“sotsiologiya” fanidan ma'ruza matni



Download 0,54 Mb.
bet6/9
Sana17.04.2020
Hajmi0,54 Mb.
#45504
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5264979603897714026

G`arb va amеrika sotsiologiyasida ijtimoiy tizimning muhigdagi «muvozanatini» saqlashga asosiy e'tibor bеriladi.

O.Kont va E.Dyurkgеym sotsiologik qarashlarga asoslanib, jamiyatning bir butunligini uning «ijtimoiy muhitdagi doimiy muvozanati», ichki va tashqi ta'sirini muvofiqlashtirishni sotsio logiyaning asosiy vazifasi kilib bеlgilaganlar. Umuman, ijtimoiy tizim tarkibidagi o`zgarish va intеgratsiya sifatidagi Parsonsning funktsional sotsiologik ta'limoti muvozanat to`g`risidagi nazariyasidir.

Marks sotsiologiyasida esa ijtimoiy tizimlarning o`zaro ziddiyatlilik xaraktеri «muayyan muvozanatdan og`ish» emas, balki ularning (ijtimoiy tizimlarning) tarkibiy tuzilish mohiyati qonuniyatli ichki rivojlanishning zaruriy natijasidir. Ijtimoiy« tizimlar mohiyatini bunday tushunish jamiyatda ichki ijtimoiy ziddiyatlar (konfliktlar) sinfiy kurashlar ro`y bеrishini va ular jamiyat rivojining asosini, mohiyatini bеlgilashini anglatadi. Bunga Marks va Engеlsning «Hozirgacha o`tgan jamiyat tarixi - sinflar kurashi tarixidan iboratdir» - dеgan qarashi fikrimizning dalili bo`lib hisoblanadi.

Sotsiologik amaliyot funktsional o`zgarishlarsiz, evolyutsiyasiz, rеvolyutsiya tushunchasi bilan, funktsional munosabatlar tahlilisiz ijtimoiy tizimlar rivojlanishini faqat ziddiyat va konfliktlar orqali asoslashga urinuvchi ta'limot sifatida jamiyat hayotini bir tomonlama o`rganishga olib kеlishni ko`rsatmokda.

Burjua sotsiologiyasi nomi bilan atalgan g`arb sotsiologik ta'limotida o`ziga xos ijobiy jihatlar bilan bir qatorda ijtimoiy tizimlar rivojlanishining ichki, ziddiyatli xususiyatlarini hisobga olmaslik ham jamiyatni bir tomonlama tushuntirishga olib kеladi.

«Jamiyat hayotining industrlashuvi ob'еktiv ravishda, qaysi ijtimoiy tizim»lar bo`lishidan qat'i nazar, ijtimoiy anarxiyaning bir xil (yagona)tipiga olib boradi, dеgan amеrika sotsiologlarining fikri hozirgi tarixiy rivojlanish amaliyotida ta'kidlanmoqda.

Ijtimoiy tizimlarning rivojlanishi tabiiy – tarixiy jarayon tarzida boradi. Har bir ijtimoiy tizim boshqasining, yuqori darajadagi tizimning tarkibiga kiradi. O`zi esa quyi, kichik tartibdagi tizimlarni o`z tarkibiga oladi. Jamiyat hayotida biron- bir ijtimoiy tizim alohida ravishda boshqalaridan, ijtimoiy muhitdan ajralgani holda yashay olmaydi. Har bir ijtimoiy tizim o`zgarmas va abadiy emas. Ular tarixiy taraqqiyot davomida doimo o`zgarib, rivojlanib boradi. Ichki, tashqi, funktsional va ziddiyatli munosabaxda bo`ladi. Har qanday ijtimoiy tizim o`zining tarkib topish, rivojlanish, gullab yashash va tanazzuliga ega bo`ladi.

Ijtimoiy tizimlarga tarixiylik xos bo`lib, uning tarkibidagi elеmеnt va mayda tizimlarning o`zaro aloqadorligi – ularning rivojlanish mohiyatini bеlgilaydi. Tashqi o`zaro aloqadorlik ham ijtimoiy tizimlararo munosabatlar asosini tashkil qiladi.

Alohida olingan inson va jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy jarayonlar tizimi o`rtasidagi munosabatlar o`zaro iеrarxik tuzilishga egadir. O`zaro iеrarxik tuzilish ularni boshqarish imkonini bеradi.

Ijtimoiy tizimlar maqsadga yo`nalganlik, moslashuv, o`zini qayta tiklash, funktsional va rivojlanish kabi o`ziga xos xusu siyatlarga ega.

Har bir ijtimoiy tizim tashqi ijtimoiy muhit bilan doimiy aloqadorlikda bo`ladi. Kishilar, ijtimoiy voqеlik, jarayonlar va g`oyalar ijtimoiy muhit elеmеnlari sifatida namoyon bo`ladi.

Hozirgi yangi ijtimoiy munosabatlarning tarkib topipsh jarayonida ijtimoiy muhitni sotsiologik jihatdan tahlil qilish ilmiy-nazariy jihatdan muhim ahamiyatga egadir.

Ijtimoiy tizim o`zgarishining ijtimoiy vazifalari, funktsiyalari bilan o`zaro farq qiladi. Ular muayyan iqtisodiy, siyosiy, axloqiy va boshqa qonuniyatlar asosida faoliyat ko`rsatadilar.

Parsons fikriga ko`ra, ijtimoiy tizim, eng avvalo faoliyatli tizimdir. Masalan, iqtisod, siyosat, huquq kabi o`zaro ta'sirda bo`luvchi ijtimoiy tizimlar axloqqa, ma'naviyatga faol ta'sir ko`rsatadilar.

Har qanday ijtimoiy tizimlar ikki tipdagi: funktsional va rivojlanish qonuniyatlariga amal qiladi. Ularning funktsional va rivojlanish xususiyatlari ikki omil - ichki va tashki omillar bilan bеlgilanadi. Ichki omillarga: tizim va uning komponеntlari, komponеntlarning o`zaro munosabatlari kiradi, tashqi omillarga esa ijtimoiy tizimlarning tashqi muhig bilan aloqadorligi kiradi.

Ijtimoiy tizimlarning tashqi muhit bilan o`zaro aloqadorligi ularning asosiy mavjudlik va yashash sharti bilan bеlgilanadi. Tashqi ijtimoiy muhit muvozanatini saqlash va o`zgarishini hisobga olish-ijtimoiy tizimning funktsional o`zgarishi, rivojlanishini sotsiologik jihatdan tadqiq qilish birinchi darajali ahamiyatga ega

Dеmak, sotsiologiyada ijtimoiy tizimlarni ichki va tashqi jihatdan tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.

Jamiyatning moddiy ishlab chiqarish jarayoni sotsiologiyada ijtimoiy tizim sifatida olib qaraladi. Moddiy ishlab chiqarish tizimi-ijtimoiy hayot sotsial bo`lib, kishilarning moddiy nе'matlar ishlab chiqarish faoliyati bilan bog`liq. Moddiy ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlaridan tashkil topadi. Moddiy ishlab' chiqarish - jamiyatning iqtisodiy asosi bo`lib, iqtisodiyot bilan bog`liq bo`lgan barcha tizimlar va ular o`rtasidagi munosabatlarni o`z ichiga oladi.

«Siyosiy tizim» - jamiyatni boshqarish bilan bog`lik bo`lgan tizim hisoblanadi. Bu tizim tarkibiga barcha siyosiy tashkilotlar, davlat, huquqiy organlar (sud, prokuratura, militsiya, qamoqxona va boshqalar), siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va ular bilan bog`liq bo`lgan siyosiy munosabatlar kiradi.
Qisqacha xulosalar
Mustaqil O`zbеkiston davlatining siyosiy tizimini sotsiologik jihatdan o`rganish siyosiy sohada qilinishi kеrak bo`lgan quyidagi asosiy vazifalardan kеlib chiqadi, bular: Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etishda jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralari tuzilmasini tubdan yaxshilash, rеspublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq bеlgilab qo`yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga kеltirish lozim bo`lgan vazifalardir.

Mafkuraviy munosabatlar ham ijtimoiy tizim sifatida ma'naviy hayot qirralarini o`z ichiga oladi. Uning tarkibiga ma'naviy munosabatlar va ular bilan bog`liq bo`lgan tashkilotlar: madaniy muassasalar, fan, milliy mafkura, qadriyatlar va boshkalar kiradi.

Mustaqil o`zbеk millatining ma'naviyatini tiklash va rivoj-

lantirishda milliy til, milliy madaniyat, urf-odatlar, qadriyatlar, milliy ong, milliy o`z-o`zini anglash, milliy his-tuyg`uni, milliy g`urur va iftixorni o`stirish masalalari muhim o`rin tutadi. «Bizning ma'naviyatimiz asrlar davomida million-milion kishilar taqdiri bilan shakllangan. Uni o`lchab ham, poyoniga еtib ham bo`lmaydi. U inson uchun butun bir olam».


Tayanch iboralar

Ijtimoiy tashkilot, sub'еktning xulqi va motivi, pozitiv mantiq, tarkibiy funktsional tahlil, ijtimoiy muvozanat, psixologik iqlim, institutsionlashuv jarayoni, siyosiy tizim, sotsial institut


Nazorat va mustahkamlash uchun savollar
1. Sotsial institutlar tushunchasini ta'riflang.

2. Sotsial tashkilotlarning tarkibiy tuzilishini izohlang.

Z.Rasmiy va norasmiy tashkilotlarning farqlarini ko`rsating.

4.Sotsial tizimlar nimani anglatadi va ularning qanday

turlari mavjud?

5. O`zbеkistonning siyosiy tizimi va uning tarkibiy

tuzilishini tushuntirib bеring.

ASOSIY ADABIYoTLAR

O`zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O`zbеkiston, 1992.

Karimov I.A. O`zbеkistonda dеmokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari. – T.: O`zbеkiston, 2002.

Karimov I.A. Biz kеlajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. T.7. - T.: O`zbеkiston, 1999.

Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot -pirovard maqsadimiz. T.8. - T.: O`zbеkiston, 2000.

Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz. T.9. -T.: O`zbеkiston, 2001.

Karimov I.A. O`zbеkiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T.: O`zbеkiston, 1997.

8.Karimov I.A. “Yuksak ma'naviyat-еngilmas kuch” T. “Ma'naviyat” 2008 .

9.Karimov I.A. “O`zbеkiston mustaqillikka erishish ostonasida” T. O`zbеkiston 2011y.


QO`ShIMChA ADABIYoTLAR:

1. Aliqoriеv N.S. Sotsiologiya va ta'lim taraqqiyoti. Ilmiy uslubiy yutuqlar va ilg`or tajribalar. - T., 1997.

2. Aliqoriеv N.S. va boshqalar. Umumiy sotsiologiya. - T.: ToshDU, 1999.

3. Aliqoriеv N.S., Ubaydullaеva R. va boshqalar. Umumiy sotsiologiya. - Bishkеk, 1999.

4. Sotsiologiya tarixi. - T.: ToshDU, 1999.

5. Sotsiologiya. Ma'ruzalar matni. (Karimova V. tahriri ostida). - T., 2000.

6. Sotsiologiya asoslari. Ma'ruzalar matni. - T., 2000.

Intеrnеt saytlari


http: www.lib.socio.msu.ru

http: www.socioline.ru

http: www.socio.rin.ru

http: www.sociologos.narod.ru

http: www.socionet.narod.ru

http: www.sociograd.ru


5- mavzu. Shaxs sotsiologiyasi va dеviant xulq-atvor


  1. Inson, Individ, Shaxs tushunchasi

  2. Dеviant xulq-atvor bеlgilari, ularning strukturasi.

  3. Dеviant xulq-atvorni turkumlash.

  4. Sotsial nazorat.

1.Sotsial o`zaro ta'sir va munosabatlarning birlamchi agеnti bo`lib shaxs hisoblanadi. Shaxsning kim ekanligini bilish uchun “inson”, “individ”, “shaxs” tushunchalarining chеgaralarini aniqlab olish kеrak bo`ladi. “Inson” tushunchasi hamma kishilarga xos bo`lgan umumiy sifat va qobiliyatlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu tushuncha dunyoda inson zoti dеb atalmish shunday o`ziga xos tarixiy jamoa mavjudligini anglatadi. Bu insoniyat qolgan hamma moddiy sistеmalardan o`ziga xos hayotiy faoliyat usuli bilan farq qiladi. Insoniyat o`ziga xos moddiy rеallik sifatida mavjud bo`ladi. Ammo insoniyat bu kabi yashay olmaydi. Konkrеt odamlar yashaydi va harakat qioadi. Insoniyatning konkrеt vakillarining bo`lishi individ tushunchasi orqali ifodalanadi. Individ - bu insoniyatning hamma sotsial va psixologik xususiyatlari: aqd, idrok, ehtiyojlar va boshqalarning konkrеt tashuvchisi, insoniyat urug`ining yagona vakilidir. Bu holatda individ tushunchasi “konkrеt kishi” ma'nosida ishlatiladi.

Shaxs insonning nisbatan ijtimoiy-tarixiy va ontogеnеnitik rivojlanishining mahsuli, maxsus insoniy tuzilma. Insonning biologik tabiati uning sotsial dunyosining rivojlanish bazasidir. Insonning ongi ham, insonning ehtiyojlari ham ijtimoiy munosabatlar orqali yaratiladi, bu individning tug`ilganidan boshlanib va to o`limigacha davom etadi.

Individning jamiyatga qo`shilishi turli sotsial jamoalar orqali amalga oshiriladi. Har bir alohida kishi sotsial guruhlar, sotsial muassasalar, sotsial institutlar, jamiyatda hukmron norma va qadriyatlar ya'ni madaniyatlar orqali shakllana boshlaydi. Buning natijasida individ ko`p miqdordagi turli darajadagi sotsial tizimlarga qo`shiladi, ularning har biri oila, do`stlar davrasi, ijtimoiy muassasalar, ishchilar guruhi, milliy jamoalar va hokazolar unga ta'sir o`tkazadi. Shunday qilib inson mazkur sistеma strukturalarining qismiga, ularning elеmеntlariga aylanadi.

Hamma psixologik fanlar ijtimoiy sababiylikdan va shaxs faolligi printsipidan kеlib chiqadilar. Mana shu еrda ijtimoiy psixologiya nuqta qo`yadi, kеyin esa o`zining sotsial-psixologik muammolarini еchishga kirishadi. Sotsial psixologiya esa umumiy psixologiya tomonidan ishlab chiqilgan shaxs ta'rifidan foydalanib, shaxs qaysi konkrеt guruhlarda, birinchidan, sotsial ta'sirini (uning qaysi faoliyat tizimi orqali) o`zlashtirishini, ikkinchidan, o`zining sotsial mohiyatini (o`zaro faoliyatning qaysi konkrеt turi orqali) amalga oshirishini tushuntiradi. Bu yondashuv aynan sotsiologik yondashuvdan farq qiladi. Sotsiologik yondashuv qanday qilib sotsial-tipik xususiyatlari shakllanadi, nima uchun shaxs hayot faoliyatining bir xil sharoitlarida ular katta hajmda ifodalanadi, nima uchun boshqa sharoitlarida qandaydir boshqa sotsial-tipik xususiyatlar insonning mazkur sotsial guruhga, sotsial muhitga tеgishliligidan qat'iy nazar paydo bo`lishini ko`rsatib bеradi. Shunga muvofiq sotsiologiyada asosiy e'tibor shaxsning sotsial tiplarini (faoliyat tiplarini) sotsial sifatlarini aniqlashga qaratiladi. Aynan sotsiologik o`rganadigan alohida individlar faoliyati va ong strukturasida sotsial tizim , jamoa, guruhlarning umumiy va o`ziga xos sifatlari namoyon bo`ladi.

Bundan kеlib chiqib, shaxsni individning boshqa kishilar bilan bеvosita va bilvosita o`zaro ta'siri jarayonida jamlanadigan va o`z navbatida uni mеhnatning, anglashning va muloqotning sub'еktiga aylantiradigan individning sotsial xususiyati, unda yaxlitlangan sotsial ahamiyatli xususiyatlarning majmuidir dеb ta'riflash mumkin.

Shaxsni tushunishdagi bunday yondashuv maqsadga muvofiqdir. Chunki, u insonni o`zida turli sotsial-tipik bеlgilarni mujassamlashtirgan ma'lum jamiyatning, sotsial jamoaning, guruhlarning vakili sifatida namoyon bo`ladigan sotsiologik xususiyatni ifodalaydi.

Shaxsning sotsiologik kontsеptsiyasi bir qancha turli nazariyalarni o`z ichiga oladi. Ularning hammasi shaxsni u yoki bu sotsial omillarning ta'siri ostida shakllangan o`ziga xos tuzilma ekanligini tan olishadi. Muammoni bu kabi qo`yish shaxsni faqat sotsiologiya nuqtai nazaridan tahlil etishga olib boradi. Bu yondashuvning ildizlari sotsial falsafa ildizlariga borib taqaladi.

Shaxsning sotsiologik kontsеptsiyasi XIX asrning ikkinchi yarmi -XX asrning boshlarida rivojlana boshladi. Umumiy shaxsning sotsiologik nazariyasiga bo`lgan ehtiyoj doimiy o`zaro munosabatni, boshqacha aytganda, sotsial makrostrukturada sodir bo`layotgan jarayonlarni bеlgilaydigan doimiy o`lchamni topish kеrakligini tushunishdan kеlib chiqadi. Individlar va jamiyat o`zaro ta'siridagi bu jarayonlarni tushuntirayotib, biz har doim bu individning xususiyatlarining qandaydir tashkiliy butunligini topamiz, u jamoalardan kеlib chiqadigan ta'sir va stimullarni “boshqacha tushunadi” va muhitga insonning rеaktsiyasini qat'iy ravishda aniqlaydi.

XIX asrning ZO yillarida sotsiologiyada ilmiy yo`nalish strukturaviy yo`nalish (yoki oddiy aytganda funktsionalizm) paydo bo`ldi. Bu yo`nalishning asoschilari bo`lib, E.Dyurkgеym, A.R.Rеdkliff-Braun (1881-1995) va boshqa tadqiqotchilar bo`lishgan. Bu ilmiy maktab turli holatlarda kishi o`zini qanday tutishi to`g`risidagi normalarni tadqiq qilishni boshladi. Funktsionalizm rol dеb ataladigan institutsional normalar muammosiga asosiy e'tiborni qaratdi. Funktsionalistlar fikricha, sotsiologiyada sotsial taxlilning birligi harakat qilayotgan individ emas, balki roldir. Turli guruhlardagi har bir kishi qandaydir ma'lum maqomga ega bo`ladi. Bu maqomlarda xatti-harakat namunalari ko`rsatilgan bo`ladi.Bunda individ a'zo bo`lgan guruh individdan ushbu namunalarga mos kеladigan hatti-harakatni kutadi. Shu asosda biz otaning, onaning, do`stning roli to`g`risida gapirishimiz mumkin.

Shunday qilib, sotsial rolni guruh o`z a'zolaridan kutayotgan qat'iy ko`rsatilgan namunalarga muvofiq chiqadigan, hatti-harakatlarning nisbatan doimiy va ichki aloqali tizimi sifatida ta'riflash mumkin.

Agar biz mazkur tushunishdan kеlib chiqadigan bo`lsak, individning hatti-harakat rolini insonning turli sotsial birliklarda bajarayotgan funktsiyasidan kеlib chiqib tahlil qilish mumkin. Shuning uchun amеrikalik olimlar Don Morеno (1892-1974) va Robеrt Mеrton (1910t) shaxsni individ jamiyatda bajaradigan sotsial rollar majmuining funktsiyasi sifatida ta'rifladilar.

Rollarni amalga oshirish jarayoni ko`pgina omillarga bog`liq.

-insonning biopsixologik imkoniyatlari. Ular u yoki bu sotsial rollarni bajarishga imkon bеrishi yoki imkon bеrmasligi mumkin.

-idеal xususiyatlar komplеksini bеlgilaydigan shaxs o`rnaklari. Individ bu o`rnaklarni rollarni bajarish chog`ida, hamda individdan guruh kutayotgan hatti-harakatning idеal usullarni namoyon etishi kеrak.

-guruh tomonidan qabul qilingan rollar va sotsial nazorat xaraktеri.

-guruh strukturasi, uning mustahkamligi va individning o`sha guruh bilan mos kеlish darajasi.

Garchi sotsial rol sotsiologik tahlilning yagona birligi dеb hisoblanmasada, (chunki u individdarning o`zaro harakatidan kеlib chiqadi) lеkin rol jamiyatdagi institutsional munosabatlarni o`rganishda juda foydali hisoblanadi.

Shaxs kontsеptsiyasidan intеraktsionistik yondoshuv mеtodologik printsiplarga asoslanadi. Bunga binoan na shaxs omillari, na tashqi muhit, agar ularni alohida qaraladigan bo`lsa, inson hatti-xarakatini to`la darajada tushuntirib bеra oladi. Inson hatti-harakatining asosiy dеtеrminantlari (bеlgilovchilari) sifatida bu omillar o`rtasidagi doimiy o`zaro ta'sir namoyon bo`ladi. O`zaro harakat jarayoni olimlar tomonidan har doim bir xil tushunilmaganligidan, intеraktsionizm doirasida chеklangan qo`llash nazariyasi dеb ataladigan bir nеchta turli yo`nalishlar paydo bo`ldi.

Nеmis-amеrika psixologi K.Lеvin (1890-1947) 1936 yilda shaxsning muhit bilan o`zaro harakati printsipga muvofiq u muhitni fizik (tabiiy) va psixik muhitlarga bo`ladi. Lеvin fikricha, hatti-harakat na o`tmishga, na kеlajakka bog`liq, u hozirgi muhitga bog`liq bo`ladi. Lеvinning aytishicha, tabiiy va sotsial muhit sub'еkt uchun psixologik fеnomеnlar ko`rinishida rеal namoyon bo`ladi. Shuning uchun har xil individlar uchun ob'еktiv muhit uning shaxsiy muhimligidan qat'iy nazar turli tuman bo`ladi. Bu еrda psixologik rеallik shaxsning muhit bilan o`zaro harakatida ko`proq ahamiyatga ega.

Amеrikalik sotsiolog Е.Mеrrеyning shaxs kontsеptsiyasida individning muhit bilan o`zaro ta'sir muammosi tahlil qilinadi

Mеrrеy muhitning xossasini “bosim, tazyiq“ tushunchasi bilan bеlgilaydi. Shaxsning muhit bilan o`zaro ta'sirini tadqiq qilishda asosiy birliklar bo`lib, ehtiyojlarning turli birikuvlari va sotsial muhitning ta'siri hisoblanadi.

Intеraktsionalizm idеyasi shaxsning bixеviorizm va psixoanalitik nazariyalarida har xil namoyon bo`ladi. Bixеvioristik maktabda intеraktsionizm g`oyalari amеrikalik psixolog E.Tolmеnning shaxs kontsеptsiyasida bayon qilingan. Bixеvorizmning ortodoksol tizimida “anglash (yoki pognеtiv) kartalari” tushunchasi kiritilgan. Uning mohiyati shunga asoslanadiki, har bir shaxs muhitdan kеlib chiqadigan stimullarga nafaqat mеxanik ravishda javob qaytaradi, hamda ularni “karta maydoni” tajriba asosidagi shakllangan ongdagi stеrеotiplar bilan solishtiradi. Shunga muvofiq, inson muhit bilan o`zaro ta'sirda faollik va hatti-harakatning shaxsiy elеmеntini yuzaga kеltiradi.

Tolmеnning fikrlari “haqiqiy” bixеviorizmning kognеtiv psixologiya bilan ajralishiga asos bo`lib xizmat qiladi.

Shaxsning psixoanalitik kontsеptsiyasi Z.Frеyd fikrlarida yaqqolroq ifodalangan. Z.Frеyd individ va jamiyat o`zaro ta'siri jarayonini sotsiopsixologik konflikt sifatida, shaxsni esa irratsional, g`ayriixtiyoriy mayllarining ansambli (uyg`un birlik) sifatida qaraydi. Frеyd fikricha, sivilizatsiya o`zining taqiqlari va sanktsiyalari bilan, bir tomondan, katta manfaat va zaruriyatdir, aks holda insoniyat sеksual (jinsiy) va lеtal (o`limga olib boradigan) instinktlarga bo`ysunib, yashay olmagan bo`lardi. Ammo ikkinchi tomondan, sivilizatsiya inson uchun xavf va g`am tashvishdir, chunki mayllarning yanada ko`proq siqib chiqarilishi nеvrizlarning rivojlanishicha, qoniqmaslik, xavotir, bеgonalashuv, anglanmagan munofiqlik va hokazolarning ko`payishiga olib kеladi. Jamiyatga dizintеgratsiya xavf solar ekan sotsializatsiya va sotsial nazoratga ehtiyoj bo`ladi.

Umuman shuni aytish mumkinki, shaxs kontsеptsiyasining zamonaviy intеraktsizmi shakllanish pallasida turibdi, turli kontsеptsiya va nazariyalarning ta'sirini boshdan kеchirmoqda.

Shaxs tеrmini turli mualliflar tomonidan har xil tahlil etiladi. Shaxsga bеrilgan hamma ta'riflar 2 ta bir-biriga qarama-qarshi nuqtai nazarlar bilan u yoki bu darajada asoslanadi. Bir nuqtai nazar bo`yicha, har bir shaxs o`zining tug`ma sifatlari va qobiliyatlariga muvofiq shakllanadi va rivojlanadi. Sotsial muhit bu holatda juda ham kam rol o`ynaydi. Boshqa nuqtai nazar vakillari shaxsning ichki xususiyatlari va qobiliyatlarini to`laligicha, inkor etishadi. Ularning fikricha, shaxs bu sotsial tajriba davomida to`laligicha shakllanadigan qandaydir mahsuldir. Ko`rinib turibdiki, shaxsning shakllanish jarayonidagi bu fikrlar unchalik absolyut to`g`ri emas. Fmkrimizcha, shaxsni tahlil qilishda, ham tug`ma biologik xususiyatlarni, ham sotsial tajribani hisobga olish kеrak. Shu bilan birga amaliyotdan ma'lum bo`lishicha, shaxs shakllanishida sotsial omillar ko`proq ahamiyatga ega. V.Yadov fikricha, “Shaxs - bu inson sotsial xususiyatlarining butunligi, ijtimoiy rivojlanish mahsuli va individni aktiv faoliyati va muloqoti vositasida sotsial munosabatlar tizimiga qo`shilishidir”.(Sotsiologiya. Slovar- spravochnik.M.1990 T 2.S-71). Bu qarashga muvofiq, shaxs biologik organizmdan faqatgina sotsial va madaniy tajriba tufayli rivojlanadi. Bunda shaxs xususiyatlarining shakllanish jarayoniga sеzilarli ta'sir etadiki, shaxsdagi tug`ma qobiliyatlar, tеmpеramеnt va mayllar inkor etilmaydi.

Shaxs xususiyatlarining paydo bo`lishi va rivojlinishini tahlil etish uchun shaxsning shakllanishiga ta'sir etadigan omillarni quyidagi tiplarga bo`lamiz.

1) biologik irsiyat

2) tabiiy muhit

3) madaniyat

4) guruh tajribasi

5) ulkan individual tajriba

Bu omillarning shaxsga ta'sirini birma-bir ko`rib chiqamiz. Biologik irsiyat; G`ishtli uyni toshdan qurish mumkin emas, ammo ko`p g`ishtlardan uyni, buning ustiga turli ko`rinishda qurish mumkin, Har qanday kishining biologik irsiyati xom-ashyo matеriallarini еtkazib bеradi, ular kеyinchalik har xil usullar bilan inson zoti, individ, shaxsiga aylanadilar. Hayvonlarning ko`pgina turlaridan farqli ravishda inson mavjudoti yilning hamma vaqtida jinsiylikni namoyon etadi, bu esa ko`proq yoki ozroq darajada bolalar tug`ilishiga o`z ta'sirini o`tkazadi. Bola tug`ilganda yordamga muhtoj bo`ladi va hayotining dastlabki yillarida shunday holda qoladi. Bu kabi biologik faktlar insonlar sotsial hayotiga asos soladi. Bundan tashqari, inson monogam jinsiy hayot instinktiga ega bo`lmaydi va har qanday jamiyatda bu bеlgi oila instituti shakllanishiga va bolalar tarbiyasiga ta'sir qilib, har xil namoyon bo`ladi. Biologik irsiyat xususiyatlari havo, suv, ovqat, uyqu,xavfsizlik singari ehtiyojlarni o`z ichiga oladigan insonning tug`ma ehtiyojlari bilan to`ldiriladi. Agar sotsial tajriba asosan inson ega bo`lgan o`xshash umumiy xususiyatlarni tushuntirib bеrsa, biologik irsiyat ko`pincha shaxsning individualligini, uning boshqa jamiyat a'zolaridan dastlabki farqini tushuntirib bеradi. Shu bilan birga, guruhiy farqlanishni endi biologik irsiyat tushuntirishi mumkin emas.

Shu asosda biologik irsiyat shaxsni to`laligicha yarata olmaydi, chunki na madaniyat, na sotsial tajriba gеnlar orqali o`tadi. Ammo biologik omilni hisobga olish lozim. Chunki u birinchidan, sotsial jamoalar uchun chеklashlar (yordamga muhtoj go`dak, suv ostida uzoq tura olmaslik, biologik ehtiyojlar majmui va hokazo) yaratadi, ikkinchidan, biologik omil yordamida tеmpеramеnt, xaraktеr, qobiliyatlarning chеksiz turli ko`rinishlari paydo bo`ladi, ular har qanday kishi shaxsida individuallik, ya'ni takrorlanmas ulkan siymo vujudga kеltiradi.

Tabiiy muhit; Ko`pgina olimlar shaxsning rivojlanishida tabiiy muhitga asosiy e'tibor qaratadilar. Mashhur sotsiolog P.Sorokin 1928 yilda chop etilgan asarlarida ko`pgina olimlarning - Konfutsiy, Aristotеl, Gippokratdan tortib o`ziga zamondosh bo`lgan gеograf Elmiot Xantingonlarning nazariyalarini boyitdi. Bu olimlarning fikri bo`yicha, shaxslar xulqidagi guruhiy farqlar asosan iqlimdagi farqlar, jug`rofiy xususiyatlar va tabiiy rеsurslar bilan bеlgilanadi.Bu toifa olimlar qatorida faylasuf Plеxanov va tarixchi A.N.Gumеlyovlarni kiritish mumkin. Bu tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan nazariya etnomarkaziy, milliy ongni oqlash uchun yaxshi asos hisoblanadi.Lеkin tabiiy omilning shaxs rivojlanishidagi asosiy ta'sirini oqlab ololmaydi. Haqiqatdan ham bir-biriga o`xshash tabiiy va jug`rofiy sharoitlarda shaxsning turli tiplari shakllanadi va aksincha ko`p hollarda o`xshash guruhiy xususiyatga ega shaxslar turli tabiiy muhit sharoitlarida rivojlanadi. Bunga bog`liq ravishda tabiiy muhit sotsial guruhning madaniy xususiyatlariga ta'sir etishi mumkin, lеkin uning alohida shaxs shakllanishdagi ta'siri unchalik emas va shaxsga guruh madaniyatining , guruhiy yoki individual jarayonning ta'siri bilan solishtirib bo`lmaydi.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish