Sotsial psixologiya



Download 0,55 Mb.
bet35/55
Sana05.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#320160
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Bog'liq
Sotsial psixologiya

RAHBARLIK SIFATLARI


Yo’qorida aytib utilganidek, rahbarda tugma qobiliyat bo`ladi deb ham aytib bo’lmaydi, ikkinchi tomondan, rahbar vaziyatga qarab stixiyali tarzda tarbiyalanib ketaveradi, deb ham bo’lmaydi. Minglab shaxs sifatlari ichida ko’plari rahbarlik uchun qo’lay va ma’qo’ldir. A. V. Petrovskiy ana shunday ijobiy sifatlarni 1, 5 mingini sanab chiqqan. Lekin ularning barchasini umumlashtiradigan, albatta bo`lishi lozim bo`lgan ayrim sifat qobiliyatlar borki, ushalar haqida qisqacha tuxtalib utmoq lozim.

Avvalo, har qanday rahbarda intellekt - aql - zakovatning ma’lum normasi bo`lishi kerak. Bu norma va Yaxshi rahbar uchun o’rtadan yo’qori bo’lmogi maqsadga muvofiqdir, chunki geniy darajasidagi intellektga ega bo`lgan rahbar bilan ishlash xodimlar uchun qator noqo’layliklarni keltirib chiqarishlarini, bunday aql zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik tusik bo`lishini amaliyot va hayot kursatadi. Rahbardagi o’rtadan yo’qori intellektni koplab ketadigan yana boshqa muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy ta’sir kursatadi. Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, topkirlik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki, ayrim hollarda xato qilsa ham, rahbar original fikrlar aytib, Yo’l- yuriklar kursata olishi, har bir aytilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur. Chunki, mustaqillik shaxs kiefasini belgilovchi muhim psixologik xususiyatdir.

Rahbarda mustaqillik bo’lsa, unda o’ziga ishonch ham bo`ladi, bu esa o`z navbatida rahbardagi sub’ektiv talablar darajasining yo’qori bo`lishiga olib keladi. Ko’pincha, rahbarning boshqalarga talabchanligi haqida gapiriladi, lekin Yaxshi rahbar avvalo o`z - o’ziga nisbatan talabchan bo`lishi kerak. O`z-o’zini baholash va shu asosida boshqalarga nisbatan munosabatlar tizimini ishlab chiqishi muhim bir omildir.

Har qanday rahbar uchun universal, kerak bo`lgan hislatlarni yana bir tom ma’noda"zieli"bo`lish yoki, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo`lishidir. Boshlik o’zidagi madaniyatini avvalo muomalada, odamlar bilan bo`ladigan kundalik muloqotlarga namoyon etimogi lozim. Muomala madaniyati bu o’rinli, aniq, qisqa, samimiy gapirish san’ati va ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki boshlik, bilan buysunuvchilar o’rtasida kelib chiqadigan shaxsiy ziddiyatlarning asosida tinglay olmaslik, yoki gapni to’g’ri yusinda gapira olmaslik yetadi. O’zganing o’rniga tura olish, uning his-kechinmalariga sherik bo`lish, empatiya hissining borligi, dialoglarda sabr-tokatlilik va boshqalar muloqot madaniyatining muhim tomonlaridir.

Jamoa faoliyatining o`z faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun muhim bo`lgan talablaridan biridir. Chunki rejalashtirish asosida o`z-o’zini boshqara olish va boshqalarni tashki faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda boshqara olishni ta’minlovchi muhim psixologik xususiyat yetadi. Rejalashtirish - bu o’ziga xos kelajakni ko’ra olish qobiliyati, kelajak obrazi bo`lib, bu narsa shaxsning qanchalik kamol topganligi va maqsadga intiluvchanligining muhim belgisidir. Bu juda murakkab psixologik jarayon bo`lib, u shaxsning o`z diqqatini qanchalik ongli tarzda boshqarishi, uni faqat muhim narsalarga qarata olish, vaqtdan tez foydalana olish, ortikcha ishlardan o’zini tiyish, qo’l ostidagilarga, imkoni boricha, ularning qobiliyatlariga qarab ish buyura olish va, nixoyat, buyo’rgan ishni o`z vaqtida na’zorat qilib, so’rab olish imkoniyati bilan bog’liq. O`z ishini puxta rejalashtirish qobiliyatiga ega bo`lgan rahbar realistik tafakkurga ega bo’lmogi, ya’ni har qanday sharoitlarda ham usha muammo yoki ishga taalluqli barcha alternativ variantlardan eng to’g’risi va maqsadga muvofigini tanlay oladigan, ishni to’g’ri tashqil eta bilgan, ya’ni eng kam kuch va vaqt sarflab ishni uddalay olgan, noaniq yoki tasodifiy vaziyatlarda ham ish taktikasini to’g’ri Yo’lga yo’naltira oladigan odam bo`lishi kerak. Bundan tashkari, Yaxshi rahbar uchun oldida turgan ishning har bir alohida detallarigacha tasavvur qilib, uni amalga oshirishning barcha bosqichlari va vositalarining oldindan ko’ra bilish qobiliyati ham zarur. Shunday takdirdagina u ishga dadil kirishini, o’zgalarni o`z ortidan egashtirishi va ishlab chiqarishda yo’qsak kursatkichlarga erishishi mumkin.

Yo’qorida aytib utilgan rahbarlik sifatlari ichida eng muhimi, tabiiyki, psixologik maxoratni talab qiladigan odamlar bilan ishlash maxoratidir. Jamoa a’zolari bilan samarali ishlash uchun esa boshlik ularning psixologiyasi va guruh psixologiyasini Yaxshi bilishi zarur, chunki"o’zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan xukmronlikning yagona Yo’lidir", -deb yozishgan edi ingliz olimlari. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada ham Yaxshi vositasi - ijtimoiy psixologik trening uslubi borki, uning yerdamida odamlar bilan ishlovchilar jamoani boshqarishning turli usullariga muvaffakiyatli tarzda tayorlanmoqdalar.



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish