II Asosiy qism.
Shundan so`ng o`qituvchi bolalarga musobaqad har bir guruh a`zolariga o`z-o`zini baholash bo`yicha tushunchalar beradi. Bolalarga rasmli stikerlar yordamida o`z guruhlari uchun baholar qo`yish tartibini tushuntiradi.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
O`qituvchi ,,Bilim land” dasturi asosida o`tilgan mavzuni mustahkamlaydi. Ya`ni video tushutirish qismini namiyish etadi.
O`qituvchi: - Aziz o`quvchilar, biz siz bilan kecha ortib borish tartibidagi ketma-ketlik, va kamayib borish tsrtibidagi ketma – ketlikni o`rgangan edik . Hozir ana shu ketma –ketlikni bolalar bilan birgalikda hosil qilamiz.
O`quvchilardan 5 yoki 6 nafari doska yoniga chiqadi. Ular bo`yi uzunligiga qarab safga turadilar.Ularning qo`llariga turlicha ikki xonali sonlar yozilgan raqamli ko`rgazma beriladi. Bolalar o`z raqamlari yordamida ortib boruvchi va kamayib boruvchi raqamlar qatorini hosil qiladilar.
O`quvchilar tomonidan sonlar ishtirok etgam maqollar, she`rlar va topishmoqlar aytib o`tiladi.
“ 0 raqami”
Diqqat mening nomim nol,
O’quvchim sen ogoh bo’l.
Yolg’iz tursam yo’qman men,
Sherik bo’lsa to’qman men.
Yozilishim qiyinmas
Dum-dumaloq chizsang bas!
“ 1 raqami”
Bir degan sanoq sonman ,
Sanash uchun osonman
Bitta yurak bitta bosh,
Bitta oy, bir quyosh,
Yozishga ham o’ng’ayman,
Qoziqchaga o’xshayman
“ 2 raqami”
Ikki degan nomim bor,
Ikki birdan men tayyor.
Ikki qo’l, ikki oyoq,
Ikki ko’z, ikki quloq,
Nimaga o’xshayman xo’sh
Xuddi ko’ldagi oqqush !
“ 3 raqami”
Uchta birman nomim uch,
Birlashganda bo’lar kuch.
Uchgacha sanayman der,
Shart o’ynagan har bir sher.
Yozish uncha qiyinmas,
Tishlangan ikki kulcha.
“ 4 raqami”
Men to’rt degan raqamman,
Ikki ikkidan jamman.
Bo’lsa ikki juft o’rtoq,
To’rtta ulfat o’sha choq.
Yozishni mashq qil picha,
Bir oyog’i narvoncha !
“ 5 raqami”
Besh degulik nomim bor,
Raqamlar ichra ilg’or.
Bir-bir qo’shsa anchaman,
Qo’ldagi besh panjaman.
Yaxshi tirish yozmoqqa,
Sal o’xshayman qarmoqqa.
“ 6 raqami”
Beshdan keyin oltiman,
Raqamlarning oldiman.
Ikki uchni qo’shsang bas,
Hech qachon esdan chiqmas .
Yozishni lozim bilmoq
Guyoki oddiy ilmoq
“ 7 raqami”
Mening nomimdir yetti,
Endi demanglar mitti.
Oltidan bitta ko’pman,
Yetti yulduzman to’pman.
Chizginda kichik o’roq,
Beliga boyla belboq.
“ 8 raqami”
Sanamay demang sakkiz,
Ikki to’rtni qo’shsangiz,
Hosil bo’laman shu on,
Yaxshi bilgin ukajon
Yozilishim bil qani,
Tasavvur qil pillani.
«9 raqami”
Men to’qqizman to’qqizman,
Sonlar ichra yolg’izman.
Sakkizdan bitta katta,
Bilib qo’ygin albatta.
Yozishni o’rgan asta.
Ilmoqman dumi pastda.
Maqollar:
Bilagi zo’r birni yiqitar
Bilimi zo’r mingni
Ilmsz bir yashar
Ilmli ming yashar
Yuzga kirsang yuz yilo’qi
Yozning kuni yuz turli
Qishning kuni qirq turli
Bir yigitga yetmish hunar oz
Do'stlaringiz bilan baham: |