Quyi darajadagi parametrlarni markazning aniq bilmasligida boshqarish. Ushbu vaziyat tartibga solinadigan muvozanatda tahlil qilingan vaziyatga qaramaqarshi turadi, ya’ni markaz hududlar, ularning muammolari va imkoniyatlari haqida aniq ma’lumotga ega emas.
Bunday sharoitda noma’lum parametrlar to’g’risida axborot almashuv imkoniyatlari katta ahamiyatga ega, chunki u markazning ham, hududlarning ham faoliyatini oshiradi. Ko’pincha, muvofiqlashtirilgan boshqaruv katta amaliy natija beradi, bunda markaz turli hududlardagi shart-sharoit haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtirib boradi. O’zbekistonda sust axborot infrastrukturasi sharoitida ushbu vaziyatni kontseptual o’rganish va mos keluvchi qaror qabul qilish mexanizmini ishlab chiqish juda ham muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |