Darslik bilan ishlash.
3-topshiriq og‘zaki bajariladi. “Nonday aziz”matnini o‘quvchilar zanjir usulida o‘qiydilar, uning mazmuni asosida kitob haqida suhbatlashadilar. Quyidagi savollar asosida matn mustahkamlanadi. Shu jarayonda o‘qituvchi o‘quvchilarga turli mavzulardagi kitoblardan namunalar ko‘rsatadi.
Kitob o‘qish orqali nimalarni o‘rganasiz?
Qanday ertak kitoblarni o‘qigansiz?
Kitobni qanday asrashimiz lozim?
Mana bu kitob o‘zbek xalq ertaklari, mana bunisi esa sarguzasht kitobi, bunisi, hayvonlar ensiklopediyasi, “nega, nima uchun”, “Dunyo bo‘ylab sayyohat” kitoblari. Siz qaysi birini yoqtirib o‘qiysiz?
O‘zingiz ham ota-onangiz bilan kitob sotib olasizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |