Payvand va blok sopolemerlar olish
Tabiiy, sentetik va suniy yuqori molekular birikmalarning sanoat talabiga javob bera oladigan qator xossalarini takomillashtirish maqsadida payvand va blok (qo’shma) sopolemerlar olish usullaridan keng foydalaniladi. Blok va payvand sopolemerlar makromalekula zanjiri chiziqli tuzulishga ega bo’lib, ikki yoki undan ortiq turdagi monomerlar bo’g’inidan tashkil topgan molekulyar zanjir qismlardan iborat boladi. Bu molekulyar zanjirning uzunligi bir necha o’nlab parametrga teng bo’ladi. Blok sopolimerlar makromalekulalari o’zaro ximiyaviy bog’lar bilan birikkan ikki xil yaxlit-yaxlit polimer zanjirlardan tuzilgan bo’ladi.
-A A A A A – B B B B B – A A A A A –
Payvand sopolimer makromolekulasining tuzilishi tarmoqlangan bo’ladi. Ularning asosiy zanjirini tashkil etgan A monomer bo’g’inlaridan iborat makromalekulaga yon tarmoq hosil qilib, boshqa B monomer bo’g’inlaridan iborat molekulyar qism birikkan bo’ladi :
- A A A A A A A –
|
B
|
B
|
- B B B B B –
Blok va payvand sopolemerlar makromolekulalari zanjiriga ko’pchilik qismlari turli monomer bo’g’inlardan iborat bo’lib, ularning ba’zi xossalari shu monomerlar gomopolimerlarining xossalarini ifodalaydi. Masalan, yon tarmog’i polistirol zanjirdan tashkil topgan tabiiy kauchikning payvand sopolimerining kinetik zanjiri ikkita maksimumdan iborat bo’lib, ulardan biri tabiiy kauchikning molekulyar zanjiriga tegishli -400C da nomoyon bo’lsa, ikkinchisi -1000C da kuzatilib, u polistirolning molekulyar zanjirini xarakterlaydi.
Payvand va blok sopolimerlar sintez qilish yordamida turli xususiyatlarga boy xilma-xilpolimermateriallar hosil qilish mumkin. Chunki bunday sopolimer o’zining xossalari bilan, bir tomondan, sopolimer makromolekulalarini tashkil etuvchi har ikki polimer xossalariga o’xshasa, ikkinchi tomondan, monomer xalqalarining makromolekulada tarmoqlangan zanjir shaklida joylashganligi tufayli o’ziga xos yangi xususiyatlarga ham ega bo’ladi. Masalan, biror tabiiy polimer makromolekulalariga sintetik monomerlarni payvandlash yo’li bilan ajoyib xossali yangi polimerlar olish mumkin. Xuddi shunga o’xshash yon tarmoqlari kristall tuzilishga, asosiy zanjiri esa, ammorf strukturali payvand polimerlarda ammorf va kristall polimerlarga xos xususiyat bo’ladi.
Blok va payvand sopolimerlash jarayoni sanoatda plasmassa, kauchuk va sitetik tolalar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |