Sotsial psixologiya


-MAVZU. IJTIMOIY PSIXOLOGIYA FANINING YUZAGA KELISHI VA RIVOJLANISHI



Download 0,55 Mb.
bet4/55
Sana05.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#320160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Sotsial psixologiya

2-MAVZU. IJTIMOIY PSIXOLOGIYA FANINING YUZAGA KELISHI VA RIVOJLANISHI

REJA:


1. Antik davr mutafakkirlari ishlarida ijtimoiy psixologik ta’limotlarining rivojlanishi.

2. Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai.

3. Ijtimoiy psixologiyaning eksperimental fan sifatida rivojlanishi.

4. Ijtimoiy psixologiyaning Rusiya va Sobiq Ittifokda rivojlanishi.

5. O`zbekistonda ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning o’rni va istikbollari.

ANTIK DAVR MUTAFAKKIRLARI ISHLARIDA IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK TA’LIMOTLARINING RIVOJLANISHI


Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida rivojlanish tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uning jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan bog’liq tarzda rivojlanganligining, ilmiy jixatdan esa, falsafiy qarashlar ta’sirida bo`lib, sof ijtimoiy psixologik nazariyalarning juda oz sonli bo`lganligining guvoxi bo`lishimiz mumkin.

Ijtimoiy psixologiyaning mustaqil fan bo`lib ajralishiga sabab bo`lgan ijtimoiy va ilmiy asoslar. Insoniyat tarixini o’rganar ekanmiz mutafakkirlar, olimlar, allomalar ijtimoiy psixologik xodisalar bilan juda qiziqkanliklarining guvoxi bo’lamiz. Lekin ular bu xodisalarni o`z davri ruxida, o`z nazariy va ijtimoiy qarashlari, hattoki, turli okimlar orasida tushunishga o’ringanlar. Shuning uchun ham Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida taraqqiyotini o’rganish uchun ijtimoiy psixologik muammolar yeritilgan asar yoki kashfietchining yashagan davri, uning siesiy qarashlari, jamiyatning taraqqiyot xususiyatlarini ham o’rganish lozim. Ilmiy manbalar Ijtimoiy psixologiyaning davlat va huquq nazariyasi, siesiy iqtisod, etika, falsafa fanlarining rivojlanishi bilan uzviy bogligini kursatadi. Ayniqsa, fan taraqqiyotiga falsafa fani o’zining sezilarli ulushini kushgan. Shuning uchun ham amerikalik olim G. Olport ijtimoiy psixologik goyalarning yaratilishi va rivojlanishi falsafa bilan, uning ko’zga ko’ringan arboblaridan hisoblangan Platon nomi bilan bog’liq deb yozgan edi.

Platon o’zining "Davlat" va "Qonunlar" deb atalgan dialoglarida shaxsning jamiyat bilan aloqalari masalasiga tuxtalib, jamiyat individga nisbatan o’zgarmas bir birlikki, uning taraqqiyoti jamiyat rivojlanishi qonunlarga buysunadi, degan fikrni ximoya qilgan. Unga qarama-karshi fikrni Aristotel bayon etib, individni barcha ijtimoiy o’zgarishlarning sababchisi, chunki unda bunga imkon beruvchi psixologik tizimlar bor, deb yozadi. Ya’ni, shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabat masalasi Platonda jamiyat foydasiga hal bo`lgan bo’lsa, Aristotelda bu narsa shaxs foydasiga yechilgan. Ulardan keyingi - yangi davr faylasuflarini - Gobbs, Gilvetsiy, Lokk, Russo, Gegel, Makiavelli, Shark faylasuflaridan Beruniy, Farobiylar ham barcha asarlarida shaxs va jamiyat qarama-karshiliklarini ilmiy asosda sharxlashga o’rindilar, lekin xech kaysisi bu muammoni ijtimoiy psixologik muammo darajasiga kutara olmadi.

XIX asrning o’rtalariga kelib, kapitalistik munosabatlarning keskinlashuvi, turli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning tobora usib borishi, turli halqlarning bir mamlakatida ikkinchisiga kuchishi-migratsiya munosabati bilan qator ijtimoiy fanlar rivojlanishi uchun qo’lay shart - sharoitlar paydo bo’ldi. Ayniqsa, tilshunoslik, antropologiya, etnografiya, arxiologiya, huquqshunoslik va boshqa fanlar shakllanib, rivojlandi. Masalan, ingliz olimi E. Teylor ibtidoiy jamoa tuzumidagi madaniyatni tulik o’rganib chikdi; amerikalik etnogrof L. Morgan xindular turmush tarzini tahlil qilib chikdi, fransuz olimi Levi-BrYo’l esa ibtidoiy odam tafakkuri xususiyatlarini o’rganar ekanlar, ular u yoki bu etnik milliy, guruhning psixologiyasini, ularga madaniy-maishiy muxitning ta’sirini o’rganishga majbur bo`lishdi. Ya’ni ular alohida individ-u yoki bu Yo’llar vaqili psixologiyasi ijtimoiy jarayonlar bilan nechogli bog’liq ekanligini nazariy jixatdan isbot qildilar.

Ayni shu davrda psixologiya fani ham ancha oyoqqa turgan mustaqil fanga aylandi. Lekin u atomistik, ya’ni alohida individ psixologiyasigina o’rganadigan fan bo`lib, u odamlarni o’zaro muloqoti jarayonida ularda ro’y beradigan sirli o’zgarishlarga e’tiborini endi-endi qaratayotgan edi. Ayniqsa, patopsixologiya, pedagogik psixologiya sohalariga individ bilan boshqa individlar munosabati masalasini chetlab utish mumkin bo’lmay qoldi.

Lekin Ijtimoiy psixologiyani ilmiy manbalari sohasida sotsiologiya fanining xizmatini kursatib utmay bo’lmaydi. Sotsiologiyaning asoschilari hisoblangan Ogyust Kont, Gerbert Spenser va boshqalar, masalan, jamiyatdagi ijtimoiy xodisalarni o’rganish uchun albatta, o’ziga xos, ayrim psixologik holatlarni o’rganmoq lozim, degan fikrni kat’iy turib isbot qildilar. Ular har bir ijtimoiy voqea da ruhiy xodisalar borligini isbot qilishga o’rindilar. Masalan, fransuz sotsiologi G. Tard har bir individda"Ijtimoiy fakt"boriligini, bu narsa uning miya doirasidagina emas, balki bir qancha miyalar aloqasi tufayli mavjuddir, deb hisoblaydi. Ijtimoiy xulq-atvor modeli, uning fikricha doimo individlararo munosabatni o`z ichiga olib, bunda bir individ boshqa individga doimo taklid qiladi, shuning uchun ham shaxsni o’rganish boshqa shaxslarni inkor qilmasligini talab qiladi. Shunday qilib, sotsiologiyada psixologik yo’nalish paydo bo’ldi. Tarddan keyin L. Uord, F. Giddings va boshqalar ijtimoiylik qonunlarini jamoa ruhiy holati bilan uzviy ravishda o’rgana boshladilar. Ularning fikricha, ijtimoiy fakt - bu ijtimoiy aql, tafakkur bo`lib, u "Jamiyat psixologiyasi"eki sotsiologiyaning bahs mavzusidir.

Shunday qilib, yo’qorida qayd qilingan ilmiy-falsafiy ijtimoiy manbalar, shart-sharoitlar tufayli ijtimoiy psixologik goyalar shakllanib bordi. Bu qarashlar sof psixologiyaga ham o’xshamagan, sotsiologiya doirasidan chiqib ketadigan alohida fan Ijtimoiy psixologiyaning paydo bo`lishi uchun zamin rolini uynaydi.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish