IV. O‘quvchilarni baholash. O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra baholanadi, darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
V. Uyga vazifa berish. 2-mashqdagi maqollarni yod olish.
1-dars. Qadrdon maktabim
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o‘quvchilarga nutqiy va grammatik mavzu haqida, «Maktabimiz» mavzusidagi tayanch so‘zlar, nechanchi? so‘rog‘i, -inchi qo‘shimchasining ishlatilishi, belgi, harakatni bildiruvchi so‘zlarning talaffuzi va yozilishi haqida ma’lumot berish.
b) tarbiyaviy: o‘quvchilarda vatanparvarlik, insonparvarlik, o‘z burch va huquqlarini bilish, kirishimlilik, muomala madaniyati, mulkni asrab-avaylash tuyg‘ularini tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |