Mavzuga oid tayanch tushunchalar: kuzgi, hosilni yig‘adilar, hosil bayrami, havo, daraxtlar, barglar, poliz, sabzavotlar, qovoq, behi, kartoshka, sholg‘om, sabzi, tayyorgarlik, issiqxona, ombor, sarg‘ayadi, to‘kiladi, soviydi, yig‘ib olinadi, haydaydilar, tekislaydilar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
– o‘quvchilarning davomatini aniqlash;
– o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Test
1.Mevali, mevasiz, shirin, mazali, oq, pushti so‘zlari nimaning belgisini bildiradi?
A.Daraxtning.
B.Suvning.
C.Gulning.
2.Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan qatorni toping.
A.Tuproq, shahar, oftob.
B.Mehr, tuproq, ozot.
C. Opok, bahor, hosil.
3.Oxirida t yoziladigan so‘zlar qatorini belgilang.
A. Obo., avlo., ajdo. .
B. Oda., bax., tax. .
C. Darax., ozo., umi. .
Do'stlaringiz bilan baham: |