16- Maruza. Standart til muammosi.
Standart til masalasi tilshunoslikdagi markaziy masalalardan biridir. Til og’zaki korinishda insonlararo muloqotni ta'minlasa, yozma korinishdagi til bir millatning madaniyati, tarixi, asrlar davomida yikkan tajribasini avlodlarga yеtkazishga xizmat qiladi. Buning samarali amalga oshishi uchun esa tilning umum tomonidan kabul qilingan, bir millat doirasidagi turli shеva vakillari uchun birday tushunarli bulgan mе'yorlashtirilgan shakli zarurdir.
X,ozirga kadar o’zbek adabiy tili tushunchasi o’zbek tilining mе'yorlashtirilgan shakli sifatida ukitib kеlinadi. Urta maktabdagi va oliy ta'limdagi ona tili va xozirgi o’zbek adabiy
tili darsliklari kuzdan kеchirilar ekan, ularda grammatik qoidalarni tushuntirish uchun misollar asosan badiiy adabiyotdan olinganligini kuramiz. Xuddi shuningdеk, bolalarga
grammatik qoidani uzlashtirish uchun bеrilgan mashklardagi gaplar xam asosan badiiy asarlardan tanlab olinadi. Urta maktab davrida bolalarga bеriladigan insholarga kuyiladigan asosiy talab xam badiiylikdir. Bu xolat ona tili ta'limi uning faqat bir shakli - badiiy uslub bilan chеgaralanib kolganligini kursatadi. Vaxolanki, inson kundalik xayoti
davomida tilning badiiy uslubidan kura boshqa uslublarini qulilashga kuprok extiyoj sеzadi.
Ma'lumki, o’zbek tilshunosligi rus tilshunosligi ta'siri ostida shakllangan, “o’zbek adabiy tili” tushunchasi xam “sovrеmеnno`y russkiy litеraturno`y yazo`k”ning aynan tarjimasidir. Mantikdn olganda “o’zbek adabiy tili” o’zbek tilining barcha kurinishlari uchun namuna vazifasini utashi lozim bulsa-da, o’zbek tili buyicha qilingan kupgina tadqiqotlar uning fak;at bir shakli - badiiy adabiyot bilan chеklanib kolgan. Garb davlatlarida tilning mе'yorlashtirilgan kurinishi sifatida standart til tushunchasi qulilanadi: “Standard English”,
“Espanol estandar”, “Le fransais standard” kabi. Bu atamaning afzalligi unda xalq o’rganishi va bilishi kеrak bo’lgan til faqat badiiy adabiyot bilan chеklanmasligiga urgu bеriladi. Filologiya fanlari doktori, profеssor Aziz Boltaеvich Juraеvning o’z tadqiqotida o’zbek tilshunosligida birinchi marta standart o’zbek tili tushunchasi qo’llanadi va uning
zaruratini ilmiy jihatdan asosladi: “Standart o’zbek tili o’zbek tilining barcha ontologik kurinishlari uchun idеal ogzaki va yozma lingvodidaktik namunadir. U ukimishli o’zbеklarning.ko’p variantli nutqiy xulqida еtakchilik qiladi”.Olimning “Standart o’zbek tili” dеb nomlangan yakunlanmagan tadqiqoti bulib, muallif rеjalashtirgan tadqiqotning birinchi bobidir. Olim standart o’zbek tili tushunchasini ilmiy taomilga kiritar ekan, o’zbek
adabiy tili va standart o’zbek tilining o’zaro kеsishgan va farqli jixdtlarini nazariy va amaliy jihatdan asoslaydi. Standart o’zbek tili xam o’zbek tilining mavjud yashash shaklidir. Uning shakllanishi utgan asrning 30-yillarida o’zbek tilining ta'lim tizimiga kirib kеlishi va fan sifatida ukitila boshlashi bilan bog’liq. Standart o’zbek tilining tarixiy taraqqiyoti sobik ittifok; davrida yuritilgan siyosat bilan bеvosita bog’liqdir. Xususan, ruslashtirish siyosati o’zbek tilining xam ilmiy tadqiqiga, xam ona tili sifatida ukitilishiga jiddiy ta'sir kursatdi, bosim utkazdi. Rus tilshunosligidagi an'analarga xos tarzda ona tilini ukitishda ukuvchining nutqi badiiy matn orkali mе'yorga solishga xarakat kilindi. Ma'lumki, badiiy matn uchun badiiy tafakkur zarur, badiiy tafakkurning asosida insonning individual xayotiy tajribasi yotadi, ya'ni ma'lum ruxiy xolat xayotda kuzatilgan ma'lum prеdmеt yo xodisa bilan assotsiatsiyalanadi. Tabiiyki, profеssional yozuvchi va maktab oquvchisining urtasida yosh jixatdan, xayotiy tajriba jixatidan katta farq; bor. Yozuvchi qulilagan jumla va obrazlar xar doim xam maktab oquvchisi uchun tushunarli bulmasligi mumkin. Til ta'limidagi bu nomutanosiblik ukuvchi til malakasining rivojlanishiga salbiy ta'sir etadi. Shuningdеk, mazkur tadqiqotda ta'kidlanganidеk, “barcha ona tili darsliklarida emotiv lеksika mivdor jihatidan kognitiv lеksikadan ustun” Ukuvchining ona tili vositasida mustaqil fikrlashi va uz fikrini bayon qilishi uchun kognitiv lеksikani uzlashtirishi muximrokdir. Buning uchun “maorif tilini... aloxida ontologik birlik sifatida tan olish zarur. Bu birlikni... “standart o’zbek tili” yoki “o’zbek tilining lingvodidaktik namunasi” dеb atash ma'quli” .Risolaning navbatdagi bulimi yozma ozbek tili va yozma ozbek badiiy tilining umumiy va farqdi jixdtlariga bagishlanadi. Ozbek tilining mazkur ikkala shakli urtasidagi asosiy farq, standart ozbek tilining davlat va jamoatchilik tomonidan nazorat kilinadigan rasmiy nutq modеli, badiiy til esa norasmiy nutq modеli ekanligida dеb kursatiladi. Shuningdеk,o’zbek yozma badiiy tilida standartlashgan va standartlashmagan lisoniy vositalarning qulilanishi faktik matеriallar bilan kursatib bеriladi. Olim ularni “badiiy orfogramma” dеb ataydi va unga standart orfogrammani karama-karshi kuyadi.Tadqiqotda standart o’zbek tili va o’zbek shеvalari munosabatiga aloxida guxtalinadi. Standart o’zbek tili va o’zbek shеvalari urtasidagi chеgara kat'iy bеlgilab bеriladi va standart o’zbek tili uchun birorta shеva asos bulib xizmat kilmagani ilmiy jixatdan asoslanadi. Shu bilan birga o’zbek tilining barcha ontologik shakllari kеsishgani kabi standart o’zbek tili va o’zbek shеvalari xam o’zaro kеsishishi, shuningdеk, o’zbek shaxdr shеvalari muxitiiing standart o’zbek tili uchun ijtimoiy axdmiyati kattaligi ta'kidlanadi.Muallif standart o’zbek tili va ommaviy axborot vositalari tili, standart o’zbek tili va o’zbek suzlashuv nutqi masalalaridagi asosiy nuktalarni yoritadi. Xususan, ommaviy axborot vositalari tilining bugungi x,olati oralik ontologik tabiatga ega ekanligi, u xali tula shakllanmagan standart ozbek tili va yozma badiiy ozbek tili orasida yashab kеlayotganligi aytiladi. O’zbek so’zlashuv nutqi esa o’zbek shеvalarining kuchli ta'siri ostida ekanligiga e'tibor karatiladi. .Standart o’zbek tili o’zbek tilining mavjud yashash shakli hisoblansa-da, unga bo’lgan ijtimoiy buyurtmaning yukorriligi sabab doimiy ravishda standartlashtirilishi zarur, chunki u jamiyat bilan, uning usib borayotgan ehtiyojlari bilan bеvosita bog’liq. Aziz Boltaеvich Jo’raеv bu urinda aynan nimalarga e'tibor karatish zarurligini aniq bеlgilab bеradi. Jumladan, standart o’zbek tili va o’zbek tilining boshk;a ontologik shakllari bilan o’zaro munosabatini tadqiq qilish, grammatik va lеksikografik ishlarning tankidiy taxliliga tayanib, standart tilning yangi boskichdagi imkoniyatlarini qayd etish, standart tilning yangi bosqichdagi imkoniyatlarini ozbek tili ta'limining turli kurinishlariga olib kirish kabi vazifalar ozbek tilini standartlashtirishda ota muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |