Ijtimoiy guruh - individlar majmui;
Ijtimoiy jarayon –ijtimoiy o’zgarishlar, inson xatti-harakati holatining majmui;
Ijtimoiy munosabatlar – individlar, ijtimoiy guruhlararo vujudga keladigan munosabatlar;
Sotsiologik usul – jamiyat va ijtimoiy munosabatlarni o’rganish vositasi.
1. Sotsiologiya fanining predmeti, ob’ekti, tarkibi, tuzilishi.
Sotsiologiya - lotincha “sotsiatos” - jamiyat va yunoncha “logos” - ta’limot, tushuncha so’zlarining birligidan tashkil topgan bo’lib, jamiyatning dinamik rivojlanishi haqidagi, aniqrog’i, jamiyat tarkibiga kiruvchi alohida institutlar, tizimlar, guruhlar va ular orasidagi ijtimoiy munosabatlar to’g’risidagi fandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |