Blok sopolimerlar sintez qilish usullari
Blok sopolimer, asosan, ikki yoki undan ortiq chiziqsimon polimer yoki shunday polimer bilan monomerlarning o’zaro ta’sirlanishi natijasida hosil bo’ladi.
Amalda blok sopolimer quyidagi yo’llar bilan sintez qilinadi:
a) Ikki xil polimer makromolekulalari turli yo’llar bilan makroradikallarga aylantiriladi va bunday makroradikallarni o’zaro biriktirish natijasida blok sopolimer hosil qilinadi.
b) Biror polimer makromolikulalarini aktivlash yo`li bilan makroradikallar hosil qilinadi, so`ngra bu makroradikallarga ikkinchi xil monomer ta’sir ettirib blok sopolimer olinadi.
v) Makromolekulalarining uchlaridagi funksional gruppalari turlicha bo`lgan ikki xil polimer makromolikulalarini o`zaro kondinsatlash bilan xam chiziqsimon blok sopolimer hosil qiladi.
Malumki, yuqori malekulyar birikmalarga issiqlik, tabiiy-masalan, ultrabinafsha, infraqizil va shunga o`xshash yorug`lik xamda radiasiyon nurlar ta’sir ettirilsa, makromalekulalar sekin-asta makroradikallarga aylanadi. Hosil bo`lgan makroradikallar shu muxitda mavjud bo`lgan turli moddalar (asosan, havo kislarodi) bilan birikib, qaytadan to`yingan makromolikulaga aylanishi mumkin. Makroradillar oi`zaro birikishi ham mumkin. Makroradikallarning rekombinasiyalanishi deb atalgan bunday ulanish jarayonida, polimer zanjiri uzayib, uning o`rtacha molekulyar massasi ortadi. Polimerlarni yanchish, maydalash, ishqalash kabi mexanik yo`llar bilan ham polimerda makroradikallar vujudga keltiriladi. Bunday jarayon kislorodsiz muhitda o`tkazilsa makroradikallarning o`zi bir-biri bilan birikadi. Ayni vaqtda ikki xil polimer aralashtirilib yanchilgan bo`lsa ulardan blok sopolimer hosil bo`ladi. Makroradikallarni blok sopolimerlash yo`li bilan polistirol va tabiy kauchuk, polistirol va polibo`tadien, polistirol va poliakrilonitril, polistirol va polimetilmetakrilat, polistirol va polietilen, polimetilmetakrilat va poliizobutilen kabi blok sopolimerlar sintez qilish yaxshi o’rganilgan.
Blok sopolimerlanish jarayonida sistemada hosil bo’lgan makroradikallarning bir qismi rekombinasiyalanmasligi ham mumkin, natijada boshlang’ich gomopolimerlarning bir qismi dastlabki holatda saqlanib qoladi. Agar makromolekulalardagi aktiv markaz zanjirning uchida emas, balki o’rta qismida bo’lsa, blok sopolimer bilan bir qatorda payvand sopolimerlar ham hosil bo’ladi.
Blok sopolimerlar sintez qilishni osonlashtirish maqsadida, odatda, oson parchalanuvchi polimerlardan ham foydalanish mumkin. Masalan, poliftalilperoksid bir oz qizdirilsa, reaksiyaga kirisha oladigan bimakroradikallar hosil bo’ladi:
O O O O
| | | | t0 | | | |
[.O-C C – O -...]n → n [`O-C C – O` ]
| | | |
Agar poliftalilperoksid biror monomer ishtirokida termik parchalansa hosil bo’lgan bimakroradikallar shu monomerning polimerlanishi uchun inisiator vazifasini bajaradi. Natijada o’rta qishmi poliftatil peroksid va ikki yon tomoni boshqa polimer zanjiridan iborat uch blokli makromolekula hosil bo’ladi:
O O CL
| | | | |
[-CH2-CH-]m-[- O - C C – O - ]n – [ - CH2 – CH - ]p
| | |
CH3
Shunisi qiziqki, agar hosil qilingan makroradikallar past temperaturada saqlansa, ularning reaksiyaga kirishish qobiliyati ancha vaqt saqlanadi. Agar olingan blok sopolimer qaytadan yangi monomer ishtirokida parchalansa, uch xil monomer molekulalaridan tashkil topgan makromolekula hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |