42. Noma’lum modda formulasini aniqlashga oid.
1. Ekvimolyar nisbatdagi bariy karbonat, kaliy sulfat noma`lum metall fosfidi (oksidlanish darajasi +2) tarkibli 23,67 g aralashma vodorod bromid eritmasidan o`tkazildi. Ajralgan gazlar aralashmasi sulfat kislota ishtirokida 686 g 8% li kaliy dixromat erimasidan o`tkazildi va natijada xrom tuzlarining massa ulushi tenglashdi. Dastlabki fosfidni formulasini toping?
A) Ca3P2 B) Sn3P2 C) Mg3P2 D) Zn3P2
2. Ekvimolyar nisbatdagi kaliy karbonat, kaliy bromid noma`lum metall sulfit (oksidlanish darajasi +2) tarkibli 18,05 g aralashma xlorid kislota eritmasida eritildi. Ajralgan gazlar aralashmasi 206 g 3% li kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazildi va natijada marganes tuzlaring massa ulushlari tenglashdi. Sulfit formulasini aniqlang?
A) MgSO3 B) CaSO3 C) SrSO3 D) BaSO3
3. Ekvimolyar nisbatidan litiy karbonat, kaliy xlorid va noma`lum metall sulfiti (Me +1 oksidlanish darajasi) tarkibli 27,45 g aralashma bromid kislota erimasida eritildi. Ajralgan gazlar aralashmasi 200 g 6,18% li kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazildi va natijada marganets tuzlarini massa ulushlari tenglashdi. Dastlabki sulfitni aniqlang?
A) Rb2SO3 B) Li2SO3 C) K2SO3 D) Na2SO3.
4. Ekvimolyar nisbatidagi kalsiy karbonat, natriy sulfat va noma`lum metall fosfidi (oksidlanish darajasi +2) tarkibli 5,64 g aralashma vodorod yodid erimasida eritildi. Ajralgan gazlar aralashmasi sulfat kislota ishtirokida 500 g 5,488% li kaliy dixromat eritmasidan o`tkazildi, natijada xrom tuzlarini massa ulushlari tenglashdi. Dastlabki fosfidni aniqlang?
A) Ca3P2 B) Sn3P2 C) Mg3P2 D) Zn3P2
5. Ekvimolyar nisbatidagi stronsiy karbonat, alyuminiy sulfat va noma`lum metall sulfiti (oksidlanish darajasi +2) tarkibli 14,14 g aralashma xlorid kislotada eritildi. Ajralgan gazlar aralashmasi 50 g 4,944% li kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilganda bu eritmadagi marganes tuzlarini massa ulushlari tenglashdi. Noma`lum metall sulfitni aniqlang?
A) MgSO3 B) CaSO3 C) SrSO3 D) BaSO3
6. Ekvimolyar nisbatidagi kaliy sulfat, litiy karbonat va noma`lum metall sulfiti (oksidlanish darajasi +2) tarkibli 22.08 g aralashma yodid kislotada eritildi. Ajralgan gazlar aralashmasini kaliy permanganat bilan ishqoriy muhitda reaksiyaga kirishganda 3,48 g qo`ng`ir rangli cho`kma olindi. Metall sulfitni aniqlang?
A) MgSO3 B) CaSO3 C) SrSO3 D) BaSO3
7. Ekvimolyar nisbatidagi litiy karbonat, natriy xlorid va noma`lum metall fosfididan (oksidlanish darajasi +2) iborat 18.18 g aralashma bromid kislotada eritildi. Ajralgan gazlar aralashmasi sulfat kislota ishtirokida kaliy dixromatning 400 g 13.72% li eritmasi bilan reaksiyaga kirishganda, eritmadagi xrom tuzlarini massa ulushlari tenglashgan. Noma`lum metall fosfidni toping?
A) Ca3P2 B) Ba3P2 C) Mg3P2 D) Zn3P2 .
8. Ekvimolyar nisbatidagi litiy xlorid, kalsiy sulfat va noma`lum metall sulfitidan (oksidlanish darajasi +2) iborat 38.55 g aralashma bromid kislotada eritildi. Ajralgan gazlar aralashmasi kaliy permanganatning 120 g 10,3% li suvli eritmasi bilan reaksiyaga kirishdi va natijada marganes tuzlarining massa ulushlari tenglashgan. Noma`lum metall sulfitni aniqlang?
A) MgSO3 B) CaSO3 C) SrSO3 D) BaSO3
9. Ekvimolyar nisbatidagi natriy sulfat, kalsiy sulfat va noma`lum metall sulfiti (oksidlanish darajasi +1) dan iborat 38,07 g aralashma xlorid kislota eritildi. Ajralgan gazlar aralashmasi kaliy permanganatning ishqordagi eritmasidan o`tkazildi va 5,22 g qo`ng`ir rangli cho`kma hosil bo`ldi. Noma`lum metall sulfitni aniqlang?
A) ZnSO3 B) CaSO3 C) SrSO3 D) BaSO3
10. Ekvimolyar nisbatidagi natriy xlorid, kaliy sulfat va noma`lum metall fosfididan (Me +2 oksidlanish darajasi) iborat 16.755 g aralashma bromid kislota eritildi. Ajralib chiqqan gazlar aralashmasi sulfat kislota ishtirokida kaliy dixromatning 400 g 13,72% li eritmasi orqali o`tkazildi va natijada xrom tuzlarining massa ulushi tenglashdi. Noma`lum moddani toping?
A) Sr3P2 B) Ba3P2 C) Mg3P2 D) Zn3P2
Do'stlaringiz bilan baham: |