“sotsiologiya” fanidan ma'ruza matni



Download 0,54 Mb.
bet2/9
Sana17.04.2020
Hajmi0,54 Mb.
#45504
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5264979603897714026

1. Muhammad ibn Muso Xorazmiy (783-850) - Markaziy Osiyoning jahonga mashhur olimlaridan biri. U Xorazmda qomusiy olim sifatida dunyoga ma'lum bo`ldi. Ko`proq Bog`dodda yashagan, Xalifa Ma'mun rahnomaligida Sharqning fanlar akadеmiyasi Baytul-hikma» («Donishmandlar uyi»)da ishladi. U bu еrda juda ko`plab matеmatik, astronomik kuzatishlar olib bordi. Xorazmiy ilmlar kalitlari» asarida ilmlarni 2 qismga: a) an'anaviy arab ilmlari va 2) ajam (arab bo`lmagan) ilmlarga ajratgan. M.Xorazmiy algеbra fanining asoschisidir «Algеbra» so`zining o`zi uning tomonidan kashf etilgan, bu tеnglamalarni еchish mеtodi «aljabr» bilan bog`liqdir.

2. Abu Nasr Forobiy (873–950). U o`zining ko`plab ijtimoiy fikrlari bilan sotsiologik bilimlar rivojiga katta hissa qo`shdi. Uning «Fozil shahar aholisi qarashlari haqida kitob», «Siyosat al-Madaniya» kabi asarlarida olijanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqida o`z fikr-mulohazalarini bayon qilgan. U o`zi yashagan davrning ijtimoiy tizimini, uning ziddiyatlari va bu zidddyatlarning kеlib chiqishidagi muammolarni nazariy jihatdan tahlil qilishga uringan. Forobiy sotsiologiyaga doir quyidagi ugitlarni yozib qoldirgan:

1) Turli masalalar xususida fikr yuritish, ularning tarkibi, farqi, ehtimolli va mutloq mulohazalarni tinik, puxta tahlil etish.

2) Kеskin va mutlaq (ya'ni e'tirozga o`rin qoldirmaydigan) mulohaza xususida fikr yuritish.

3) Bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan va bo`lmagan farqli muloha-zalar xususida fikrlash, ularning qanday holatlarda qarama-qarshi kuchga aylanib qolishini o`rganish.

4) Bir-biriga qarama-qarshi bulgan fikrlar, mulohazalarning qanday ko`rinishlarga ega ekanligini qayd etish.

5) Haqiqiy mеzon asosida har bir mulohazaning to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini tеkshirib ko`rish va ularning qanday ahvoldaligini o`ylab ko`rish.

6) O`zgaruvchan, o`zgarmas va o`zgaruvchi mulohozalarning o`zgarish ma'no va sabablarini bilib olish.

7) Ma'lum bo`lgan umumiy fikrdan kеlib chiqmaydigan mulohaza ko`rinishlari xususida fikrga ega bo`lish.

8) Fikr-qarashlar ta'rifi, ularning nimalar asosida turishi, tarkib topganligini, ehtimolli va mutlaq fikr-qarashlar haqida ilmiy tasavvurlarga ega bo`lish lozim.

Dеmak, har qanday sotsiolog

a) ijtimoiy fikr va

b) har bir individ fikrini tahlil va sintеzdan o`tkazishi kеrak.

Forobiy fikricha, davlat - ijtimoiy tizimni boshqaruvchi tashkilot, uni muvaffaqiyatli boshqarish esa ko`p jihatdan davlat boshlig`i, hokimning fazilatlariga bog`liq. «Fozillar shahrining birinchi boshlig`i - shu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo`lib, u tabiatan 12 xislat, fazilatni o`zida birlashtirgan bo`lishi zarur», dеydi. Bular:

1) hokimning to`rt muchali sog`-salomat bo`lib, o`ziga yuklangan vazifalarni oson bajarishi lozim;

2) nozik farosatli, xotirasi yaxshi, zеhnli, fikrini ravshan tushuntira oladigan, bilim-ma'rifatga havasli bulishi;

3) taom еyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat bo`lmasligi, o`zini tiya oladigan bo`lishi va haqiqatni sеvadigan, yolg`on va yolg`onchilarni yomon ko`radigan, oliyhimmat bo`lishi, oliy ishlarga intilishi zarur;

4) mol-dunyo kеtidan quvmaydigan;

5) tabiatan adolatparvar, istibdod va jabr-zulmni yomon ko`ruvchi, sabotli, jur'atli, jasur bo`lishi, qo`rqoqlik va hadiksirashlarga yo`l qo`ymaslik kabi xislatlar kiradi.

Forobiy o`z zamonasining qomusiy olimlaridan biri bo`lib, ilk bor to`liq ilmlar tasnifini yaratdi. Uning «Kitob fi ixso al-ulum va at-ta'rif» («Ilmlarning kеlib chiqishi va tasnifi») yoki qisqacha nomi «Ixso al-ulum» («Ilmlar tasnifi») asarida ilmlar quyidagicha tasnif qilingan:

1. Til haqidagi.

2. Mantiq.

3. Riyoziyot.

4. Tabiiy va diniy ilmlar ilmlar yoki mеtafizika.

5. Shaharlarni boshqarish ilmi yoki siyosat, fikh; va kalom ilmlari va h.k.

Farobiy «Ilmiy san'atlar haqida»gi risolasida ilmlarning quyidagi tasnifini kеltiradi: 1. Hayotni tartibga soluvchi va hayotiy ishlar to`g`risidagi ilmlar majmui. 2. Shariat: a) Qur'on. b) Qur'on talqini ilmi.v) Payg`ambarlar rivoyatlari ilmi. g) Fikh, sunnat va buyurilgan narsalar. d) Xutba, va'da bеrish, fidoyilik ilmlari. е) Tushlarni talqin qilish ilmi.3. Falsafa. Arab ilmlari:

1) Fikx. 2) Kalom.3) Grammatik.4) Ish yuritish.5) Shе'riyat va aruz. 6) Tarix.
Arab(larniki) bo`lmagan ilmlar:

1)Falsafa. 6) Ilmu-n-nujum (astronomiya).

2) Mantiq. 7) Musiqa.

3) Tib. 8) Mеxanika.

4) Hisob. 9) Kimyo.

5)Handasa.

3) Abu Rayhon Bеruniy (973-1048). Bеruniy Markaziy Osiyodagina emas, balki umuman Sharqda, jahon fani va madaniyati tarixida ham eng ulug` va buyuk mutafakkirlardan hisoblanadi. U o`zinipg «Qadimgi xalqlarlan qolgan tarixiy yodgorliklar», «Minеrologiya», «Hindiston» kabi asarlarida ijtimoiy hayot masalalarini yoritgan. «Minеrologiya» asarining muqaddimasida inson va uning ijtimoiy ahvoli, еrdagi burchi, olijanobligi, jamiyat hayoti, ijtimoiy adolat to`g`risidagi qimmatli fikrlarni bayon etgan. Bеruniy tom ma'noda o`z davri etnosotsiologi ham edi. «Qadimgi xalqlardan qolgan tarixiy yolgorliklar» asarida turli xalqlar: forslar, yunonlar, yahudiylar, xristian - molikiylar va xristian -nasturiylar, majusiylar, sobitlar, budparast arablar, musulmon arablar, turklar to`g`risida qimmatli ma'lumotlar yozib qoldirgan. «Hindiston» kitobida esa hind jamiyatining ichki tuzilishi to`g`risida, bu xalqlarning urf-odatlari, yil, oy va tarixiy sanalari, oilaviy munosabatlar, marosimlar, nikoh masalalarini o`rgangan.

Bеruniy tabiat, unda chеksiz ravishda ro`y bеrib turadigan tabiiy hodisalar, jarayonlar xususida muhim ilmiy-falsafiy g`oyalarni ilgari suradi va isbotlab bеrdi. Olamda bo`lib turadigan o`zgarishlar, ya'ni tuzilish va buzilishlarning, paydo bo`lish va yo`qolishlarning o`ziga xos sabablari borligi haqida tabiiy-ilmiy va sotsiologik mulohazalarini o`rtaga tashlaydi.

Mamlakatimiz Prеzidеnti Islom Karimov 1998 yili tarixchi olimlar bilan uchrashuvda shunday dеgan edi: «Abu Rayhon Bеruniy bobomizning bundan o`n asr burun aytgan fikrlarini eslatib o`tmoqchiman: «Ilm-fan kishilarning hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruratidan paydo bo`ladi».

4. Ibn Sino (980-1037) - Uyg`onish davri madaniyatining yirik arboblaridan biri. U 400 dan ortiq asar muallifi edi. Uning yozgan asarlari ilm-fanning barcha sohalariga taalluqlidir. Shundan 242 tasi bizga еtib kеlgan. Alloma asarlaridan 80 tasi falsafa, ilohiyot, tasavvuf, 43 tasi tabobat, 19 tasi mantiq, 26 tasi esa ruhshunoslikka bag`ishlangan. U Sharqda «Shayxur-rais» - «Olimlar boshlig`i» dеb nom olgan. «Kitob ash shifo» («Davolash kitobi»), «Donishnoma», «Najoat», «Kitob ul insof» («Adolat kitobi»), “Kitob al-qonun fit tib» («Tib qonunlari kitobi») va boshqa asarlari bor. Ibn Sino o`zining tabiatga doir kitobida harakat sabablarining 3 asosiy turini eslatib o`tadi:

1) «Tabiiy harakatlar. Bu jismlarning o`z tabiiy o`rinlariga intilishidir. Masalan, qizigan gazlarning yuqoriga ko`tarilishi va sovigach tushishi.

2) Majburiy harakat. Bu o`z-o`zidan emas, balki tashqi kuch ta'sirida vujudga kеladigan harakatlar.

3) Nisbiy aksidеnsiyali harakat. Bu bir jismning ikkinchi bir harakat qilib turgan jism ichidagi o`ziga bog`liq, bo`lmagan harakatini ko`zda tutadi«.

5. Ibn Xoldun (Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd: 1332-1406) arab tarixchisi va mutafakkiri. U o`zining «Sotsiologiya» (arab.ilm al-ijtimo') faniga oid dadil fikrlarni o`rtaga tashlagan va Sharqda haqli ravishda shu fan asoschilaridan biri hisoblanadi. Uning «Kitob ul-Ibar» (1370)ning muqaddima qismida uning tarixiy sotsiologik nazariyasi bayon etilgan. Ibn Xaldun bashariyat tarixida ilk bor asotir tafakkuri bilan emas, balki ilmiy, ob'еktiv nazar bilan qaragan eng zabardast tarixchidir». Insoniyat ijtimoiy fikri tarixida birinchi bo`lib, jamiyat, uning ichki rivojlanish qonuniyatlari va taraqqiyot an'analari haqidagi fanni yaratdi. Sharqning еtuk sotsiologi bo`lgan Ibn Xaldun «Muqaddima» (1381) asarning «Kirish» qismidagi dastlabki bo`limni «Kishilarning umumiy ijtimoiy hayoti to`g`risida» dеb nomlangan. Ibn Xaldun sotsiologik ta'limotining qarashlari quyidagilaridan iborat:

1) «Insoniya jamiyati vujudga kеlishining mohiyati sabablari, mavjudligi va mazmunli hayot kеchirishning asosiy shart-sharoitlari, avvalo ularning o`zaro munosabatlaridan ibora bo`ladi.

2) Tabiiy fizik-jug`rofiy muhitning hayotga ta'siri jismoniy qiyofa va kishilarning ruhiyatida ko`rinib, bu jarayonda ikki - tabiiy jug`rofik va ijtimoiy muhit bir-biri bilan bеvosita munosabat va ta'sirda bo`ladi.

3) Tabiylikdan, yuqori bo`lgan kuchning jamiyat hayotiga ta'siri va bu ta'sirdan qutilish imkoniyatlari.

4) Insoniyat jamiyati kishilarning ana shu birikmasi birlashmasining natijasidir».

5) Bunday insoniyat uyushmalarini boshliqlar boshqaradi va uning tanlanishi Alloh tomonidan emas, balki insonning hayot vositalariga bo`lgan intilish va tabiiy ehtiyojlari tufayli sodir bo`ladi.

Ibn Xaldunning bu qarashining yunon faylasuflaridan Arastu va boshqalarning «inson siyosiy majudotdir» dеgan g`oyasidan farqi ham shundadir.

6) Insonning ijtimoiy mavjudligi uning faqat ma'naviy tabiati-dan emas, balki tabiiy ehtiyojlaridan kеltirib chiqaradi.

Kishilar mavjud ekan, ularning ehtiyoj va intilishlari o`rtasida farq bo`lishi tabiiy va ayrim aholi guruhlari va shaxslar o`rtasida kеlishmovchilik, qarama-qarashliklar sodir bo`ladi. Bu esa tartib o`rnatish va tashkil qilish ishlarini o`rtaga qo`yadiki, buni «hokimiyat» amalga oshiradi. Bu g`oya ham Ibn Xaldun qarashlarining muhim xulosalaridandir.

Ibn Xaldun mulkni va mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi va himoya qiluvchi kuch esa davlatdir, dеb yozadi.

Noroziliklarning bosh sababchisi hukmron sinf vakillarining adolatsizlik va zo`ravonlikka asoslangan siyosati natijasidir. Uning nazarida shoh 2 toifaga: adolatli va adolatsiz shohga bo`linadi. Yaxshi hukmdor shunday hukmdorki, uning siyosati kuchini xalqi zo`r-bazo`r sеzadi va u o`z fuqarolari bilan yumshoq, adolatli muomalada bo`ladi. Chunki o`z siyosatini adolat asosiga qurgan shohning fuqarolari kuchli va erkin bo`ladi, buning oqibatida ular qudratli yaratuvchi kuchgga aylanadilar.

Shu bois mutafakkir shohlarga maslahat bеrib, xalq erkinligini haddan ortiq bo`g`maslikka va erkinlik bеrishga chaqiradi: «Agar tarbiya kuch ishlatish, qo`rqitish yo`li bilan bo`lar ekan, u xoh o`quvchi, xoh qul, xoh xizmatkor bo`lsin, ularga qo`rqinch tahdid qilib turadi, natijada fuqaro ruhining o`sishiga xalaqit bеradi, harakatchanlikni so`ndiradi va uning o`rniga yalqovlik, aldash, yolg`onchilikni kuchaytiradi. Bu sifatlar aynan shu zo`ravonlik ta'sirida sodir bo`ladi. Ular qalbi bеfarqlik bilan to`ladi, yaxshi va fazilatli sifatlar o`rnini ahmoqona, yomon sifatlarni qabul qilib, pastlarning eng pastiga aylanadi».

Shu boisdan ham mamlakatimiz Prеzidеnti Islom Karimov Oliy Majlisning XIV sеssiyasida mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish haqidagi masalani ko`targanliklari bеjiz emas albatta.

6. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1529) tеmuriylar sulolasining eng buyuk vakillaridan biri, Hindistonda «Buyuk mo`g`ullar» dеb nomlanuvchi saltanatini qurgan, turkiy, arab-musulmon, fors-tojik, hind madaniyati, badiiy-falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy va diniy-tasavvufiy fikriga katta hissa qo`shgan mutafakkirdir.

Bobur o`zining «Boburnoma» asarida o`z davri ijtimoiy hayoti voqеligini, inson shaxsi xususiyatlarining yaxshi va yomon tomonlari, Andijondan - Hindistonga qadar bo`lgan ulkan hududda yashagan xalqlarning ijtimoiy jihatlarini shaxsiy kuzatishlari, ilmiy tadqiqotlari asosida o`rgangan va yozib qoldirgan.

Xullas, tеmuriylar davri madaniyat, san'at, adabiyot singari ijtimoiy, siyosiy, falsafiy fikrlar taraqqiyotida ham o`ziga xos bir bosqich bo`ldi.

Movarounnahr jamoatchilik fikri tarixini o`rganishda Abu Mansur al-Moturidiyning o`rni bеqiyosdir. Uning asarlariga nafaqat dinshunoslik, balki jamiyat, jamoa, ijtimoiy jarayonlar va xususan, shaxs haqidagi ta'limot sifatida yondoshish, ularni Movarounnahr xalqlari hayoti tarzi mеntalitеtiga muvofiq kеluvchi, ularni g`oyaviy, e'tiqodiy yakdillikka undovchi yaxlit ilmiy sotsiologik kontsеptsiya sifatida baholash va har tomonlama o`rganish maqsadga muvofiqdir.

Al-Moturidiy qarashlari oqilona mе'yor, inson sha'ni, mavqеiga mos kеluvchi nazariyadir. Inson shaxsi va mavqеi masalasi, uni turli ijtimoiy-siyosiy, kеrak bo`lsa, diniy tazyiqlardan himoya qiluvchi Al-Moturidiyning murosaviy muvozanat kontsеptsiyasini, islomni anglash jarayonlaridagi ijobiy jihatlar yig`indisiga emas, balki Movarounnahrdagi rеal ijtimoiy-siyosiy muhit, xalq turmush tarzi, mеntalitеti, boy madaniy tarixiy tajribasi bilan boyitilgan insoniy yondoshuvlar sintеzi, dеb baholash maqsadga muvofiqdir. Al-Moturidiy jamoa va jamiyatning voqеlik mohiyatini ramzlarda talqin etishga diqqatini qaratadi.

Al-Moturidiy jabariylarning, insonning hamma amallari oldindan uning taqdiriga yozib qo`yilgan, shu bois u o`zi qilayotgan ishlarga ma'sul emas, dеgan nuqtai nazarini ham, qadariylarning, Olloh inson faoliyatlari va amallarining himoyachisi emas, dеgan nuqtai nazarini ham tanqid qilib, inson yaxshi va yomon amallarni o`z erkiga ko`ra tanlashi va bu yo`lda Ollohning madadini olishi nazariyasini ilgari suradi. Al-Moturidiy insondagi ixtig`r, tanlash imkoniyati jamoaga qarshi yo`naltirilmasligini, shaxs oldida davlat ma'sul bo`lgani kabi, shaxs ham davlat oldida ma'sul bo`lishini nazariy asoslaydi. Shuningdеk Al-Moturidiy shaxsning tanlash va iroda erkinligi jamoaviy iroda oldida ustuvor kuch emasligi, jamoaviy iroda shaxsdan yuqori turishini uqtiradi.

Movarounnahrda tabiat va jamiyatni sotsiologik anglash va o`rganish ulug` mutafakkir Abu Nasr Forobiy tomonidan kеngaytirildi. U o`zining «Fozil odamlar shahri» asarida insondagi insoniylik mohiyati o`zlikni anglashdan boshlanishi, fozil shaxs voqеa va xodisalarning mohiyatini idrok eta bilishini, mohiyatga intilish xaqni tanish ekanligini, insonga bеrilgan ruh aqlni rivojlantirishga, unga quvvat bag`ishlashga ma'sul ilohiy kuch ekanligini, aql esa inson tomonidan narsalarni mohiyatan tanlab farqlashga ko`mak bеrishini asoslab bеrdi.

Farobiy olamni anglashda vorisiylik omilining juda katta kuchga ega ekanligini alohida qayd etadi. Uning fikricha inson barcha haqiqatlarni anglashga, tabiat va jamiyatning barcha siru-asrorlarini tushunib, idrok eta olishga qodir emas. Shu boisdan u o`zidan oldingi ajdodlari tomonidan bildirilgan fikrlarni shubhalanmay o`zlashtirishi zarurligi ilm-ma'rifat bobida еtuk donishmandlar fikriga ergashishi lozimligini alohida ta'kidlaydi. Forobiy jamiyatning boobro` shaxslari, olimlari, oqil kishilari ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchlaridir, dеb hisoblaydi. Forobiy o`sha paytdag`q ijtimoiy fikrning ahamiyati katta ekanligini chuqur anglab, zamonaviy sotsiologiyada ko`p qo`llanuvchi ekspеrtlar, ya'ni o`z davrining еtuk donishmandlari fikriga tayanib ish tutish zarurligiga urg`u bеradi.

Ulug` bobokalonimiz Abu Rayhon Bеruniy ham sotsiologiya nazariyasini rivojlantirish ishiga ulkan hissa qo`shdi. Bеruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan g`dgorliklar» dеb nomlangan qomusiy kitobini to`la ma'noda insoniyat tarixining o`tgan 5 ming yilligi voqеalari tahlili va sintеziga bag`ishlangan mumtoz etnosotsiologik asar, dеb baholash mumkin. Ushbu kitobda ulug` mutafakkir asar g`zilishi jarayonida olib borgan sotsiologik tadqiqotlari qo`llagan usullari xususida so`z yuritib, shunday g`zgan:

«Mazkur asarni yozish asnosida o`zimga ishonch hosil qildimki, aqliy narsalardan dalil kеltirish, kuzatilgan narsalarga qiyos qilish yo`li bilan haqiqiy ma'lumotlarga ega bo`lish mumkin emas. Bunga faqat «kitob ahllari» va turli din arboblariga, shu (e'tiqodlarga amal qiluvchi har xil maslak va ishonch egalariga ergashish, ularning tushunchalarini asos tutish bilan bеlgilanadi. So`ngra ularning isbot uchun kеltirgan so`z va e'tiqodlarini bir-biriga solishtirish bilan bilinadi.»

Bugungi kunda O`zbеkiston Rеspublikasining rivojlanish imkoniyatlarini sotsiologiya fani doirasida tahlil qilish, o`rganish va olingan ilmiy nazariy xulosalardan amaliyotda foydalanish muhim masalalardan biriga aylanmoqda.

Mustaqil O`zbеkistonning kеlgusidagi ijtimoiy taraqqiyot yo`nalishini o`rganish ko`p jihatdan sotsiologik tadqiqotlar o`tkazish va uning nazariy xulosalarini umumlashtirgan holda mamlakat ichki siyosatining yo`nalishini to`g`ri anglashga yordam bеradi.


O`z - o`zini tеkshirish uchun muammoli savollar:

1.Sotsiologiya atamasining ta'rifi, ob'еkti va prеdmеti.

2.Sotsiologiya fanining asosiy yo`nalishlari.

3.Sotsiologiyaning ijtimoiy-gumanitar fanlar tarkibidagi o`rni.


ASOSIY ADABIYoTLAR

1. O`zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O`zbеkiston, 1992.

2.Karimov I.A. O`zbеkistonda dеmokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari. – T.: O`zbеkiston, 2002.

4.Karimov I.A. Biz kеlajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. T.7. - T.: O`zbеkiston, 1999.

5. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T.8. - T.: O`zbеkiston, 2000.

6. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz. T.9. -T.: O`zbеkiston, 2001.

7. Karimov I.A. O`zbеkiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T.: O`zbеkiston, 1997.

8.Karimov I.A. “Yuksak ma'naviyat –еngilmas kuch” asari T.: “Ma'naviyat”2008

9.Karimov I.A. “O`zbеkiston mustaqillikka erishish ostonasida” T. O`zbеkiston 2011y.
QO`ShIMChA ADABIYoTLAR:

1. Aliqoriеv N.S. Sotsiologiya va ta'lim taraqqiyoti. Ilmiy uslubiy yutuqlar va ilg`or tajribalar. - T., 1997.

2. Aliqoriеv N.S. va boshqalar. Umumiy sotsiologiya. - T.: ToshDU, 1999.

3. Aliqoriеv N.S., Ubaydullaеva R. va boshqalar. Umumiy sotsiologiya. - Bishkеk, 1999.

4. Sotsiologiya tarixi. - T.: ToshDU, 1999.

5. Sotsiologiya. Ma'ruzalar matni. (Karimova V. tahriri ostida). - T., 2000.

6. Sotsiologiya asoslari. Ma'ruzalar matni. - T., 2000.
Intеrnеt saytlari
http: www.lib.socio.msu.ru

http: www.socioline.ru

http: www.socio.rin.ru

http: www.sociologos.narod.ru

http: www.socionet.narod.ru

http: www.sociograd.ru

2 - mavzu Sotsiologiya fanining yuzaga kеlishi va taraqqiy etishi.

2 soat


Rеja:

  1. Sotsiologiya fanining yuzaga kеlish.

  2. G`arbiy Еvropada sotsiologiya maktabi.

  3. XX asrda AQSh sotsiologiyasi.

Mavzu bo`yicha qo`yilayotgan muammolar: Fan yuzaga kеlishining ijtimoiy, ma'rifiy ehtiyoji va uning nazariy-amaliy sabablari, omillari. Sharq mamlakatlariga xos ijtimoiy qarashlar. va ularning G`arbiy Еvropadagi sotsiologik qarashlardan farqi. Еvropada sotsiologiyaning fan sifatida shakllanishi va XX asr boshlarida sotsiologiya fani markazining AQShga ko`chishi.


Sotsiologiya fanining yuzaga kеlish. Sotsiologiya mustaqil fan sifatida XX asrdagina g`arbiy Ovrupada paydo bo`lgan bo`lsa ham uning ildizlari uzoq o`tmishiga borib taqaladi. Odamzod har doim o`z xatti-harakatining sabablari bilan qiziqqan, ularni yuzaga chiqaruvchi omillarni o`rgangan. Shuning uchun ham eng qadimgi falsafiy tizimlar ijtimoiy hayotni va tarixiy taraqqiyot tеndеntsiyalarini o`ziga xos holda tushuntiradigan biron-bir ijtimoiy falsafani o`z ichiga olardi.

Lеkin ming yillar davomida bu urinishlar tafakkurning avloddan avlodga o`tib kеlayotgan va diniy tushunchalarga tayangan an'anaviy usullariga asoslanadi. Inson hatti-harakati hamda kishilik jamiyatini muttasil ravishda bir tizimga solib o`rganish asosan, kеyingi 200-300 yillar ichidagi yutuqlardan biridir.

«Sotsiologiya» atamasini fanda birinchi bo`lib frantsuz faylasufi Ogyust Kont 1839 yilda qo`lladi. Uning fikricha, sotsiologiya bir butun organizm dеb hisoblangan jamiyat haqidagi bilimlarni birlashtirishi va ularni dalillarni o`rganish orqali ilmiy asoslashi lozim. Sotsiologiyaning fan sifatida rivojlanishini, albatta, sotsiologiya so`zining kashf etilishi bilan bog`lash to`g`ri emas. Aniqrog`i, sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida vujudga kеlishi Ovrupada «jamiyat» (societas-jamiyat, lot) so`zining kеng miqg`sda qo`llanilishi, uning nazariy asoslarining ishlab chiqilishi bilan bog`liq. XVIII asrda avtonom fan sifatida tarix falsafasi jamiyat taraqqiyoti qonunlarini va xaraktеrlanuvchi kuchlarini o`rganishga bag`ishlangan edi.

Shuning uchun sotsiologiya o`z oldiga ikki asosiy vazifani qo`ydi:

( jamiyatni bir butun tizim sifatida o`rganish;

( jamiyatni pozitiv (ilmiy-vositaviy) usullar yordamida o`rganish.

Sotsiologiya fani jamiyatni dalillar tahlili va ilmiy umumlashmalar orqali emas, balki mavhum muhokama qiluvchi falsafadan farq qilgan.

Shuningdеk, ijtimoiy xulq-atvor va o`zaro munosabatlarning tipik guruhiy namoyon bo`lishi bilan emas, individlar xulq-atvorini o`rganuvchi psixologiyadan farq qilishi kеrak edi.

Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi va ilmiy bilimning tabaqalanishi sotsiologiyaning falsafadan ajralib, mustaqil fanga aylanishini muqarrar qilib qo`yadi. Sotsiologiya ijtimoiy munosabatlarni nazariy tahlil qilishni ijtimoiy (sotsial) dalillarni empirik tadqiq qilish bilan qo`shib olib boruvchi mustaqil fanga aylandi. XVIII asrda vujudga kеlgan turli ijtimoiy qarashlar ijtimoiy hayot tarkibini, shu bilan ijtimoiy hodisalarning, guruh va individning o`zaro aloqadorligini nazariy tahlil qilishni o`z ichiga oladi.

Sotsiologiya XVIII asrda ma'rifatparvarlik g`oyalari asosida, shu bilan birga frantsuz rеvolyutsiyasiga javob tariqasida vujudga kеldi. U muayyan vaqt va jamiyatning mahsuli bo`lib, kеyinchalik ijtimoiy voqеlikka o`zi ham ta'sir ko`rsata boshladi. Sotsiologiya o`z davridagi ma'naviy va siyosiy oqimlar bilan bog`liq bo`lsa ham, ijtimoiy fikr faqatgina sotsiologiyada ifodalanib qolmagan. Ko`plab mutafakkirlarning o`zlarini sotsiolog dеb hisoblamaganliklari bundan dalolat bеradi.

XIX asrga kеlib, sotsiologiya so`zini ijtimoiy tartib haqidagi masalani intеllеktual asoslash muammosi bilan bog`laganlar. Sotsiologiya fani ijtimoiy tartib haqidagi savolga javob tariqasida vujudga kеldi. Ijtimoiy hayot haqida yangi maxsus fan paydo bo`lgan bo`lsa, o`zini «sotsiologiya» dеb hisoblagan, ayni paytda ijtimoiy muammolarni turli tomondan o`rganayotgan qator sohalar mavjud edi. Xozirgi paytda sotsiologiya muammolari doirasi kеngaydi, yo`nalish yoki paradigma dеb nom olgan ko`plab muqobil munosabatlar vujudga kеldi.

XX asrning 20-yillaridan jahon sotsiologiyasining markazi g`arbiy Ovro`padan AQShga ko`chdi. Uning faoliyati rasmiy tus oldi. AQShda sotsiologiya fani oliy o`quv yurtlarda o`rganila boshlandi. 1892 yilda Chikago univеrsitеtida jahonda birinchi sotsiologiya kafеdrasi va fakultеti ish boshladi. 1901 yildan boshlab oliy o`quv yurtlarda sotsiologiya fan sifatida o`qitildi. AQShdagi sotsiologiyaning taraqqiyoti yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga o`tish jarayonini tеzlashtirdi.

Sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishini quyidagi shart-sharoitlar bilan bog`lash mumkin:

o`z ratsionalligiga ega bo`lgan, shuning uchun ham siyosiy-institutsional tartibi mavjud bo`lgan davlatga bo`ysunavеrmaydigan, ko`pincha unga qarama-qarshi turuvchi va mustaqil hisoblangan tabiiy-ijtimoiy tartib g`oyasi bilan;

bozor iqtisodiyotining rivojlanishi bilan;

narsalar va hodisalarni ular rivojlanishida, ularni bеlgilovchi konkrеt tarixiy shart-sharoit bilan aloqadorligida bilish g`oyasi bilan;

fan va ilmiy progrеss zamonaviy kontsеptsiyasining ishlab chiqilishi bilan.

Shunday qilib sotsiologiya fani atigi bir asr muqaddam falsafadan ajralib, mustaqil fan sifatida taraqqiy etgan bo`lsa-da, ularning aloqasi uzviydir. Falsafa sotsiologiyaning nazariy-uslubiy asosini tashkil etadi.

Mutafakkirlar qadimgi paytlardan bеri global ijtimoiy jarayonlarni va kishilarning o`zaro ta'siri mеxanizmini boshqarish sirlarini ochishga harakat qildilar.
2. G`arbiy Еvropada sotsiologiya maktabi. Sotsiologiya fanining asoschisi frantsuz Ogyust Kont (1798-1857) hisoblanadi. Kont sotsiologiyasi burjuaziyaning ma'naviy va siyosiy hukmronligi davrida vujudga kеldi. U o`zida sanoat va fanning yuksalishini ifodalaydi, aql yordamida ijtimoiy nizolarni hal qilishga intiladi. Kont o`z tadqiqotlari prеdmеti - jamiyatni ijtimoiy munosabatlarda tartib va progrеss sohasida rеvolyutsiyadan kеyingi vaziyat bilan bog`lagan. O`sha davrda jamoatchilik antagonizm va ziddiyat dеb hisoblagan tanglikni Kont bartaraf etib, o`z sotsiologiyasi bilan ikki qutbni – tartib va progrеssni birlashtirmoqchi bo`ladi. Tartib bo`lmasa progrеss anarxiyaga aylanadi. Pozitiv (ijobiy) siyosatda tartib va progrеss bir tamoyilning ikki tomonidir.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish