymunjon sharbatlari;
b) apelsin, yalpiz va arpabodiyon efir moylari;
v) tabiiy moddalar - asal;
2.Dorilarni sho‘r mazasini niqoblash uchun qo‘llaniladi:
a) olcha va qoraqat sharbatlari bilan limon kislotasining aralashmasi;
b) kakao sharbati, yalpiz moyi va limon kislotasining aralashmasi;
3. Dorilarni nordon mazasini niqoblash uchun qo‘llaniladi:
mevali va shilimshiqli sharbatlar, apelsin efir moyi.
124
4. YOg‘simon moddalarni mazasini niqoblash uchun:
Emulsiya hosil qilish, sharbatlar, xushbo‘y moddalar va shilimshiqlar
qo‘shish;
5. Antibiotiklarni nohush mazasini niqoblash uchun:
Agar-
agar, qand, malina sharbatlarining kakao va vanilin bilan aralashmasi qo‘llaniladi.
6.Vitaminlarni yoqimsiz ta’mini niqoblash uchun:
Agar-
agar sharbatining sitruslar bilan aralashmasi, qizilmiya ekstrakti, turg‘ulikni oshiru
vchi moddalar bilanaralashmasi qo‘llaniladi.
Dorining organoleptik xususiyatlarini korreksiyalashda shirinliklar, xushbo‘y
moddalardan tashqari buyoqlardanham foydalaniladi.
Rangni yaxshilovchi korrigentlar sifatida dori turlariga har hil, bolalarga yo
qimli, rang beruvchi moddalar qo‘shiladi.
Rang korrigentlari tabiati bo‘yicha 2- ta guruhga bo‘linadi:
1. Tabiiy moddalar: antotsianlar, xlorofill, karotinoidlar.
2. Sintetik moddalar: turli eruvchan laklar va pigmentlar.
Bolalar uchun yoqimli ranglar qizil, havorang, ko‘k, binafsha, pushti hisoblana
di.
Bolalarga mo‘ljallangan dorilarni tashqi ko‘rinishini, mazasini, hidini yaxshilas
h bilan birgalikda, yana birmuammoni echilishiga e’tibor berish lozim. Bu muam
mo- yosh bolalarni dorilar bilan zaharlanishini oldini olish.
SHuning uchun, bolalarga dorilarni yaratishda, ularning jihozlanishiga ham
e’tibor berilishi lozim. Buning uchun yosh bolalarga qiyin ochiladigan jihoz
bo‘lishi shart, masalan maxsus qopqoqli flakonlar, konstruksiyasi murakkab
bo‘lgan maxsus penallar, maxsus jihozlovchi lentalar.
Bolalarni zaharlanishdan oldini olishning yana bir yo‘li- bu dorilarni bir marta
ishlatiladigan, ya’ni bitta dozani saqlaydigan jihozlarda berish.
Masalan, polimer materiallardan yasalgan bitta dozali paketchalar (poroshoklar
, quruq suspenziyalar uchun).
Bolalarga mo‘ljallangan peroral dorilarni nomenklaturasi.
Bolalarga mo‘ljallangan, korrigirlangan dorilarni yaratishda akad. A.I.Tensova
ning ilmiy tadqiqotlari kattaahamiyatga ega. Olib borilgan tajribalar, biofarmatsevt
ik izlanishlar asosida A.I.Tensova tomonidan 19 bolalar uchunmo‘ljallangan dori t
urlari taklif etilgan ( natriy va kaliy bromidlar,
kalsiy
xlorid,
magniy
sulfat va boshq)
Oxirgi yillarda bolalar uchun qator korrigirlangan suyuq va qattiq dorilar ishla
b chiqariladi.Ularning asosiy qismi eritmalar, sharbatlar, suspenziyalar, granulalar,
tabletkalar, drajelardan iborat.
Eritmalar:
-Piperazin adipinat 5% eritmasi.
Tarkibida piperazin adipinat, limon kislotasi, kand sharbati, natriy benzoat
va suvdan iborat;
125
- Natriy bromid 1%, 2%, 3% eritmalari;
- Kaliy bromid 1%, 2%, 3% eritmalari;
- Etamzilat 5% eritmasi;
- Eglonil 0,5% eritmasi.
SHarbatlar:
-Natriy oksibutirat 5% sharbati;
-Ensefabol, Salbutamol, Seduksen, Ibuprofen, "Vibramitsin", teofil-
lin sharbatlari.
Quruq suspenziyalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |