28. Azot (IV) oksid va oltingugurt (IV) oksidlar aralashmasiga oid
1. Metanga nisbatan zichligi 3,25 bo`lgan azot (IV) oksidi va oltingugurt (IV) oksididan iborat gazlar aralashmasi mol miqdor kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilishi natijasida nitrat kislotaning massa ulushi 0.126 bo’lgan eritmasi hosil bo`ldi. Reaksiyada natijasida hosil bo’lgan marganets (II) nitratning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 17,9 % B) 30,2 % C) 35,8 % D) 15,1%
2. Neonga nisbatan zichligi 2,9 bo`lgan azot (IV) oksidi va oltingugurt (IV) oksididan iborat gazlar aralashmasi mol miqdorda kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilishi natijasida nitrat kislotaning massa ulushi 0,0404 bo`lgan eritma hosil bo`ldi. Reaksiyada natijasida hosil bo’lgan sulfat anionining massa ulushini (%) aniqlang.
A) 19,2 % B) 16,9 % C) 38,4 % D) 35,8%
3. Geliyga nisbatan zichligi 13,75 bo`lgan azot (IV) oksidi va oltingugurt (IV) oksididan iborat gazlar aralashmasi mol miqdorda kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilishi natijasida nitrat kislotaning massa ulushi 0,126 bo`lgan eritma hosil bo`ldi. Reaksiyada natijasida hosil bo’lgan hind selitrasining massa ulushini (%) aniqlang.
A) 12,6 % B) 20,2 % C) 6,3 % D) 10,1 %
4. 270C normal bosimda zichligi 2,234 g/litr bo`lgan azot (IV) oksidi va oltingugurt (IV) oksididan iborat gazlar aralashmasi mol miqdordagi kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilishi natijasida nitrat kislotaning massa ulushi 0,0252 bo`lgan eritmasi hosil bo`ldi.Reaksiyada natijasida hosil bo’lgan marganets tuzlarini massa ulushini (%) aniqlang.
A) 3,02 % B) 17,9 % C) 4,81 % D) 9,62 %
5. 270C normal bosimda zichligi 2,113 g/litr bo`lgan azot (IV) oksidi va oltingugurt (IV) oksididan iborat gazlar aralashmasi mol miqdordagi kaliy permanganatning suvli eritmasida eritilganda nitrat kislotaning massa ulushi 0,063 bo`lgan eritmasi olindi. Reaksiyada qolgan mahsulotlarining massa ulushlarini (%)aniqlang. Reaksiyada natijasida hosil bo’lgan kuporos moyining massa ulushini (%) aniqlang.
A) 4,9 % B) 10,1 % C) 9,8 % D) 30,2 %
6. 270C normal bosimda zichligi 2,356 g/litr bo`lgan azot (IV) oksidi va oltingugurt (IV) oksididan iborat gazlar aralashmasi mol miqdordagi kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilishi natijasida nitrat kislotaning massa ulushi 0,0756 bo`lgan eritma hosil bo`ldi. Cho`kmaga tushgan moddaning massasini toping. Reaksiyada natijasida hosil bo’lgan nitrati anionining massa ulushini (%) aniqlang.
A) 3,05 % B) 6,3 % C) 9,3 % D) 18,6%
7. Azot (IV) oksidi va oltingugurt (IV) oksididan iborat aralashmasi mol miqdorda kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilishi natijasida sulfat kislotaning massa ulushi 0,02646 bo`lgan eritmasi hosil bo`ldi. Agar dastlabki aralashmada tulki dumining hajmiy ulushi oltingugurt (IV) oksidining mol ulushidan 2 marta ko`p bo`lsa, reaksiyada natijasida hosil bo’lgan hindiston selitrasining massa ulushini (%) aniqlang.
A) 7,64 % B) 6,3 % C) 6,804 % D) 3,402%
8. Azot (IV) oksidi va oltingugurt (IV) oksididan iborat aralashmasi mol miqdorda kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilishi natijasida sulfat kislotaning massa ulushi 0,196 bo`lgan eritmasi hosil bo`ldi. Agar dastlabki aralashmada oltingugurt (IV) oksidining mol ulushi tulki dumining hajmiy ulushidan 2 marta ko`p bo`lsa, reaksiyada natijasida hosil bo’lgan kaliy tuzlarinining massa ulushini yig’indisini (%) aniqlang. A) 17,4 % B) 22,45 % C) 44,5 % D) 3,48%
9. Azot (IV) oksidi va oltingugurt (IV) oksididan iborat aralashmasi mol miqdorda kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilishi natijasida nitrat kislotaning massa ulushi 0,0945 bo`lgan eritma olindi. Dastlabki gazlar aralashmasida gazlarning atomlar soni o`zaro teng bo`lsa, reaksiyada natijasida hosil bo’lgan kaliy sulfatning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 13,05 % B)26.1% C)34,8% D)12.38%
10. Propanga nisbatan zichligi 1,25 bo`lgan azot (IV) oksid va oltingugurt (IV) oksididan iborat (n.sh) da 13,44 litr gaz mol miqdorda kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilishi natijasida sulfat kislotaning massa ulushi 3,528 % li eritmasi hosil bo`ldi. Reaksiyada natijasida hosil bo’lgan marganets (II) nitratning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 4,032 % B) 6,444 % C) 8,064 % D) 3,222 %
Do'stlaringiz bilan baham: |