24. Molyar konsentratsiyasini aniqlashga oid-2.
1. Ikki xil temir xloridlari aralashmasi saqlagan 200 ml eritma orqali cho`kma hosil bo`lgunga qadar natriy karbonat eritmasi qo`shildi. Olingan cho`kma massasi 22,3 gramni tashkil etdi. Cho`kma filtrlanib mo`l miqdordagi xlorid kislota bilan ishlanganda 2,445 litr gaz (normal bosim, 250C) ajraldi. Dastlabki eritmadagi moddalarning.(berilgan tartibda) molyar konsetratsiyalarini (mol/l) aniqlang
A) FeCl3 0,2M; FeCl2 0,4M B) FeCl3 0,5M; FeCl2 0,5M
C) FeCl3 0,3M; FeCl2 0,6M D) FeCl3 0,25M; FeCl2 0,45M
2. Temir (II) xlorid va alyuminiy xlorid aralashmasi saqlagan 200 ml eritma orqali cho`kma hosil bo`lgunga qadar natriy sulfid eritmasi qo`shildi. Olingan cho`kma massasi 12,2 gramni tashkil etdi. Cho`kma filtrlanib mo`l miqdordagi bromid kislota bilan ishlanganda 1,22 litr gaz (normal bosim, 250C) ajraldi. Dastlabki eritmadagi moddalarning (berilgan tartibda) molyar konsentratsiyasini(mol/l) aniqlang.
A) 0,25M ; 0,5M B)0.3M ; 0,4M C) 0,2M ; 0,2M D)0,25M ; 0,15M
3. Temir (II) sulfat va aluminiy sulfat aralashmasi saqlagan 200 ml eritma orqali cho`kma hosil bo`lgunga qadar Na2SO3 eritmasi qo`shildi. Olingan cho`kma massasi 16,92 gramni tashkil etdi. Cho`kma filtrlanib mo`l miqdordagi xlorid kislota bilan ishlanganda 2,2 litr gaz ajraldi. (normal bosim, 250C) Dastlabki eritmadagi moddalarning (berilgan tartibda) molyar konsentratsiyasini (mol/l)aniqlang.
A)0,15M ; 0,25M B)0,35M ; 0,25M C) 0,45M ; 0,15M D)0,15M ; 0,5M
4. Temir (II) nitrat va xrom (III) nitratlar aralashmasi saqlagan 200 ml eritma orqali cho`kma hosil bo`lgunga qadar natriy karbonat eritmasi qo`shildi. Hosil bo`lgan cho`kma massasi 30,15 gramni tashkil etdi. Cho`kma filtrlanib mo`l miqdordagi sulfat kislota bilan ishlanganda 4,4 litr gaz ajraldi. (normal bosim 250C) Dastlabki eritmadagi moddalarning (berilgan tartibda) molyar konsentratsiyasini aniqlang.
A)0,45M ; 0,6M B)0,5M ; 0,8M C)0,25M ; 0,35M D)0,9 M ; 0,45M
5. Ikki xil temir xloridlari aralashmasi saqlagan 400 ml eritma orqali cho`kma hosil bo`lgunga qadar Na2SO3 eritmasi qo`shildi. Olingan cho`kma massasi 31,3 gramni tashkil etdi. Cho`kma filtrlanib mo`l miqdordagi nitrat kislota bilan ishlanganda 21,672*1022 ta atom saqlangan gaz ajraldi. Dastlabki eritmadagi moddalarning (berilgan tartibda) molyar konsentratsiyalarini (mol/l) toping.
A)0,1M ; 0,4M B)0,3M ; 0,35M C)0,5M ; 0,25M D) 0,3M ; 0,6M
6. Temir (II) sulfat va xrom (III) sulfat aralashmasi saqlagan 300 ml eritma orqali cho`kma hosil bo`lgunga qadar soda eritmasi qo`shildi. Olingan cho`kma massasi 13,14 gramni tashkil etdi. Cho`kma avval filtrlanib mo`l miqdordagi xlorid kislota eritmasi bilan ishlanganda neytronlar soni elektron va protonlari yig`indisidan 2 marta kichik bo`lgan gaz hosil bo`ldi. Agar ajralgan gaz tarkibidagi neytronlar soni elektron va proton sonidan 1,32 birlikka kam bo`lsa, dastlabki aralashmadagi moddalarning (berilgan tartibda) molyar konsentratsiyasini (mol/l) toping.
A)0,15M ; 0,45M B)0,4M ; 0,5M C)0,3M ; 0,3M D) 0,2M ; 0,1M
7. Temir (II) nitrat va aluminiy nitrat aralashmasi saqlagan 100 ml eritma orqali cho`kma hosil bo`lgunga qadar natriy sulfid tuzi eritmasi qo`shildi. Olingan cho`kma massasi 16,6 gramni tashkil etdi. Cho`kma avval filtrlanib, mo`l miqdordagi sulfat kislota eritmasi bilan ishlanganda o`rtacha molyar massasi 215,33 g/mol bo`lgan tuzlar aralashmasidan 32,3 g olingan bo’lsa, dastlabki aralashmadagi moddalarning (berilgan tartibda) molyar konsentratsiyalarini toping.
A) 1M ; 1M B) 2M; 2M C)1,25M ; 1,25M D) 0,5M ; 0,5M
8. Bariy xlorid va temir (III) xlorid aralashmasi saqlagan 300 ml eritma orqali cho`kma hosil bo`lgunga qadar 200 ml natriy sulfit eritmasi qo`shildi. Olingan cho`kma massasi 32,4 g bo`lib, u avval filtrlandi. Cho`kmaga mo`l miqdorda nitrat kislota eritmasi bilan ishlanganda 1:1 mol nisbatlardagi suvda eruvchan tuzlar olindi. Qo`shilgan tuz eritmasining molyar konsentratsiyasini (mol/l) toping.
A)0,45M B)0,75M C) 1,25M D) 1,4M
9. Qo’rg’oshin (II) nitrat va temir (III) nitrat aralashmasi saqlagan 500 ml eritma orqali cho`kma hosil bo`lgunga qadar natriy sulfid tuzi eritmasi qo`shildi. Olingan cho`kma massasi 48,25 gramni tashkil etdi. Cho`kma avval filtrlanib mo`l miqdordagi xlorid kislota bilan ishlanganda 1,12 litr gaz ajraldi. (normal bosim 00C) Dastlabki eritmadagi moddalarning (berilgan tartibda) molyar konsentratsiyalarini aniqlang.
A)0,25M ; 0,35M B) 0,1M ; 0,3M C)0,25M ; 0,45M D)0,35M ; 0,35M
10. Temir (II) xlorid va xrom (III) xloridlar aralashmasi saqlagan 400 ml eritma orqali cho`kma hosil bo`lgunga qadar so’da eritmasi qo`shildi. Olingan cho`kma massasi 54,9 gramni tashkil etdi. Cho`kma avval filtrlanib mo`l miqdordagi sulfat kislota bilan ishlanganda zichligi (n.sh) 1,96 g/litrni tashkil etuvchi gazdan 4,48 litr hosil bo`ldi. Dastlabki eritmadagi moddalarning (berilgan tartibda) molyar konsentratsiyasini (mol/l) toping.
A)1,25M ; 1,45M B)0,8M ; 0,75 M C)0,35M ; 0,45M D) 0,5M ; 0,5M
Do'stlaringiz bilan baham: |