2. Sopol buyumlarining xususiyati va ishlatilishi.
Tuproqli va ohakli fayans buyumlari yumщoq sopol buyumlariga kiradi. Ular anchagina g‘ovak bo‘lib, 19-22 % suvni shimadi. Ularning 1 sm2 yuzani sindirishga sarf qilinuvchi kuch 60-200 kilogrammga to‘g‘ri keladi. Shu yuzaning siqilishga chidamliligi 600-900 килограмм atrofida bo‘ladi. Issiqlik kengayish koeffitsiyenti esa 50-60x10-7 grad.-1 га teng.
Tuproqli va ohakli fayansning asosiy kamchiligi temperaturaning o‘zgarib turishiga turg‘unsizligidir. Shuning uchun bunday buyumlar juda oz miqdorda ishlab chiqariladi. Uning massasi asosida galvanika elementlari saqlanuvchi idish, filtr, arzon xo‘jalik buyumlari yasaladi.
Yarim chini massasidan tayyorlangan xo‘jalik va aishiy idishlari urilish va issi-sovuqning o‘zgaruvchanligiga chidamliigi bilan fayansdan ustun turadi. Masalan, yarim chinnidan yasalgan tarelka 25-200 gradusda xaroratning marta o‘zgarishiga chidaydi. Bu jixatdan u chini buyumlarning xossalarini eslatadi.
Shamotli fayans qattiq fayans massasi asosida yaratilgan. Uning tarkibida shamot bo‘lganligi tufayli yuqori harorat va urilishga chidaili bo‘ladi. Shu tufayli ularning massasi asosida vanna, rakovina va boshqalar yasaladi. Vanna oshxona devorlariga yopishtiriladigan plitalar o‘zining suv shimuvchanligi (16% dan oshmasligi kerak), issiqqa chidamliligi (1000 gacha qizdirilib, so‘ngra 18-200 li suvda tez sovitilganda sir qatlami darz ketmasligi lozim) va boshqa xususiyatlari Bilan sopol buyumlarga yaqin turadi.
3. Sopol ishlab chiqarish usullari.
Hozirgi kunda sopol buyumlari massasi turli xil usulda tayyorlanadi. Birinchi usul eng qadimiy bo‘lib, bu usul bo‘yicha suyuq modda – quyishga mo‘ljallangan shliker tayyorlanadi va quyiladi (6-rasm). Bunday shakarqiyom moddaning namligi 31-32 % bo‘ladi. Ikkinchi usul ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladigan bo‘lib, uni mutaxassislar plastik usul deb ataydilar. Bu usul bo‘yicha odat namligi 16-25% bo‘lgan plastik massa tayyorlanadi va qoliplarda kerakli shakllar hosil qilinadi. Uchinchi usul bo‘yicha namligi 5-8% bo‘lgan talqonsimon massa tayyorlanadi.
6- rasm. Konveyrda umivalniklarni qo‘yib olish texnologik tizimi: 1-formalarni shliker bilan to‘ldirish bo‘limi (1 ta pozitsiya); 2-sopolak hosil qilish bo‘limi (50 ta pozitsiya); 3- keraksiz shlikerni to‘kib tashlash bo‘limi (3 ta pozitsiya); 4-sopolakni qotirish kamerasi (180 ta pozitsiya); 5-quyilmani formadan ajratish va dastlabki buyumlarni to‘g‘rilash bo‘limi (1 ta pozitsiya); 6- gipsli formalarni quritish kamerasi (36 ta pozitsiya); 7-podvyalka rolchangi; 8- buyumlarni yakunlovchi to‘g‘rilash bo‘limi; 9- karetalarni taʼmirlash zonasi.
7- rasm. Sanitar fayansini tunnel pechida bir marotaba kuydirish rejimi.
Korxonalarda shlikerni qoliplarga qo‘yish ko‘pincha mexanizatsiya yordamisiz bajariladi. Shu tufayli qoliplashdagi bosim bir atmosferadan yuqori bo‘lmaydi. 5-8% namlikga ega bo‘lgan yarim quruq poroщok bir yoki ikki tomonlama, bir pog‘onali yoxud ko‘ppog‘onali usullarda 200-400 kgs/sm2 bosimda presslanadi. Presslash jarayoni tirsak – dastali, friksion, rotatsion va gidravlik presslarda bajariladi. Plastik massaning namligi 16-25% bo‘lganda presslash 10-20 kgs/sm2 bosimda lentasimon yoki shtampovka presslarida amalga oshiriladi. Odatda tayyorloy shnek yordamida suriladi va zichlanadi.
Sopol ishlab chiqarish ancha murakkab protsess bo‘lib, bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Maʼruza matnining bu qismida berilayotgan kattiq fayans nomli sopol ishlab chiqarishning texnologik sxemasi bu haqda to‘la tushuncha xosil qilishga yordam beradi (8-rasm.).
Yarim quruk presslash usuli kata bosim ostida turli avtomatik moslamalar yordamida amalga oshirilgani tufayli presslanayotgan massani qoliplash usuli bilan ish yuritilganda soda yoxud murakkab shaklli buyumlarni yasash mumkin. Shliker yoxu eritma bilan ishlanganda esa o‘ta murakkab shaklli buyumlar gipsli formalarga qo‘yiladi.
Haqiqatdan ham korxonalarda choynak, koshin, kuvacha, ko‘ra (vaza), xaykalcha, unitaz, umivalnik singari sopol buyumlari eritmalardan quyib olinadi. Lagan, tarelka, kosa, piyola, quvur va plita singari xo‘jalik asboblari esa plastik massa olish va uni qoliplash usuli orqali amalga oshiriladi. Koshinlashda ishlatiladigan plita, guldor sopol va turli xildagi soda shaklli buyumlar pressavtomat yordamida tayyorlanadi.
Ushbu qattiq fayans olishning umumiy texnologik sxemasini bir oz o‘zgartirib boshqa fayans turlarini ishlab chiqarishga ham joriy etish mumkin. Jumladan, sxemada dala shpatiga oid liniya olib tashlansa, texnologik jarayon tuproqli fayans sxemasiga o‘xshash bo‘lib qoladi. Ohakli fayans buyumlarni ishlab chiqarishda yuqoridagi sxemaga oxaktosh liniyasi kiritish darkor.
Ohaktosh konlarni portlatish va bir cho‘michli ekskavatorlar yordamida qazib olinadi. Shundan o‘ng tosh bo‘lakchalari 12 tonna yoki undan xam ko‘proq yuk ko‘taradigan KrAZ va BelAZ markali avtosamosvallarda ohakli fayans korxonasining ohaktosh saqlash omboriga jo‘natiladi. Ohaktosh ishlov berish va dozalash operatsiyalari orqali komponentlarni aralashtiruvchi tegirmonlarga kelib tushadi va boshqa xom ashyolar bilan aralashib ketadi.
8-rasm. Qattiq fayans buyumlari ishlab chiqarish texnologik tizimi.
8- rasm. Qatiq fayans buyumlari ishlab chiqarish texnologik tizimi.
Shamotli fayans ishlab chiqarishda qattiq fayans massasi tarkibiga shamot kiritiladi. Bunda shamotni tuproqdan kuydirib olish, unga ishlov berish va dozalash kabi operatsiyalar bajariladi.
Fayans buyumlarni ishlab chiqarishda quritish va kuydirish eng muhim operatsiyalar hisoblanadi. Xom buyum shliker yoki plastik usullar yordamida tayyorlanganda 6-8 % li namlikkacha quritiladi. Ilgari bu eng mashaqqatli operatsiya hisoblanib, haftalab ochiq maydonlarda saratonning qizig‘i yoki yonayotgan o‘tin yordamida quritilar edi. Hozirgi paytda uni kuritish jarayoni zamonaviy, qo‘l kuchidan xoli bo‘lgan konveyer, tunnel, rolikli yoki kamera quritkichlarda 100-130 darajali issiq yordamida quritiladi.
Hozirgi kunda buyumlar maxsus o‘tdonda, yaʼni tunnel, kamerali aylanma va rolikli pechlar yordamida kuydirilmoqda. Sopol tarkibida qum, toshqol, shamot kabi qo‘shilmalar kirayotganiga qaramay uning pishi shva qattiq sunʼiy toshga aylanish temperaturasi anchagina yuqori. Odatda tuproqli fayans buyumlari 9500, ohakli fayans 11600, qattiq va shamotli fayans mahsulotlari esa 1220-13000 da pishiriladi.
Birinchi kuydirish protsessida fayansning sopolagi mustaxkamlanadi, uning sirlash davrida bukish mumkinligining oldi olinadi. Ikkilamchi kuydirish protsessida sir bilan sopol jipslashib shishasimon moda ko‘rinishiga aylanadi. Bu protsess sopolsozlik texnologiyasida odatda birinchi kuydirish protsessiga nisbatan 150-2000 past haroratda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |