Sonli dasturda boshqariladigan dastgohlar Reja



Download 55,35 Kb.
bet1/9
Sana20.01.2022
Hajmi55,35 Kb.
#393677
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MARUZA 4 MCHT


MARUZA 4

Sonli dasturda boshqariladigan dastgohlar

Reja:

  1. RDB tizimining texnik imkoniyatlari

  2. RDB tizimining sinflarga bo`linishi

  3. Dastgoh koordinata o'qlari

Tayanch so`zlar: son, siniflar, koordinata, informatsiya, tizim.


RDB tizimi texnik imkoniyatlar darajasining xalqaro sinflanishiga ko‘ra quyidagi sinflarga bo‘linadi: NC- har bir xomaki detalga ishlov berish davrida perfotasmani kadrli o'qish tizimi;

SNC-bir xil xomaki detallar to‘plamiga ishlov berishdan awal butun perfotasmani bir martada o'qiy oladigan tizimlar;

CNC-kichik EHM (kompyuter, protsessor)ga ulangan tizimlar;

DNC-bitta EHMdan dastgohlar guruhini raqamli to‘g‘ri boshqaruv tizimlari; HNC-boshqaruv pultida qo‘lda terilgan dasturli operativ tizimlar.


Texnologik vazifasiga ko£ra RDB tizimlari 4 turga bo‘linadi:

pozitsion; to‘g‘ri burchakli shakl hosil qilishni ta’minlovchi; to‘g‘ri chiziqli shakl hosil qilishni ta’minlovchi; egri chiziqli shakl hosil qilishni ta’minlovchi.

RDB ning pozitsion tizimlari dastgoh ijro organining dastur orqali berilgan pozitsiyaga minimal vaqt davomida Yuqori aniqlikda siljishini ta’minlaydi. Har bir koordinata o‘qi bo‘yicha faqat siljish kattaligi dasturlanadi, siljish trayektoriyasi esa ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Ijro organining pozitsiyadan pozitsiyaga siljishi Yuqori tezlikda amalga oshiriladi. Ijro organining berilgan pozitsiyaga kelishi minimal tezlikda bajariladi. Shu pozitsiyaga faqat bir tomondan kelish (masalan, chapdan o‘ngga) natijasida pozitsiyalash aniqligining ortishiga erishish mumkin.
To‘g‘ri burchakli shakl hosil qilishni ta’minlovchi RDB tizimlari pozitsion tizimlardan farqli o'laroq, dastgoh ijro organlarining ishlov berish jarayonida siljishini boshqarish imkonini beradi. Shakl hosil qilish jarayonida dastgohning ijro organi koordinata o‘qi bo‘yicha navbatma-navbat siljiydi, shuning uchun asbob trayektoriyasi pog‘onasimon ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Bu trayektoriyaning har bir elementi koordinata o‘qlariga parallel bo'ladi. Ijro organining bir pozitsiyadan boshqa pozitsiyaga siljish vaqtini qisqartirish uchun, bir qator hollarda, ikki koordinata bo'yicha bir vaqtda harakat amalga oshiriladi. Aniq pozitsiyalash jarayonida ijro organi berilgan pozitsiyaga faqat bir tomondan boradi.

O`ta aniqlik talab etilmaydigan hollarda, ijro organi berilgan pozitsiyaga turli tomondan borishi murpkin. Bunday sistemalarda boshqarilayotgan koordinatalar soni 5 tagacha, bir vaqtda boshqariladigan koordinatalar soni esa 4 tagacha yetib boradi. Ta’kidlangan tizimlar bilan tokarlik, freza dastgohlari jihozlangan.

Tog'ri chiziqli dastgoh koOrdinata o'qlariga nisbatan ixtiyoriy burchak ostida shakl hosil qilish va pozitsiyalashni ta’minlovchi RDB tizimlari, asbobning kesishdagi harakatini bir vaqtning o‘zida, ikkita koordinata (JTva Y) o‘qlari bo‘yicha amalga oshiradi. Berilgan tizimlarda boshqaruv impulslarini birdaniga ikkita uzatish yuritmasiga beruvchi, ikki koordinatali interpolator ishlatiladi. Ta’kidlangan tizimlarda boshqariladigan koordinatalarning umumiy soni 2—5 ga teng. Bu tizimlar katta texnologik imkoniyatlarga ega va tokarli, freza va boshqa dastgohlami jihozlash uchun qoilaniladi.

Egri chiziqli shakl hosil qilishni ta’minlovchi RDB tizimlari murakkab egri chiziqli konturli uchastkalami o'zida mujassam qilgan tekis va hajmiy detallaiga ishlov berish boshqaruvini ta’minlaydi. To‘g‘ri burchakli, to£g‘ri va egri chiziqli shakl hosil qilishni ta’minlovchi, RDB tizimlari konturli (uzluksiz) tizimlarga kiradi, chunki bu tizimlar detallarga kontur bo'yicha ishlov berishni ta’minlaydi. RDB ning kontur tizimlari, odatda, qadamli dvigatelga ega.

Informatsiya oqimining soni bo'yicha RDB tizimlari yopiq, ochiq (yoyilgan) va adaptiv turlarga bo‘linadi.

Ochiq (yoyilgan) tizimlar oqish qurilmasidan dastgohning ijro organiga kelib tushadigan bitta informatsiya oqimi mavjudligi bilan tavsiflanadi. Bu tizimlaming uzatish mexanizmlarida qadamli dvigatellar ishlatiladi. Qadamli dvigatel tomonidan hosil qilinayotgan burovchi moment uzatish mexanizmining yuritmasi uchun yetarli emas. Shuning uchun, bu dvigatel turtki qurilma sifatida ishlatiladi. Uning signallari turli usullar yordamida kuchaytiriladi. Masalan, valli uzatish yuritmaning yurish vinti bilan bog‘langan (aksial-porshenli gidro-) dvigatelning moment gidrokuchaytirgichi yordamida kuchaytiriladi. Ochiq (yoyilgan) tizimda teskari aloqa datchigi yo‘q, shuning uchun dastgoh ijro organlarining haqiqiy vaziyati haqidagi informatsiya bo‘lmaydi.

RDB ning yopiq tizimlar informatsiyaning ikkita oqimi bilan tavsiflanadi. Bular o‘qish qurilmasi va yo‘l bo‘yicha teskari aloqa datchigi informatsiyalari hisoblanadi. Bu tizimlarda ijro organlari siljishning berilgan va haqiqiy kattaliklari o'rtasidagi farq, teskari aloqa mavjudligi tufayli bartaraf etiladi.


Download 55,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish