Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzu ,,Bilimland “ loyihasi asosida yoritiladi.
Video tushuntirish qismi namoyish etiladi, test topshiriqlari o`quvchilar bilan birgalikda bajariladi.
O`qituvchi:-,,Bilim takrorlash va qaytarish mevasidir”
Aziz o`quvchilar, biz matematika fanidan o`quv yili davomida ancha narsalarni o`rganib oldik. Hozir har bir guruh uchun tezkor savollarni o`qiyman. Siz savollarga qisqa va aniq javob berishingiz kerak.
Har bir guruhga savollar o`qib beriladi va javoblar o`rganilib baholanadi.
To`rtburchak guruhi uchun savollar
Deraza qaysi tomonimizda joylashlan?
9 ga 8 ni qoshsak 16 bo’ladi?
3. Kesma deb nimaga yatiladi?
4. Uchburchakning elementlari?
5. To’g’ri to’rtburchakning burchaklari o’tkirmi?
6. Kub qanday shakl?
7. 71 sonida nechta o’nlik va birlik bor?
8. 18 sonidan oldin va keyin qaysi sonlar keladi?
9. Qavs nima?
10. Massa o’lchov birligi nima?
Doira guruhi uchun savollar
7soni juft sonmi?
4 va 9 sonlari yig’indisi 15 ga teng bo’ladimi?
Nur deb nimaga aytiladi?
To’rtburchakning elementlari?
Kvadratning burchaklari o’tmas burchakmi
23sonidan oldin va keyin qaysi sonlar keladi?
36 sonida nechta o`nlik va birlik bor?
Sonli ifodaga misol tuzing
Sig’im o`lchov birligi nima?
Qanday shakllarni simmetrik shakl deb ataymiz?
Uchburchak guruhi uchun savollar
1. 8 soni 7 dan kichikmi?
2. 5 va 8 sonlari yig’indisi 12 ga teng boladimi?
3. Tog’ri chiziq nima?
4. Burchaklar necha xil boladi?
5. Ko’pburchaklilarning burchaklari 3 tami?
6. Aylanalarning doiradan nima farqi bor?
7. Shar qanday shakl?
8. Uzunlik o’lchov birliklari?
9. 56 sonida nechta o’nlik va birlik bor?
10. Jadvallarda nimalar aks ettiriladi?
O`qituvchi:- Endi bolajonlar matematika darsligimizning 51-betini ochamiz. U yerdagi 1-misolga diqqat bilan qarang. Misolning shartini o`quvchilar o`qiydilar.
Qaysi biri ortiqcha. O`quvchilar rasmlarda nima ortiqcha ekanligini topadilar. Bu rasmlarda samalyot ortiqcha chunki samalyot uchadi.
2- misol. Sonlar qatorini to`ldiring,
45, …, …, 60, 65,70,75
90, 85, …, …, 70, 65, 60, 55, 50
O`quvchilar sonlar qatorini daftariga yozadilar.
3- misol raqamli magnit yordami doskada bajariladi.
4, 5, 7, 10, …
Birinchi raqamga 1 birlik qo`shsak 2 son hosil bo`ldi.
5 soniga 2 birlik qo`shsak 3- son ya`ni 7 hosil bo`ladi,
7 soniga 3 ni qo`shsak 10 hosil bo`ladi.
Demak keyingi bosqichda 10 ga 4 birlik qo`shamiz va 14 soni hosil bo`ladi?
O`qituvchi : Endi bolajonlar har bir guruh rasmli masalani yechadi. Guruhdan bitta o`quvchi chiqib ,,Bir qadam “ o`yinida qatnashadi?
Har bir guruhdan bir nafar o`quvchi chiqib qatorga turib olishadi. O`qituvchi tomonidan berilgan har bir savolga to`g`ri javob bergan o`quvchi bir qadam oldinga yurishi mumkin bo`ladi. Qaysi o`quvchi savollarga tez va to`g`ri javob bersa birinchi bo`lib doska yoniga yetib keladi va g`olib bo`ladi. G`olib bo`lgan o`quvchi baholanadi.
Bir qadam didaktik o`yini
1. Odobli bola mehmonga borganida o`zini qanday tutadi?
2. Eng katta bir xonali son.
3. Qo`shishning hadlarini ayting.
4. Ayirishning hadlarini ayting.
5. Xo`roz 1 oyoqda tursa 3 kg 2 oyoqda tursa necha kg?
6. 2 ta yarimta va 1 ta butun g`ishtning og`irligi 2 kg bo`lsa 1 ta butun g`ishtning og`irligi qancha?
7.1kg tosh og`irmi yoki 1kg paxtami?
8. Matematikada nechta amal bor?
9. Ko`zoynakning o`rniga dastlab nima ishlatishgan?
1. Shirin G`afurovaning birinchi o`qigan kitobi qaysi kitob edi?
11. Savatchadagi jo`jaga kim yordam berdi?
12. Yod moddasini yaratishga olimga nima yordam bergan edi?
13. She’r bo`ladigan so`zlarni qanday so`zlar deb ataymiz?
14. Oy Yerdan kattami?
15. Asalari gul hidini necha metr uzoqlikdan sezadi?
Bu vaqtda guruhlarda bajarilgan rasmli masalalar tekshirilib baholanadi.
,,O`rgimchak to`ri” o`yini.
Har bir guruhdan 2 nafar o`quvchi doska yoniga aylana shaklda bir – biridan bir qadam uzoqlikda joylashadi. Ularga domaloq ip beriladi va bolalar o`zining qarama – qarshi tomonida turgan bolaga qo`shish yoki ayirish amaliga doir misol aytib dumaloq ipni otadi. Ipni olgan bola misolning javobini aytadi va qarshi tomondagi bolaga yuqoridagi kabi misol aytib ipni uzatadi. Ip oxirgi o`quvchiga yetib borgach o`rgimchak to`ri hosil bo`ladi. O`yinda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi,
,,Riz texnologiyas” Har bir guruhga o`zlarining guruhlari nomi qo`yilgan geometrik shakllar asosida nimalar yasalganligini tasvirlash topshirig`I beriladi. Har bir o`quvchi oq qog`ozga uchburchak shakl. To`rtburchak va doira shakllarini hayotda qayerlarda ko`rishimiz mumkinligi tushuntiriladi. Maslan: doira-non, svetafor, tarelka, qopqoq va hakozo.
Natijalar tekshirib baholanadi.
III. Yakuniy qism.
Guruhlarning umumiy baholari ularning to`plagan rag`bat kartochkalarini sanash orqali o`rganiladi va g`olib guruh e`lon qilinadi.
Uyga vazifa beriladi darslikning 51-betidagi 5-misol. Dars yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |