Kosmetik vositalarga qo‘yilgan talablar
Bugungi kunda samarali kosmetik vositalarini yaratish va assortimentini
kengaytirish uchun yangi kimyoviy birikmalar ishlatilmoqda. Masalan, yangi
138
organik sintez orqali olingan emulgator, pastalar, bo‘yovchi va hid beruvchi
moddalar, xom ashyolarning yangi turlari (smolalar, plyonka hosil qiluvchilar,
mumlar va h.k) SFM shular orasiga kiradi.
Zamonaviy kosmetologiyaning eng asosiy yo‘nalishi — kosmetik
vositalarda BFMni ishlatish, ya’ni, vitaminlar, biogen stimulyatorlar, o‘simlik
ekstraktlari, gormonlar, bakteritsid preparatlar, fermentlar, oqsil gidrolizatlar va
ularning komplekslari. Bu yo‘nalish juda istiqbolli bo‘lib, kasalliklarning oldini
olish va davolashda, ayniqsa, kosmetik defektlarni yo‘qotishda imkon beradi.
Agar kosmetik vositalar uzoq vaqt va doimiy ishlatilsa, unda kimyoviy
moddalar epidermis orqali, soch follikullalari va yog‘ bezlarining chiqarish yo‘llari
orqali so‘rilib, terida juda ko‘p o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi, ayrim paytda butun
organizmning o‘ziga ham umumiy toksik ta’siri bo‘ladi. SHuning uchun sanoat
miqyosida chiqarib, tibbiyotda qo‘llanilishi uchun faqat shunday kosmetik
vositalarni ishlatish uchun ruxsat beriladiki, qachon ular eksperiment va klinik
tadqiqotlardan o‘tgan bo‘lib, ularning bezarar va samaradorligi isbotlangan bo‘lsa,
shuningdek, MTHlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lsa. Kosmetik vositalarda
qo‘llanilgan komponentlar OST va DF talablariga to‘g‘ri kelishi va javob berishi
kerak. YAngi kosmetik vositalari va yangi komponentlar sinalayotganda albatta
preparatning zararsizligi aniqlanadi (o‘tkir va surunkali toksik xususiyati),
qizartirish, yallig‘lanish, allergiya va o‘ziga xos spetsifik ta’sir ko‘rsatmasligi).
Undan tashqari preparatning kanserogen va teratogen ta’sirlari to‘g‘risida
ma’lumot bo‘lishi shart. Kosmetik vositalar retsepturasida yangi kimyoviy
birikmalar bo‘lsa, ular umum qabul qilingan usullarda toksikologik baholanishi ,
ularning zaharliligi, turi va asosiy parametrlari keltirilishi lozim va shular qatorida
butun retsepturaning toksikologiyasi o‘rganilgan bo‘lishi kerak.
Kosmetik vositalari sinalganda umumiy toksikologik baholanishdan tashqari
yana ularning silliq teriga surtilganda (masalan krem va losonlar):
- izotop usuli yoki boshqa usullar yordamida teri barerini, to‘sig‘ini
moddalar o‘tkazuvchanligi;
- gistologik, gistokimyo, gistoradiografiya va elektron mikroskop usullarida
teri strukturasiga ta’sirini;
- biokimyo ko‘rsatkichlarini;
- terining rNi va haroratga reaksiyasini o‘rganish lozim.
Kosmetik vositasining keng omma tomonidan ishlatilishi haqidagi
yo‘riqnomani Farmakologiya markazi taqdim etilgan hujjatlar asosida ko‘rib
chiqadi. Kosmetik mahsulotlari texnologik reglament asosida ishlab chiqariladi
(texnologik talablar va retsepturasi) va albatta GOST 29189-91 O‘zRSSV
tasdiqlagan SanPin 0152-04 qoidalariga rioya qilinishi kerak.
Kremlar – sirtga ishlatish uchun mo‘ljallangan, qovushqoq konsistensiyaga ega
yumshoq kosmetik vositasi. Kosmetik kremlar yuz, qo‘l, oyoq va bosh terisini
parvarish qilishga mo‘ljallangan yumshoq (mayin) kosistensiyaga ega.
Bugungi kunda kosmetika sanoatida ishlab chiqariladigan surtmalar
(kremlar)ni quyidagi guruhlarga tasniflash mumkin:
1. YOg‘li (noemulsion) kremlar. Ushbu kosmetik surtmalarni “krem” holatida
bo‘lishi, surtma tarkibiga kiruvchi yog‘ va yog‘simon moddalar (vazelin,
139
parfyumer moylar va h.k.) yoki ularning aralashmasiga bog‘liq.
2. Emulsion kremlar. Ushbu kosmetik surtmalarni konsistensiyasi tarkibidagi
yog‘ va suv miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
3. YOg‘siz kremlar yoki gellar – kolloidlar (gidrozol, jele), yog‘ kislotalari yoki
mumlarni suvdagi yuqa dispersli osilmalari (suspenziyalari) bo‘lib, ular tarkibida
yog‘lar juda oz miqdorda bo‘ladi yoki umuman bo‘lmaydi.
Qo‘llanilishi bo‘yicha kosmetik kremlar gigienik (profilaktik: shamol,
namlik, quyosh
nurlaridan himoyalovchi
yoki
oziqlantiruvchi hamda
teri
faoliyatini faollashtiruvchi) va davolovchi (maxsus: xusunbuzar, qorayish,
dog‘ hosil bo‘lishi, seboreya, terlashni davolashga mo‘ljallangan)larga tasniflash
mumkin.
XI-DF ko‘rsatmasi bo‘yicha dori moddalar kremalar tarkibiga ularni fizik-
kimyoviy holatiga asoslangan holda kiritiladi.
Asosda eriydigan dori moddalarni krem asosida eritish lozim. YOg‘li asosda
eriydigan dori moddalarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: anestezin,
benzoy kislotasi, betanaftol, kamfora, mentol, timol, fenol, fenilsalitsilat (salol),
follikulin, xloralgidrat. SHuningdek, suvda yaxshi eriydigan dori moddalar (kaliy
yodid, rezorsin, sulfatsil natriy (albutsid), novokain gidroxlorid, efedrin
gidroxlorid)ni PEG. MS. Na-KMS va boshqa gidrofil asosolarga suvda
erigan holda qo‘shiladi, ularni ham gomogen tipdagi kremlarga kiritish mumkin.
Uchuvchan moddalar krem tarkibiga ohirgi navbatda kiritiladi. Gomogen
kosmetik kremlarda dori modda asos tarkibida eritma yoki qotishma (molekula
yoki mitsella maydalik darajasida) bo‘ladi. Olinishi bo‘yicha gomogen kremlar
1) qotishma;
2) eritma;
3) ekstraksionga tasniflash mumkin.
Qotishma tipdagi kremlar bir nechta o‘zaro eriydigan tarkibiy qismdan tashkil
topgan bo‘lib, ular yog‘, mum, uglevodorod, smola, yuqori molekulyar
yog‘ kislotalarni bir-biri bilan birikishi orqali hosil bo‘ladi. Ularni ayrimlari qattiq,
ayrimlari yumshoq, ayrimlari esa suyuq bo‘lishi mumkin. Ushbu guruhga kiruvchi
kremlarni tayyorlashda avval qiyin, so‘ng o‘rta va ohirida oson eriydigan
moddalarni
eritish
tavsiya
etiladi.
SHunda
oson
eruvchan
molddalarni ortiqcha qizishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Eritma tipidagi kremlarda dori modda asosda erishi kuzatiladi. Ularni
tayyorlashda oldin asos eritiladi, so‘ng dori modda qo‘shilib, erib ketgunicha
aralashtiriladi.
SHuningdek o‘simlik yoki hayvon xom ashyosida ta’sir etuvchi moddani
surtma asos yordamida ajratib olingan ekstraksion surtmalar ham gomogen tipdagi
kremlarga tasniflanadi. Gomogen tipdagi aralashma hosil qilishida ko‘p dori
moddalar evtektik aralashma hosil qiladilar, ya’ni ularni erish harorati bir qancha
pasayshi kuzatiladi. Bunday kosmetik kremlarni qovishqoqligini oshirish uchun
ular
tarkibiga
strukturalovchi
(lanolin,
mum,
serezin,
parafin)
kabi
moddalar qo‘shiladi.
Veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dorilar ta’rifi, tasnifi
140
Veterinar farmatsiya farmatsevtik fanining bir maxsus sohasi bo‘lib,
hayvonlarning jismoniy, anatomiya, fiziologiya tuzilishi o‘ziga xos bo‘lishlarini
hisobga olgan holda mustaqil ravishda rivojlangan.
Veterinariyada ishlatiladigan dori turlari maxsus dorixonalarda, ba’zan
meditsina dorixonalarida tayyorlanadi.
Bu dori turlarining retseptlari veterinariya vrachlari va feldsherlari tomonidan
yozilib, ular ham tibbiyot retseptlariga qo‘yiladigan talablarga javob berishi kerak.
Retseptda kasal bo‘lgan hayvon haqida ma’lumot, turi, laqabi, yoshi bo‘lishi lozim.
Veterinariyada ishlatiladigan dori turlari, ularning tarkibidagi dorivor va
yordamchi moddalar va tayyorlanishi odatdagi dori turlari texnologiyasidan hech
qanday farq qilmaydi. Faqat ba’zi dori turlarining hajmi, miqdori ko‘p bo‘ladi
(masalan, bolyuslar- 0,5-50,0g, shamchalar 200,0 g gacha)
Qo‘shimcha moddalar sifatida javdar uni va ko‘pincha dorilar ta’mi va xidini
yaxshilovchi moddalar qo‘shiladi.
Veterinariyada qo‘llaniladigan dorilar ko‘proq dozada berilishi va ayrim
o‘ziga xos dori turlarga ega bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Masalan, bo‘tqalar, bolyuslar kabi dori turlari ishlatiladi. Veterinariyada
ishlatiladigan dori turlari quyidagicha tasniflanadi:
1. Qattiq dori turlari
2. YUmshoq dori turlari
3. Suyuq dori turlari.
Qattiq dori turlariga kukunlar, yig‘malar, tabletkalar, xab dorilar, bolyuslar
kiradi.
YUmshoq dori turlariga bo‘tqalar, surtmalar, linimentlar kiradi.
Suyuq dori turlariga eritmalar, elimshaklar, emulsiyalar va suspenziyalar
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |