Sotsiologik idealizm



Download 16.49 Kb.
Sana21.01.2017
Hajmi16.49 Kb.
SOTSIOLOGIK IDEALIZM

Jamiyat rivojlanishini idealizm nuqtai nazaridan tushuntirib berish antik davr - Fukidid va Geradot yashagan davr (mil. avv. V asr) ga to’g’ri keladi. Aflotun («Davlat», «Qonunlar» va boshqa asarlarida) jamiyat to’g’risidagi idealistik ta’limotni keng rivojlantirgan. Etatik an’ana undan boshlanib, unga asosan jamiyat bilan davlatni aynan bir deb tushuntirishga harakat qilingan. Aflotun o’zining uch ijtimoiy sinfdan iborat ideal davlatning modelini ishlab chiqqan: «faylasuflar» («donishmandlar») davlatni boshqaradilar; «lashkarlar» («qo’riqchilar») qo’riqlaydilar, ozod mexnatkashlar (dexqonlar, xunarmandlar), shuningdek qullar (ular jamiyat va uning tizimdan tashqaridalar) mehnat qiladilar. Aflotun ijtimoiy taraqqiyotning antik idealistik talqiniga asos soldi. Uning fikricha, ijtimoiy taraqqiyot jamiyat «g’oyasini»ning kengayuvi bo’lib, jamiyat to’g’risidagi fikrlar u paydo bulmasdan avvalroй mavjud bo’lgan. Aflotun «izdoshlari» ham davlat va jamiyat tushunchalarini bir-biridan farq kilmaydilar. Aflotunning fikricha, davlatning tuzilishi alohida olingan individ ruhining tuzilishi bilan bir xildir.

Jamiyat rivojlanishining idealistik talqini keyinchalik Arastu asarlarida o’z aksini topdi («Siyosat», «Etika» va b.). U ijtimoiy tuzumning uch bosqichini ko’rsatib berdi: a) oila; b) jamoa; v) davlat. Ularning hammasi bir-biri bilan iyerarxik munosabatdadir. Jamoa oilalar majmuasi; davlat esa jamoalar yigindisidan iboratdir. Shaxs jamiyat qonunlariga (oila, jamoa, davlatga) bo’ysunishi, o’z-o’zini tarbiyalashi va yaxshilik qilishi jamiyatning qaror topib rivojlanishiga xizmat qilishi kerak. Davlatga (umuman jamiyatga ham) antik idealistik yondashuvning mohiyati shundaki, u alohida individga nisbatan birlamchi qaraladi.

Jamiyatning bunday an’anaviy talqiniga Sharq; mutafakkirlari ham o’z hissalarini qo’shganlar. Bunga Forobiyning «Fozil odamlar shaxri», Beruniyning «O’tmish xalqdardan qolgan yodgorliklar», Yusuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilig», Navoiyning «Payg’ambarlar va donishmandlar tarixi», Amir Temurning «Tuzuklari», A.Jomiyning «Iskandarning donishmandlik kitobi» va boshqa asarlari misol qilib keltirishning o’zi kifoya qiladi. Bundan sharq mutafakkirlarining antik davr falsafasi vorislari ekanliklari ko’rinib turibdi. Masalan, Ibn Sinoning fikricha, jamiyat uch sinfga bo’linishi kerak: boshqaruvchilar, lashkar (harbiy), ishlab chiqaruvchilar. Bu esa, Aflotunning karashlarini tasdiqlaydi. O’z navbatida Forobiyning jamiyatga oid qarashlari, g’oyalari Arastuning fikri bilan bog’lanib, Sharqdagi o’sha davrning ijtimoiy-siyosiy sharoitiga moslashtirilgani, rivojlantirilgani ko’rinib turibdi. Sharq mutafakkirlaridan Al-Buxoriy («Shox, uchun foydali xabarlar to’g’risida kitob»), Bedil («Bilish»), Mashrab («Devoni Mashrab»), Ahmad Donshi («Kamyob hodisalar») ham o’z asarlarida jamiyat, davlat, ularni boshqarish va shaxsning o’rni to’g’risida o’z fikrlarini yozib qoldirganlar.

Jamiyat haqidagi idealistik talqin rivojiga T.Gobbs va J,Lokk (ijtimoiy kelishuv shartnomasi nazariyasi), J.Viko («millat harakati to’g’risida»gi ta’limot), Volter (hamma insonlarning boshdanok siyosiy tengligi to’g’risidagi g’oya), I.Kant («abadiy dunyo» to’g’risidagi ta’limot) uz hissalarini qo’shdilar. Jamiyatning tugallangan idealistik talqinini Xegel falsafasida uzining to’liq aksini topdi. Uning «Huquq falsafasi», «Tarix falsafasidan ma’ruzalar», «Estetikadan ma’ruzalar», «Falsafa tarixidan ma’ruzalar» asarlari deyarli to’laliigicha ijtimoiy muammolarga bagishlangan. Xegel ularda «jamiyat» tushunchasining «davlat» tushunchasidan kengligini aniq va tushunarli shaklda bayon etib berdi. Fuqarolik jamiyati, ya’ni bevosita davlat boisharmaydigan sotsium to’g’risidagi g’oya aynan Xegel tomonidan ilgari surilgan. Ijtimoiy rivojlanishning mohiyati, Xegel fikricha, butun olamni, shu jumladan, jamiyatni ham uz ichiga oluvchi «mutlok g’oya»ning o’z-0000o’zidan yoyilishidir. Uning fikricha, «mutloq, g’oya» mantiq (yoki sof tafakkur) doirasida, keyinroq esa tabiat sifatida rivojlanadi. Lekin bunda tabiat mohiyatan emas, balki faqat tashqi hodisa sifatida yuzaga chiqadi. «Mutloq rux;»ning uchinchi yuqori rivojlanish bosqichi tarix ya’ni inson faolligining hamma turlaridan (ong, faoliyat va b.) iborat. Xegel ijtimoiy rivojlanish qonunlarini tafakkur (mantiq) qonunlari bilan aynan bir deb biladi. Bu esa jamiyatni tushuntirishdagi mutloq idealizmning namoyon bo’lishidir.

XX asrga kelib neoxegelchilar (R.Kollingvud, B.Kroche, G.Glokner va b.) Xegel falsafasini yangi zamonaviy ijtimoiy jarayonlarga moslashtirib kullashga harakat kildilar. Masalan, ingliz neoxegelchi B.Bozanket Xegelning «mutlok rux» to’g’risidagi g’oyasi hamma ijtimoiy institutlarning (davlat, din, huquq, axlok va b.) eng yuqori individuallashgan shaqlining namoyon bo’lishidan boshqa narsa emas, deb e’tirof etadi. Jamiyatga neoxegelcha yondashishning xarakterli xususiyati ijtimoiy borlik va tafakko’rni aynan, deb tan olishdan iboratdir.

Jamiyat idealistik talqini rivojiga ekzistensializm, «xayet falsafasi», neokantchilik, neopozitivizm, neofreydizm va boshqa okimlar ham uz hissalarini qo’shdilar.

Shuningdek jamiyat, uning gtaydo bo’lishi, rivojlanishi. faoliyat ko’rsatshi diniy ta’limotlarda ham o’ziga xos tarzda talqin kilinadi.

Buddavitik ijtimoiy xayotning xar qanday ko’rinishlaridan uzoklashishga, uzlatga chekinib, nirvanaga chumishga (maxsus xolatga kirishga) da’vat qiladi. Lekin bunday xulosa faqat budda matnlari tahlil etilganda chikadi. Buddizm bilan yakindan tanishish shuni ko’rsatadiki, buddizm tarafdorlari uchun nirvanaga intilish «boylik, yuqori martaba va ijtimoiy kelishuv istagi bilan » muvaffakiyatli tarzda uygunlashib ketadi.

Konfutsitik tarafdorlarining fikricha, yerdagi dunyo osmon obrazi va unga uxshatib yaratilgan bo’lib, unga xech qanday kushimcha va uzgarishlar kiritilishi kerak emas. Ijtimoii xayotning asosiy prinsiplari (Konfutsiy fikri buyicha): a) davlat boshligiga sodiklik; b) yukrridagilarga xurmat; v) burchga sodiklik va boshqalar. Konfutsiylik, bir tomondan inson va jamiyatni turli tuknashuvlardan ximoya qilishga, ikkinchi tomondan, insonni aniq, konkret ijtimoii ideallarga erishishga yullovchi an’analar, urf-odatlarni sakdab kolishni tashvikot qiladi. Konfutsiylikning ijtimoii rivojlanishdagi asosiy koidalaridan biri - zuravonlik kilmaslik bo’lib, bunda kadimgi Xitoy madaniyatining va buddaviylikning mafkuraviy ta’siri ko’rinib turadi.

X,induviylik ijtimoii tasavvurlarida urnatilgan tartibning iyerarxiyaga asoslanganligi va mustaxkamligi g’oyasi ustun turadi: jamiyatning hammasi kastalarga bulinganligi, ular urtasidagi chegaralar kattik sakdanishi darkor. Amalda bu narsa kastalar urtasidagi ziddiyatlar va dushmanliklarga, «past» kastalarning kamsitilishiga, kadimiy ijtimoii vokeliklarning saqlanib kolishiga olib keladi. X,induviylik ijtimoii va shaxsiy xayet soxasidagi ta’kiklar va cheklashlarning buzilishiga karshi turadi. Uning tarkibida taraqqiyot uchun zid g’oyalar mavjud. X,indistonning kupgina kuzga ko’ringan mutafakkirlari (ayniqsa M. Gandi, R.Tagor) eng avvalo xinduviylikni uning inson va jamiyat to’g’risidagi tasavvurlarini islox qilish maqsadida kup kuch sarfladilar.

Iudaizmdati ijtimoii muammoning o’ziga xosligi yaxudiylarga kup asrlar davomida boshkd sotsium jamoalaridan alohida ajratilgan xolatda yashashga to’g’ri kelganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham iudaizmning ijtimoii muammosi oila va jamoa doirasi bilan chegaralangandir. Birok, vakt utishi bilan kuplab ijtimoii qadriyatllar uzgarib ketadi. Masalan, kambagallarga yordam berish ahamiyatga ega bo’lib, jamoaning gullab-yashnashi uchun xizmat qilish esa keng ijtimoii faoliyat sifatida kullab-kuvvatlanadi. Iudeylar atrofdagi olamni, butun jamiyatni dushman deb kabul qilishdan voz kechishdi. «YO bor urf-odatlar kuchiga karshi turish va uzi uchun yangi, yanada kengrok dunyoni kashf qilish, yoki an’anaviy, traditsion xakikat va odatlarga xavf soluvchi omil deb qaraladigan zamonaviy yangi g’oyalarga karshi turish kerak»,- degan muammo yuzaga kelganda kupchilik yaxudiylar kelishish yulini afzal kura boshladilar.

Zardushtitik dinida jamiyatga oid qarashlar yetarli darajada qiziqarli ifodalangan. Taniqdi olimlardan M.M. Xayrullayev va M.A.Usmonov ta’kidlashicha, «Zardushtiylik faqatgina din bulmay, hukmron mafko’radir. Unda jamiyatning nafaqat ijtimoiy-siyosiy tuzumi, balki jamiyatning urf-odatlari va axloki ham, xalk ogzaki ijodi ham, adabiy ijodi ham» aks etgandir. Zardusht ta’limoti markaziy osiyolik hukmronlarga davlat kuroli bo’lib xizmat kildiki, bunda nafaqat siyosiy-huquqiy tamoyillar, balki diniy-axlokiy tamoyillar va me’yorlar ham asosiy tartibga soluvchi vosita bo’lishi kerak edi. Zardushtiylikka asoslangan ideal jamiyat konfutsiylik buddaviylik, iudaizm, platonizm va boshqalarning belgilarini o’z ichiga oldi».

Ijtimoiy muammolarga islomiy qarashlarda esa iloxiy ta’limotlarga asoslaniladi. Islomda takdirga buysunish, sabr-toqatli bo’lishga da’vat etildi. Islomning geografik jixatdan keng tarkalishi uning xududlarga xos bo’lgan ko’rinishlari paydo bo’lishiga olib kelib, bu xududlarda ijtimoii masalalar u yoki bu xrlatlarga bog’liq; xolda talqin etildi. Islom faqat o’ziga xos turmush tarzi, «inson borligining hamma tomonlariga chuqur ta’sir qiluvchi» din sifatida maydonga chiqadi. Islom ta’limotida musulmonning ijtimoiy va shaxsni xayotining hamma tomonlari aniq ko’rsatib berilgan. Shuning uchun ham an’anaviy islom bilan zamoniylashgan islom urtasida ziddiyatlar mavjud. Bu muammolar hamma boshqa dinlarda ham mavjud bo’lib, islomda esa, keskin tuya olgan.

Xristianltda ham ijtimoiy-falsafiy muammolarning rivojlanishi jiddiy tuya olgan. Bunga Avliyo Avgustinning «Iloxiy shaxar haqida» deb nomlangan asari sabab bo’lib, unda u kishilik jamiyatining rivojlanishi to’g’risida uz konsepsiyasini shaqllantirdi va rivojlantirdi. Bu asarda u gunoxkorlikka, boylikka asoslangan jamiyatni diniy soflikka asoslangan jamiyatni karama-karshi kuyadi, xuddi shu jamiyatni «iloxiy shaxar» deb ataydi. Tarixda xristianlikning katolitsizm, pravoslav, protestantizm kabi okimlari mavjuddir. Ularning xar biri uzining konfessional xususiyatlaridan tashqari, maxsus falsafiy tomonlariga ega bo’lib, jamiyatning rivojlanishini turlicha ifoda etadi. Katolik dini uzini birkancha bosqichlarga ega bo’lgan, jamiyatdan yuqori turuvchi, uni boshqaruvchi va uz xukmini hamma odamlarga utkazuvchi tashkilot deb xisoblaydi.

Pravoslav dini esa, uzini odamlarning odatiy, maishiy ishlari bilan bog’liq,, deb xisoblaydi. Ularda x,yech kachon yagona markazning bulmaganligi ham shunga olib kelgan. Katoliklarga Rim va Papa ega bo’lgan holda, barcha pravoslav cherkovlari mustaqil bo’lganlar. Xdtto, Konstantinopol patriarxi ham tenglarning ichida birinchilardan bo’lgan.



Protestantizmga kelsak, u katoliklitsizmning hamma ishlarga xaddan tashqari aralashuviga javob sifatida vujudga keldi. Protestantizm ko’proq; oddiy xayet tarzi bilan bog’liq,

Hozirgi davrda ijtimoiy-falsafiy masalalar neotomizm ta’limotida uz ifodasini topib, u katolitsizmning rasmiy doktrinasi xisoblanadi. Bu ta’limotning mohiyati shundaki, unda jamiyat iloxiy talqin etiladi: kishilar urtasidagi boglanishlar, munosabatlari aniq maqsadni amalga oshirishga saratilgan bo’lishi kerak. Neotomistlarning fikricha, inson real ijtimoiy munosabatlar, Xudo bilan yakinlashish jarayonida uz mohiyatini namoyon qiladi. Neotomizm jamiyatning rivojlanishini, an’anaviy diniy qarashlarni zamonaviy muammolar bilan birlashtirishga harakat qiladi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa