Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti,
direktori, k.i.x., M.A.Sattarov
“Soya navlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishni ta‘minlaydigan mikroo‘g‘itlarning ta‘sirini ilmiy asoslash (Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida)” mavzusidagi yillik hisobotiga
TAQRIZ
Soya Xitoy va Hindiston davlatlaridan kelib chiqib, oxirgi 50 yilda Amerika va Yevropaga keng tarqalgan. Soya donini yetishtirish yer yuzida muntazam oshmoqda. Bunday tez o‘sishi soya donini oziq-ovqatda, yem-xashak va texnikada qo‘llanilishiga hamda iqtisodiy samaradorligiga bog‘liqdir.
O‘zbekistonda ham soyaning rivojlanishiga, don yetishtirishni ko‘payishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Soya o‘simligi bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni bajarilishida ushbu ilmiy ishning natijalari ham xizmat qiladi.
O‘tloqi - botqoq tuproqlar sharoitida soya navlarini mikroo‘g‘itlarning har xil turlari va me’yorlari qo‘llanilib, o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va simbiotik faoliyatiga, hosil shaklanishiga ta’siri aniqlangan. O‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va hosil shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan mikroo‘g‘itlarning maqbul me’yorlari aniqlangan; mikroo‘g‘itlarning maqbul me’yorlari barg orqali suspenziya usulida oziqlantirilganda o‘simlikning faol o‘sishi, shoxlanishi, donning to‘lishishi ta’minlangan.
Mikroo‘g‘itlarni barg orqali oziqlantirishda o‘g‘it me’yorini tejash va foydalanish darajasini oshirishini taminlaydi. Mikroo‘g‘itlarning maqbul me’yorlari soya navlarini faol o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy tasir ko‘rsatgan. Orzu navida hosildorlik 18,4-39,7 s/ga ni tashkil qilib, oltingugurt evaziga 17,6-21,3 s/ga, marganes evaziga 15,6-20,0 s/ga oshganligi aniqlangan. Nafis navida hosildorlik 21,5-42,5 s/gani tashkil qilgan bo’lib, oltingugurt evaziga hosildorlik 17,3-17,9 s/ga, marganes evaziga esa 16,7-21,0 s/ga oshganligi aniqlangan. Mikroo‘g‘itlarning maqbul me’yorlari va qo‘llash muddatlari aniqlangan.
Yakuniy hisobot talab darajasida tayyorlangan. Asosiy qismi 30 bet, bunda 18 ta jadval, 18 ta rasm, foydalangan adabiyotlar soni 48 ta va tajribada bajarilgan ishlar tasviri hamda ilovalar bilan umumiy hajmi 67 betni tashkil qilgan.
Ammo hisobotda bir qancha kamchliklar bor:
1. hisobotning “Kirish” qismida soya o‘simligining hozirgi kunda dunyoda umumiy ekilayotgan maydoni, olinayotgan yalpi hosil va Respublikamizda yetishtirish holati keltirib o‘tilganda yaxshi bo‘lar edi;
2. hisobotning 2.1.1-jadvalida tajriba dalasining tuprog‘ining dastlabki agrokimyoviy xossalari keltirilgan bo‘lib tajriba dalasining ozuqa unsurlari bian ta‘minlanganlik darajasi matnda keltirilmagan;
3. hisobotning 2.2.1-jadvalida tajriba tizimi keltirilgan bo‘lib, tizimda variantlarni joylashtirishda har bir me‘yor qo‘llanilgan variant alohida joylashtirilishi kerak edi. Shunda tajriba variantlari 16 tani tashkil etganligini bir ko‘rishda tushunish mumkin bo‘lardi;
4. hisobotning 3.4.2-jadvalida soya navlarining barg yuzasining shakllanishiga mikroo‘g‘itlarning ta‘siriga oid ma‘lumotlar keltirilgan bo‘lib, olingan ma‘lumotlar sm/tupda keltirilgan. 1 gektar maydondagi umumiy barg yuzasi ham keltirib o’tilganda yaxshi bo‘lar edi;
5. hisobotda soya navlarining quruq massa to‘planishiga mikroelementlarning ta‘siriga oid ma‘lumotlar ham keltirilganda hisobotning mohiyati yana ham ortgan bo‘lar edi;
6. hisobot yilida tadqiqot mavzusi bo‘yicha 6 ta ilmiy maqola va tezislar chop ettirilgan bo‘lib, hisobotning ilova qismida ularning ro‘yxati keltirilsa yaxshi bo‘lar edi;
7. hisobot bosmadan chiqqandan so‘ng yaxshilab tekshirib chiqilmaganligi sababli ba’zi orfografik xatolar uchraydi.
Ushbu hisobotda uning olingan muhim natijalar, ilmiy va amaliy ahamiyati bayon etilgan. Olingan natijalar bo‘yicha maqolalar, tezislar chop etilgan. Hisobot talablarga javob beradi va uni tasdiqlashga tavsiya etiladi.
ToshDAU, “O‘simlikshunoslik va
moyli ekinlar” kafedrasi professori A.A.Iminov
Do'stlaringiz bilan baham: |