DAVOM ETTIRAMIZ!!! - Agar manfaatdor shaxs ma’muriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonib, ma’muriy hujjat asosida olingan mol-mulkdan foydalangan, o‘z mulkini tasarruf etish uchun bitim tuzgan yoki ma’muriy hujjatda belgilangan naf va imtiyozlardan boshqacha tarzda foydalangan bo‘lsa, uning ishonchi himoya qilinishi lozim.
- Manfaatdor shaxsning ishonchi quyidagi hollarda himoya qilinmaydi, agar:
- manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha majburiyatlarini bajarmagan bo‘lsa;
- manfaatdor shaxs o‘ziga ma’muriy hujjat asosida taqdim etilgan pul mablag‘laridan, buyumdan yoki huquqdan maqsadli foydalanmagan bo‘lsa;
- manfaatdor shaxs ma’muriy hujjatning g‘ayrihuquqiyligini bilgan yoki o‘z aybiga ko‘ra bu haqda bilmagan bo‘lsa;
- ma’muriy hujjat aldash, tahdidlar yoki ma’muriy organga boshqacha tarzda g‘ayrihuquqiy ta’sir ko‘rsatish oqibatida qabul qilingan bo‘lsa;
- qonun manfaatdor shaxslar ishonchining himoyasini hisobga olmagan holda ma’muriy hujjatni bekor qilishni talab etsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |