So’z boshi



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/178
Sana17.08.2021
Hajmi2,85 Mb.
#149641
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   178
Bog'liq
dvst

Davolashda keratolitlar  ishlatiladi:  salitsil  kislota,  vitamin  A  kislotasi, 
yog‘larning  chiqishini  kamaytirish  uchun  simetidin,  benzol  peroksid,  vitamin  A 
kislotasi (linolen, linol) yoki antimikrob vositalar (benzil peroksid, eritromitsin va 
boshqa antibiotiklar) ishlatiladi. 
Husnbuzarni  siqish,  qo‘l  bilan  ishqalash  va  tegish  ma’n  etiladi,  chunki 
husnbuzar ko‘payib ketishiga olib keladi. 
Ajin — bir tomondan organizmning so‘lib borayotganligidan darak beruvchi 
belgi desak ham bo‘ladi. CHunki qarish jarayonida terida bir qancha o‘zgarishlar 
sodir  bo‘ladi:  qon,  limfa  aylanishi  buziladi.  Natijada  eng  avval  yuz,  keyinchalik 
qo‘l  panjalarining  terisida  shunday  o‘zgarishlar  yuzaga  keladi.  Lekin  ikkinchi 
tomondan  mimik  ajinlar  ham  mavjud,  ular  odamning  har  bir  mimikani  doimo 
takrorlashi oqibatida paydo bo‘ladi. Masalan, doim peshanani tirishtirish, qoshlarni 
yuqoriga ko‘tarish yoki qovoq solish, ko‘z, lablarni qisish, ko‘p kulish ham ilgari 
ajin tushishiga sabab bo‘ladi. 
Tashqi  va  ichki  muhitning noqulay  omillari:  quyosh  nurlari, sovuq shamol, 
quruq  havo  ta’siri  va  organizmning  uzoq  kechadigan  surunkali  kasalliklari  ham 
ajin tushishiga sabab bo‘ladi. 
 YUz  terisini  parvarish  qilish  qoidalariga  rioya  qilinmasa,  spirtli  eritmalar, 
terini oqartiradigan surtmalar ko‘p ishlatilsa, surtilgan kosmetpk vositalardan terini 
vaqtida tozalab turilmasa ham ajinlar paydo bo‘ladi. 
Ajin  tushishining  oldini  olish  uchun  umuman  salomatlikni  yaxshilash, 
to‘g‘ri  ovqatlanish,  mehnat  qilish  va  dam  olish  rejimiga  amal  qilish,  sport  bilan 
muntazam  ravishda  shug‘ullanish,  badanni  oftobda  me’yori  bilan  toblash,  yuzni 
qattiq shamoldan ehtiyot qilish zarur. 
Umrbod  ajin  tushishidan  saqlaydigan  kosmetika  vositalari  yo‘q,  albatta, 
lekin  yuz,  bo‘yin,  qo‘l  terisini  muntazam  to‘g‘ri  parvarish  qilib  borish  ajinlarni 
kamroq seziladigan qiladi. 
Teri  nuqsonlari  —  qurish,  ajin  kamroq  tushishi  uchun  har  xil  krem  va 


137 
 
maskalar  ishlatiladi.  Kosmetika  vositalariga  kiradigan  moddalarga  qarab, 
shifobaxsh  maskalar  (ularning  tarkibiga  dori  preparatlari  kiradi)  hamda  terini 
oziqlantirish,  tozalash  va  oqartirish  uchun  mo‘ljallangan  kosmetika  maskalariga 
bo‘linadi. SHifobaxsh maskalar (husnbuzar, pigment dog‘lar, terini qattiqlashgan, 
qontalash  joylarini  davolaydi)  kosmetolog  maslahatiga  muvofiq  tayyorlanishi 
kerak. 
Teri  dog‘lari  —  pigmentli  va  pigmentsiz  dog‘larga  bo‘linadi.  Pigmentli 
dog‘lar  tug‘ma  bo‘lishi  mumkin,  shuningdek,  organizmdagi  turli  o‘zgarishlar 
tufayli yoki tashqi omillar ta’sirida (badan kuyganida yoki sovuq urganidan keyin) 
yuzaga  keladi.  Buyrak  osti  bezlari  kasalligi  (bronza  kasalligida)  organizmda 
nikotin  kislotasi,  shuningdek,  V  guruh  vitaminlari  etishmay  qolganida  (pellagra) 
terida har xil pigmentli dog‘lar paydo bo‘ladi.    
Pigmentatsiya  buzilishi  turlaridan  xloazma  —  sarg‘ish  jigarrang  tusdagi 
noto‘g‘ri  shaklli  dog‘lardir.  Ular  odatda  peshana,  lunj,  bo‘yin  terisida  simmetrik 
joylashadi.  Xloazmaning  kelib  chiqishi  ichki  sekretsiya  bezlari  (asosan 
tuxumdonlar)  funksiyasining  buzilishiga  jigar,  me’da-ichak  yo‘li  kasalliklariga, 
kamqonlik, noto‘g‘ri ovqatlanish, gijjalar va boshqalar aloqador bo‘lishi mumkin. 
Xloazma  ko‘pincha  homiladorlik  davrida  vujudga  kelib,  tug‘ruqdan  so‘ng 
yoki bola emizuvidan chiqqandan keyin ham yo‘qolib ketmaydi. 
Ovqatda A vitamini tanqisligi sababli tirsak va tizza sohalarida yuzasi quruq 
bo‘lib,  po‘st  tashlab  turadigan  sarg‘ish  jigarrang  dog‘lar  yuzaga  kelishi  mumkin. 
Ba’zi kishilarda fenol bilan ishlaganda, ba’zi uglevodorodlarning bug‘laridan nafas 
olinganida  yoki  tarkibida  margimush  (mishyak)  bo‘lgan  preparatlar  qabul 
qilinganida  terida  yoyilib  ketgan  to‘q  kulrang  to‘rsimon  dog‘  paydo  bo‘lishi 
mumkin.  Ba’zi  kishilar  badani  ultrabinafsha  nurlariga  ortiqcha  sezgir  bo‘ladi  va 
bahor  oftobi  ta’sirida  paydo  bo‘ladigan  pigmentli  dog‘lar  vaqt  o‘tishi  bilan  o‘z-
o‘zidan  yo‘qolishi  mumkin.  Dog‘larni  biroz  rangsizlantirish  uchun  uy  sharoitida 
qatiq, 2-3 kunlik kefir yoki 3%li vodorod peroksid eritmasini surtib turish foydali. 
Xloazmalarda  esa  yoz  paytlari  teriga  bodring  suvi,  qora  smorodina  shirasi,  osh 
sirkasiga  damlangan  xren  surtish  tavsiya  etiladi.  Maxsus  kremlar  yordamida 
teridagi  dog‘lar  kontrastini  birmuncha  kamaytirsa  bo‘ladi.  Oqartiradigan  kremni 
tayyorlash  uchun  bir  osh  qoshiqdan  olingan  limon  sharbati  bilan  osh  sirkani 
aralashtirib,  unga  2  choy  qoshiq  qaynatilgan  suv  qo‘shish  kerak.  Bu  aralashma 
bilan yuz terisini har kuni artib turiladi. Agar yuz terisi quruq bo‘lsa, aralashmaga 
1  choy  qoshiq  o‘simlik  moyi  qo‘shiladi.  YUz  terisini  oqartirish  maqsadida  bir 
bo‘lak limon, bodring, kefir yoki qatiq bilan artish, keyin yuzni  loson bilan artib 
turish  kerak.  YUz  terisini  parvarish  qilish,  oziqlantirish  va  himoya  qilish 
maqsadida  yog‘larni,  yog‘simon  moddalar,  mum,  emulgatorlar  va  suv 
aralashmasidan  iborat.  YOg‘  va  yog‘simon  moddalar  terining  yuza  qatlamiga 
surilib,  uni  yumshatadi,  elastiklashtiradi,  terini  turli  ta’sirlardan  hamda  ajin 
tushishidan saqlaydi. 
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish