Sotsial geografiya jumaxanov Sh., Toshpo’latov A


SOTSIAL VA MADANIY GEOGRAFIYA



Download 5,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/227
Sana01.04.2022
Hajmi5,68 Mb.
#522604
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   227
Bog'liq
Darslik Sotsial va madaniy geografiya

SOTSIAL VA MADANIY GEOGRAFIYA
 Darslik
 
 
148 
A’rof haqidagi ta’limot I asrdayoq paydo bo’lgan edi. Pravoslav va 
protestant cherkovlari a’rof haqidagi ta’limotni rad etadi. 
Bundan tashqari pravoslav dini ta’limotidan farqli o’laroq, katolik 
yo’nalishida papaning begunohligi haqidagi aqida ham bor. Bu aqida 1870-yildagi 
birinchi Vatikan soborida qabul qilingan. G’arb cherkovining Bogoroditsaga 
nisbatan alohida e’tibori 1950-yilda papa Piy XII tomonidan kiritilgan Bibi 
Maryamning me’roji haqidagi aqidada o’z aksini topdi. Katolik ta’limoti pravoslav 
ta’limoti kabi yetti asrorni tan oladi, biroq bu asrorlarning talqin qilinishida 
qarashlar mos kelmaydi. Masalan, 
pricheshenie 
(tamaddi) qilish qattiq non bilan 
(pravoslaviyada bo’ktirilgan non bilan) dunyoviy(
miryane
)larga non va vino bilan, 
shuningdek, faqat non bilan amalga oshiriladi. Cho’qintirish sirini o’tash paytida 
suv sepiladi (cho’qintiriluvchiga), muz ostidagi suvga cho’ktirilmaydi. 
Protestantizm.
Protestantizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) 
boshlanadi. U XVI asrda Yevropada katoliklarga qarshi qaratilgan reformatsiya 
harakati bilan bog’liq juda ko’p mustaqil cherkovlar va sektalarni o’z ichiga oladi.
Protestantizm atamasi «protest» (norozilik) so’zidan kelib chiqqan. Bunday 
nomni olishiga sabab 1526-yilda Shpeyer reyxstagi nemis lyuterchi knyazlari talabi 
bilan har bir nemis knyazi o’zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga 
ega ekanligi to’g’risida qaror qabul qildi. Ammo 1529-yilda ikkinchi Shpeyer 
reyxstagi bu qarorni bekor qildi. Bunga qarshi imperiyaning barcha shaharlari va 
besh knyazlik norozilik (protest) e’lon qildi. 
Protestantizmning ilk shakllari: lyuterchilik, tsvinglichilik, kalvinizm, 
unitarizm va sotsinchilik, anabaptizm, mennochilik va anglikanchilik edi. 
Keyinroq, «so’nggi protestantizm» shakllari: baptistlar, metodistlar, kvakerlar, 
adventistlar, Iegova shohidlari, mormonlar yoki «
Oxirat avliyolari
», «
Najot 
armiyasi
», «
Xristian fani
», pyatidesyatniklar va boshqa diniy oqimlar paydo 
bo’ldi. Bu oqimlarning ko’pchiligi «diniy uyg’onish», ilk xristianlik va 
Reformatsiya ideallariga qaytish shiori ostida tashkil topdi. Hozirgi vaqtda 
protestantizm dunyoning barcha qit’alarida keng tarqalgan. Protestantizmning 



Download 5,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish