3. Sonli tengliklar
11 – ta’rif. a va b ikkita sonli ifoda bo‘lsin. Ularni tenglik belgisi bilan birlashtirishdan hosil bo‘lgan a=b jumla sonli tenglik deyiladi. Masalan, 5+2 va 10-3 sonli ifodalarni olamiz va ularni tenglik belgisi bilan birlashtiramiz. 5+2=10-3 sonli tenglik hosil bo‘ladi. Bu jumla rost. Agar 3+2 va 8-4 sonli ifodalarni olsak, 3+2=8-4 yolg‘on jumla bo‘ladi. Shunday qilib, logik nuqtai nazardan sonli tenglik bu rost yoki yolg‘on bo‘lgan mulohazadir.
Agar tenglikning chap va o‘ng qismlaridagi sonli ifodalarning qiymatlari bir xil bo‘lsa, sonli tenglik rost bo‘ladi.
1) agar a=b rost sonli tenglikning ikkala qismiga ma’noga ega bo‘lgan bir xil sonli ifoda c qo‘shilsa, yana rost sonli tenglik a+c=b+c hosil bo‘ladi.
a=b a+c=b+c
2) agar a=b rost sonli tenglikning ikkala qismi ma’noga ega bo‘lgan bir xil sonli ifoda c ga ko‘paytirilsa, yana rost sonli tenglik ac=bc hosil bo‘ladi.
a=b
3) agar a=b rost sonli tenglik bo‘lsa, uchun = lar ham rost sonli tenglik bo‘ladi.
a=b a=b =
Do'stlaringiz bilan baham: |