So'z boshi


Oliy asab faoliyati haqida tushuncha



Download 0,53 Mb.
bet6/40
Sana06.04.2022
Hajmi0,53 Mb.
#532842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI

3. Oliy asab faoliyati haqida tushuncha
I. M. Sechenov «Bosh miya reflekslari» asarida ongli va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro'y berish usuliga ko'ra reflekslardan iboratdir degan xulosaga kelgan edi.
Shunday qilib, ongning harakati (psixik hodisa) running tanasiz mohiyat xususiyati emas, balki I. M. Sechenov ta'biri bilan aytganda, ro'y berish usuliga ko'ra refleksga o'xshash jarayondir.
Ma'lumki, psixik jarayon o'zicha emas, balki miyaning mohiyati, uning tegishli boiimlari funksiyasi sifatida tashqi olam haqidagi axborotning qayoqqa ketishi, qayerda saqlanishi va qayta ishlanishini ko'rsatuvchi javob faoliyatining boshqaruvchisidir. Shunday qilib, kishining bilimlari, tevarak atrof haqidagi tasavvurlari, ya'ni indivi­dual tajribaning butun boyliklari reflektor harakatga kiradi. Psixik hodisalar miyaning tashqi (tevarak atrofdagi muhit) va ichki (fiziolo-gik tizimi sifatida organizmning holati) ta'sirlarga javobidir.
Psixik hodisalar faoliyatning hozir ta'sir etayotgan (sezgilar, id-rok) yoki qachonlardir, ya'ni o'tmish tajribada (xotira) yuz bergan qo'zg'atuvchiga javob tarzida ro'y beradigan, ana shu ta'sirni umum-lashtiradigan, ular pirovardida olib keladigan natijalarni (tafakkur, xa-yol) oldindan ko'ra bilishga yordam beradigan, ba'zi bir ta'sirlar nati-jasida faoliyatni (his-tuyg'u, iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradi-gan, umuman faollashtirib yuboradigan va boshqa xildagi ta'sirlar oqi-batida uni tormozlashtiradigan, odamlar xulq-atvoridagi (tempera­ment, xarakter va boshqalar) tafovutlarni aniqlaydigan doimiy bosh-qaruvchilardir.
J.M. Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan boshqarilishi g'oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariy qoida-larni I. P. Pavlov tajriba yo'li bilan tasdiqladi va aniqlashtirdi. U hay-vonlarning, shuningdek odamning tashqi muhit bilan o'zaro harakati, miya tomonidan boshqarilishi qonuniyatlarini kashf etgan edi. I. P. Pavlovning ushbu qonuniyatlarga nisbatan jami qarashlari odatda ikki xil signal tizimi haqidagi ta'limot deb ataladiu
Narsaning timsoli (ko'rinishi, eshitilishi, hid tarqatishi va shu kabilar) hayvonlar uchun biron-bir shartsiz qo'zg'atuvchi signal boiib xizmat qiladi. Bu esa ujaj xatti-harakatining shartli refleks tarzida o'zgarishiga olib keladi.
Hozirgi zamon fanida mayjudtasavvurlarga qaraganda, orqa miya va miya naychasi reflektor faoliyatining asosan tug'ma (shartsiz refleksi) hisoblangan shakllarni amalga oshiradi, katta yarim sharlar-ning qobig'i esa hayot kechirish jarayonida orttiriladigan va psixika tomonidan boshqariladigan xulq-atvor shakllari organi hisoblanadi.
Miya katta yarim sharlari ishining umumiy qonuniyatlarini I. P. Pavlov aniqlab bergan. Olim o'tkazgan klassik tajribalarda itlarda oldinlari faqat tegishli shartsiz qo'zg'atuvchi (masalan, ovqat)ning bevosita ta'siri ostida yuz beradigan fiziologik reaksiyaga (masalan, so'lak oqishiga) olib kela boshlaydigan juda ham xilma-xil signallar beradigan shartli reflekslar hosil qilingan edi.
Lekin uning ta'limotini shuning o'zi bilangina cheklab qo'yish noto'g'ri bo'ladi. Real tarzda (laboratoriya sharoitida emas) hayvonlar ozuqa qachon og'ziga tushishini kutib turmaydi, balki uni izlashga urinadi, harakat qiladi, harakatining samaradorligini tekshiradi, xullas sharoitga faol muvofiqlashadi.
Shunday qilib, bosh miya yuksak taraqqiy etgan hayvonlar va odam psixikasini belgilaydigan darajada faoliyat ko'rsatadigan organ yoki, to'g'rirog'i, organlarning murakkab tizimidir. Psixikaning maz-muni tirik mavjudot o'zaro munosabatda bo'ladigan tashqi olam bilan belgilanadi. Tashqi olam kishi miyasi uchun shunchaki oddiy biologik muhit (hayvon miyasi uchun boigani kabi) emas, balki odamiar o'zlarining ijtimoiy tarixi davomida yaratgan hodisalar va narsalar omilidir. Har bir alohida odam hayotining dastlabki qadamlaridan boshlangan psixik rivojlanishning ildizlari tarixan tarkib topadigan madaniyatning eng qadimiy, eng chuqur davriga borib taqaladi.
Psixologiya fani tarixida I. M. Sechenov va I. P. Pavlovlarning ta'limotlari chuqur iz qoldirdi. Hozirgi kunda ham o'z qadr-qimmatini yo'qotmagan, aksincha, yanada takomillashib bormoqda.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish