Sotsial psixologiya


-MAVZU. IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING ASOSIY MUAMMOLARI. MULOQOTNING SHAXS SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHIDAGI O’RNI



Download 0,55 Mb.
bet18/55
Sana05.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#320160
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
Bog'liq
Sotsial psixologiya

7-MAVZU. IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING ASOSIY MUAMMOLARI. MULOQOTNING SHAXS SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHIDAGI O’RNI

REJA :


1. Muloqot va shaxslararo munosabatlar Ijtimoiy psixologiyaning mavzuidir.

2. Muloqot- ma’lumotlar almashinuvi jarayonidir.

3. Muloqotning ikkinchi interaktiv tomoni.

4. Muloqotning uchinchi tomoni- uning perseptiv tomonidir.



MULOQOT VA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING MAVZUIDIR


Muloqot odamlar oshiradigan faoliyat ichida yetakchi o’rinni egallab, u insondagi eng muhim extiejni - jamiyatda yashash va o’zini shaxs deb hisoblash bilan bog’liq etiejini kondiradi. Shuning uchun ham har bir inson uchun ahamiyati kattadir.

M u l o k o t - odamlarning birga likda faoliyatlari extiejlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir - birlari bilan o’zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan ishlari (mehnat, ukish, o’yin, ijod qilish va boshqalar) o’zaro munosabat va o’zaro ta’sir shakllarini o`z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir birlari bilan til topishishi, bir birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashuvi kabi murakkab xamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun har bir shaxsning jamiyatga tutgan o’rni, ishlarining muvaffakiyati, obrusi uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog’liqdir.

Bir qarashga osonga o’xshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida murakkab jarayon bo`lib, unga odam hayoti mobaynida o’rganib boradi. Muloqotning psixologik jixatdan murakkab ekanligi haqida B. F. Parigin shunday yozadi:"Muloqot shunchalik ko’p kirralik jarayonki, unga bir vaqtning o’zida quyidagilar kiradi:

a) individlarning o’zaro ta’sir jarayoni; b) individlarning o’rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko’rsatish jarayoni; d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; ye) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni; Muloqotning turli shaklllari yoki bosqichlari mavjud bo`lib, dastlabki bosqich - odamlarning o`z-o’zi bilan muloqotidir. T. Shibutaki "Ijtimoiy psixologiya" darsligida: "Agar odam ozgina bo’lsa ham o’zini anglasa, demak, u o`z-o’ziga ko’rsatmalar bera oladi" - deb to’g’ri yozgan edi. Odamlarning o`z-o’zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va xajmini belgilaydi. Agar odam o`z-o’zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o’zini chetga tortib, tortinib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishda qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak, boshqalar bilan muloqot - muloqotning ikkinchi bosqichidir.

A. N. Leontev o’zining "Psixika taraqqiyotidan ocherklar" kitobida muloqotning uchinchi shakli-avlodlar o’rtasidagi muloqotning ahamiyati to’g’risida shunday deb yozadi; "Agar barcha katta avlodlar ulib kyotganda, insoniyat to’g’ri yo’q bo`lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina emas, balki yo’qolib ham ketishi mumkin edi". Xakikatdan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o`z madaniyati, madaniy boyliklari, kadriyatlari mavjud bo`ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilgor vaqillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saklab keladigan hamda ta’lim, tarbiya ham kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga o’tkazadilar.

Muloqot murakkab jarayon bo`lganligi uchun ham ayrim olingan muloqot shaklini analiz qilganimizda, unda juda xilma-xil ko’rinishlar, komponentlar va qismlar borligini aniqlashimiz mumkin, G. M. Andreeva muloqotning quyidagi to’zilishini taklif etadi:

1. Muloqotning kommunikativ tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchilar o’rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi jarayoni).

2. Muloqotning interaktiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning xulq-atvorlariga ta’sir jarayoni).

3. Muloqotning perseptiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog’liq murakkab psixologik jarayon).

Bu strukturaning har bir tomonini batafsil kurib chiqamiz.

Ko’pgina olimlar muloqotning inson hayotidagi ahamiyatiga tuxtalib utar ekanlar, uning qator vazifalari, funksiyalarini ajratadilar. Masalan, Taniqli rus olimi B. F. Lomov uning funksiyalariga quyidagilarni kiritadi ; a) ma’lumotlar almashinuvi funksiyasi: agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor nomlaridan kelib chiksa, masalan, rahbarning o`z qo’l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va xoka’zo, norasmiy muloqot - bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni usha suhbatdoshlarning fikr-uylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, dustlar suhbati, poezdda uzoq safarga chiqqan Yo’lovchilar suhbati, tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo`lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko’prok vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni takidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, yani uning qanchalik sergapligi, ochik kungilligi, suhbatlashish Yo’llarini bilish, til topishish qobiliyati, o’zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita tasir kursatadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar bo’lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo’l uravermaydi, chunki buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.

Muloqot mavzui va yo’nalishiga ko’ra, uning: a) ijtimoiy yo’naltirilgan (keng jamoatchilikga qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan muloqot), guruhdagi predmetga yo’naltirilgan (o’zaro xamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish mobaynidagi muloqot - mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki konkret topshiriqni bajarish jarayonida guruh a’zolarining muloqoti), shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o`z muammolarini ochish maqsadida urnatgan munosabatlari), pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o’rtasida amalga oshiriladigan murakkab o’zaro ta’sir jarayoni) turlari farklanadi.

Har bir muloqot to’rining o`z qonun qoidalari, ta’sir usullari va Yo’l yuriklari borki, ularni bilish har bir kishi, ayniqsa odamlar bilan doimiy muloqotda bo`ladiganlarning burchidir.

Muloqot jarayoning murakkab psixologik tabiatini bilish, turli sharoitlarda samarali munosabatlar urnatish malakasini oshirish uchun uning tarkibiga kiruvchi har bir element yoki bo’laklar bilan alohida tanishib chiqamiz.



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish