III. Yangi mavzuning bayoni.
Slayd. “Kutubxona” mavzusida videorolik yoki kutubxona tasvirlari aks etgan slayd ko‘rsatiladi. Shu asosda 1-topshiriq bajariladi. O‘quvchilar diologni o‘qiydilar, so‘ngra o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi.
Kutubxonada nimalar bor?
Maktab kutubxonasiga kirganmisiz?
Kutubxonada qanday kitoblar bo‘ladi?
Kitob o‘qishni yaxshi ko‘rasizmi?
Oxirgi marta qanday kitobni o‘qidingiz?
Uyingizda ham kutubxonangiz bormi?
Bilib oling. Slayd. Nutqimizda biror shaxsga, predmetga ta’rif berilayotganda haqida, to‘g‘risida so‘zlaridan foydalanamiz. Masalan: kutubxona to‘g‘risida. Onam haqida.
Slayd. So‘zlarni bir-biriga qo‘shib, to‘g‘risida, haqida so‘zlari ishtirokida gaplar tuzing.
Maktab, magazin, joylashgan, hayvonlar, kitob o‘qidim, multfilm, suhbatlashdik, bahor haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: |