Mavzuga oid tayanch so‘z va iboralar.
Sopol – giltuproq, dala shpati, qum kabi komponentlardantermik ishlov berish natijasida olingan qattiq material.
Tuproqli fayans buyumlari – kulolsozlik buyumlari nomi Bilan yuritiladi. Agar ular sirlangan va gul chizilgan bo‘lsa, sirlangan guldor sopol nomli buyumlar.
Qurilish va sanoat qurilishi materiallari – devorbop va bezakbop sopol buyumlar, kanalizatsiya uchun ishlatiladigan sopol quvurlari sanitariya-kurilish sopol buyumlari.
Ohakli fayans – yumshoq fayans. Bu fayans turiga «turk” fayansi, yarim fayans buyumlari kiradi. Bu mahsulotlar fors sopolsozligiga asoslangan bo‘lib, uning tarkibida gil, kvars, dala shpat iva ohaktosh bo‘lgan.
Qattiq fayans – rangi oq, sopoli g‘ovak, sirti sir Bilan qoplangan bo‘ladi. Bularga vanna, unitaz, umivalnik, bak va boshka buyumlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |