So‘ngi yillarda mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga solishga


Mustaqil o‘rganish uchun savollar



Download 5,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/76
Sana01.06.2022
Hajmi5,06 Mb.
#624677
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76
Bog'liq
Davronbek

Mustaqil o‘rganish uchun savollar 
1. Yerdan foydalanganlik uchun haqning mazmun-mohiyati, uning shakllari haqida 
tushunchalaringizni ayting. 
2. Yerdan foydalanganlik uchun haqni belgilashning qanday qonunchilik asoslari 
mavjud, ularning mohiyati nimadan iborat? 
3. Yer solig‘ining iqtisodiy asoslari, tizimi va mexanizmi haqida nimalarni bilasiz? 
4. Yer solig‘i yuzasidan qanday metodologik yondashuvlar mavjud, ularning 
xususiyatlari nimadan iborat? 
5. Yer ijarasi haqining iqtisodiy asoslari, tizimi va mexanizmi haqida nimalarni 
bilasiz? 
6. Yer ijarasi haqini belgilashning metodologik jihatlari, ularni qo‘llashning amaliy 
xususiyatlari nimadan iborat? 
7. Yerdan foydalanganlik uchun haqning yer rentasi bilan bog‘liqligini qanday 
tushuntirasiz? 
8. YAgona yer solig‘ining mohiyati, tizimi va mexanizmi haqida nimalarni bilasiz? 
9. Yerdan foydalanganlik uchun haq yuzasidan qanday ilmiy-uslubiy va amaliy 
muammolar mavjud, ularning sabablari va oqibatlari nimalardan ibrat? 


299 
10. Yerdan foydalangan uchun haqning yer resurslaridan foydalanish 
samaradorligini rag‘batlantirish funksiyasining mazmuni nimadan iborat?
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


300 
16. YERDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI VA UNI 
RAG‘BATLANTIRISH MEXANIZMLARI 
Sug‘oriladigan yerlar samaradorligini baholashning mavjud uslubiyatlari 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi barcha resurslarining imkoniyatini ifodalovchi 
iqtisodiy ko‘rsatkichlarning qo‘llanilishini nazarda tutadi. Ulardan asosiysi bir yer 
birligiga to‘g‘ri keladigan sof daromad ulushidir. Biroq, sug‘oriladigan yerlardan 
foydalanish tizimiga bozor munosabatlarining kiritilishi baholashning realligini 
ta’minlay olmaydi, chunki yerdan foydalanish tizimi tarkibi, ishlab chiqarish sarf-
xarajatlari miqdori tubdan o‘zgarib ketadi. Yerdan foydalanishning samaradorligini 
baholashning mavjud uslubiyati faqat xo‘jalikning ichki faoliyatiga taalluqli bo‘lib, 
umumiy tarmoq miqyosida tatbiq etilmaydi. Birinchidan, 1995 yildan boshlab yer 
solig‘i, ijara to‘lovi ko‘rinishida yerdan pulli foydalanish kiritilgan bo‘lib, 
sug‘orish suvini tashib keltirish uchun, sug‘orish suvining ko‘proq sarflanishi 
(belgilangan me’yordan ortiq hajmi) uchun bozor narxlarida haq olinishi joriy 
etilgan. Ikkinchidan, xo‘jalikning ichki sug‘orish tarmog‘ini ishchi holatda saqlash 
uchun ketadigan mablag‘lar tovar ishlab chiqaruvchilar hisobidan bo‘ladi. 
Ishlab chiqarishning bevosita sarf-xarajatlariga mexanizatsiyalashgan ishlar, 
urug‘, yoqilg‘i va moylovchi matyeriallar, mineral va organik o‘g‘itlar sotib olish, 
hosilni yig‘ib olish va tashish xizmatlariga, mehnatga haq to‘lash kiradi. Sug‘orish 
suvini tashib keltirish narxi irrigatsion tarmoqlarning masofasi, xizmat ko‘rsatilish 
maydonining hajmi va boshqalarga qarab o‘zgarib turadi. Iste’mol qilingan tuproq 
unumdorligi narxini iqtisodiy imkoniyati sifatida qaralishi tavsiya etiladi, chunki u 
kerakli sharoitlar yaratilganida moddiy mahsulot – hosil yarata oladi. Iqtisodiy 
unumdorlik o‘z tarkibiga ko‘ra tabiiy unumdorlik va sun’iy unumdorlikni o‘z 
ichiga oladi, ya’ni: 
E
iu 
= E
tu 
+ E
su 
(16.1) 
va
E
su 
= f (X
tich
),
(16.2) 
bu yerda: 
E
iu
– iqtisodiy unumdorlik darajasi; 


301 
E
tu 
– tabiiy unumdorlik darajasi; 
E
su 
– sun’iy unumdorlik darajasi; 
X
tich 
– sug‘oriladigan yerlarni takror ishlab chiqarish sarf-xarajatlari. 
Tuproq unumdorligi kapital ko‘rinishiga ega (KE
iu
), sug‘oriladigan yerlardan 
foydalanilganida, moddiy-buyum shakli (hosil)ga aylanadi va keyin iste’mol 
qiymatini keltirib chiqaradi (Q
iu

KE
iu 
= Q
iu 
(16.3) 
Yerdan to‘g‘ri foydalanilganida, kapital (KE
iu
) hosilning ma’lum miqdorini 
ta’minlaydi, uning qiymati iste’mol qilingan unumdorlikka nisbatan ortiq bo‘lishi 
kerak (Q
iu

Q
hos
≥ Q
iu
(16.4)
Ishlab chiqarish vositasi sifatida yerdan olinadigan soliq O‘zbekiston 
Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq olinmaydi. Biroq, qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarish faoliyatida yer bevosita ishtirok etadi va shu sababli ham asoslangan 
soliqqa tortilishi kerak. 
SHu tariqa, sug‘oriladigan yerlardan foydalanish tizimiga bozor 
munosabatlarining joriy etilishi fermer xo‘jaliklari tarkibi va sarf-xarajatlar 
miqdorini o‘zgartirib yuboradi, bu esa sug‘oriladigan yerlar samaradorligini 
baholash uslubiyatida o‘z aksini topadi. Ishlab chiqarishning to‘liq sarf-xarajatlari 
(X
ich
) quyidagicha bo‘ladi: 
X
to‘lich
= Q
ich 
+ Q
skx
+ Q
loss
+ Q
itu 
+ Q
soliq 
+ Q
skd 
(16.5) 
bu yerda: 
Q
ich
– ishlab chiqarish xarajatlari qiymati; 
Q
skx 
– yer maydoniga suv keltirish xarajatlari qiymati;
Q
loss 
– limitdan ortiq qo‘shimcha sug‘orish suvi qiymati;
Q
itu

iste’mol qilingan tuproq unumdorligi qiymati; 
Q
soliq 
– sug‘oriladigan yerdan olinadigan soliq miqdori; 
Q
skd 
– xo‘jalik ichki sug‘orish, kollektor, yo‘l tarmoqlari ostidagi yer uchun 
soliq miqdori. 
Xo‘jalik daromadi miqdori quyidagiga teng: 


302 
D = Q
yam
– X
to‘lich
(16.6)
Shudgor yerlardan foydalanish solishtirma nisbati (E
shf
) quyidagi ko‘rinishga ega 
bo‘ladi: 
E
shf 
= D : R, 
(16.7)
bu yerda: 
Q
yam 
– yalpi mahsulotining qiymati; 
R – xo‘jalikdagi sug‘oriladigan yer maydonlari. 
(16.5) ifodasi bevosita ishlab chiqarish (yerni to‘liq takror ishlab chiqarish 
davrining ikkinchi davri) sarf-xarajatlarini hisoblashning bozor munosabatlari 
modeli bo‘lib, xo‘jalik daromadining nisbat ko‘rsatkichi (16.7) – bozor iqtisodiyoti 
sharoitida sug‘oriladigan yerlardan olinadigan iqtisodiy samaradir. 
Ishlab chiqarishning real sharoitlarida iste’mol qilingan tuproq unumdorligi 
qiymati yaratilgan hosil qiymatidan past bo‘lishi mumkin (Q
hos
≥ Q
iu
) yoki teng 
(Q
iu 
=
Q
hos
), ba’zi hollarda esa ortiqroq bo‘lishi mumkin (Q
iu
≥Q
hos
). Birinchi 
holatda hosilning ortiqligi ishlab chiqarishning boshqa omillari ta’sirida vujudga 
kelsa, ikkinchi holatda – hosilning etishmasligi tuproq unumdorligidan samarasiz 
foydalanish oqibatidir. 
Sug‘oriladigan yerlardan bevosita foydalanish samaradorligi ulardan xo‘jalik 
maqsadlarida foydalanish bosqichidayoq amalga oshiriladi (yerni takror ishlab 
chiqarishning ikkinchi davri). U ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining imkon qadar 
qisqartirilishi hisobiga amalga oshiriladi. 
Ekinlarning hosildorligi agroxo‘jalik, agroo‘rmonmeliorativ, eroziyaga 
qarshi, gidrotexnik chora-tadbirlar hisobiga ko‘tariladi. Asosiy chora-tadbirlarni 
maxsus ko‘rib chiqamiz: 
1. Ikki yil davomida beda ekilishi tuproqda 600 kg/ga azot to‘planishiga 
imkon yaratadi va g‘o‘zaning hosildorligini gektariga 6-7 sentnyerga 
ko‘paytiradi
22
. Beda almashlab ekishning ijobiy ta’siri 3-4 yil davom etadi, yerga 
chuqur kirib ketgan ildizpoyalari esa beda yig‘ishtirib tashlangandan keyin ham 4-


303 
5 yilgacha g‘o‘zani oziqlantirib turadi
23
. Beda yig‘ishtirib tashlangandan keyingi 
birinchi yilda paxta hosildorligi gektariga 4 sentnyerni tashkil etadi, bu omil 
almashlab ekish jadvaliga qarab 3-4 yil davom etishi mumkin. 
2. Dala yuzasini rejalashtirish va tuproqni chuqur shudgorlash sho‘rlangan 
yerlarni yuvishda ijobiy ta’sir qiladi va paxta hosildorligining 10-15 % ga ortishiga 
imkon beradi. Ushbu tadbir amalga oshirilganda paxta hosildorligi o‘rtacha 
gektariga 2-3 sentnyerga oshadi. 
3. Sug‘orish shoxobchalari, kollektor-zovur tarmoqlarini tozalab turish 
yerlarning meliorativ holatini yaxshilaydi, yer osti suvlarining darajasini va uning 
natijasida yerning sho‘rlanishini pasaytiradi, yer sifatining yaxshilanishiga imkon 
yaratadi. Mazkur omilning ijobiy ta’siri natijasida o‘rtacha gektariga 2 sentnyer 
ortiqroq hosildorlikka erishish mumkin. 
4. Gektariga 20-30 tonna miqdorida yerlarni organik o‘g‘itlar bilan 
oziqlantirilganida, bedapoya yig‘ishtirib tashlanganidan keyingi uchinchi yilidan 
boshlab, shuningdek dalalarni mutanosib rejalashtirilganida sho‘rlangan yerlar 
yuvilmasidan avval paxtadan olinadigan hosildorlik 5-6 sentnyerga ko‘payadi. 
22 
5. Yerlarni tilimlab shudgorlashning optimal muddatlarda (dekabrgacha) 
o‘tkazilishi paxta hosildorligini 10-12% ga ko‘taradi. Hozirgi vaqtda fermer 
xo‘jaliklarining deyarli yarmi ko‘rsatilgan muddatlarda shudgorlashga 
ulgurolmaydi. 
6. Paxta va boshqa qishki boshoqli ekinlar hosildorligini ko‘tarishning eng 
muhim omili, ma’lumki, mineral o‘g‘itlarning qo‘llanishidir, u ekin o‘sishining 
turli bosqichlarida kerakli miqdorlarda beriladi. Paxta va qishki boshoqli ekinlar 
hosildorligi gektariga 3-15% ga ortadi. 
Quyida, paxtachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari misolida ishlab 
chiqarish sarf-xarajatlari, hosildorlikning o‘sishi, mahsulot va ishlab chiqarish 
qiymatlari, asosiy ekin turlari bo‘yicha 1 ga yer hisobida daromad ko‘rsatkichlari 
beriladi.


304 
Bunda hisob-kitoblar to‘rt xil echim (ssenariy)da amalga oshirilib, tavsiya 
etilayotgan paxta-bedaboshoqli ekinlar almashlab ekishning turli sxemalari 
berilgan. Mazkur almashlab ekishda ishlab chiqarish sarf-xarajatlari va barcha 
qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘yicha daromad hisob-kitoblari 16.1-jadvalda berilgan. 
Dastlabki echimning (paxtachilikda yerdan foydalanishning mavjud tizimi)
ekinzorlar tarkibi va ko‘rib chiqilgan barcha ssenariylarni qiyoslash ko‘rsatadiki, 
bu echimlarning hammasi asosiy ekinlar bo‘yicha hosildorlikning o‘sishiga olib 
keladi (qishki boshoqli ekinlar bo‘yicha “S” echim bundan istisno). Fermer 
xo‘jaliklarining daromadi respublika bo‘yicha ham, 1 gektar yer hisobiga ham 
dastavvalgi variant ko‘rsatkichlaridan ancha baland. 
Shunga qaramay, “A” va “D” variantlari boshqalariga nisbatan ancha 
samaraliroq. “A” ssenariysi dastavvalgi paxta xom ashyosidan ko‘proq hosil 
olishni ta’minlaydi – dasavvalgi variantdan 813.6 ming tonna ortiqroq hosil 
olinadi. Almashlab ekishning to‘liq rotatsiyasida ishlab chiqarish 4529,3 ming 
tonnani tashkil etadi. “D” ssenariysi – faqat 4025,9 ming tonna (taxminan yarim 
ming tonnaga kamroq) hosil beradi. Qishki boshoqli ekinlar bo‘yicha “A” 
ssenariysida qo‘shimcha hosildorlik 163,6 ming tonnani tashkil etadi va umumiy 
ishlab chiqarish 5146,7 ming tonnaga etadi, “D” ssenariysida esa – 5718,2 ming 
tonnani (taxminan 600 ming tonna ortiqroq) tashkil etadi. Lekin “D” ssenariysi 445 
ming t. ortiqroq beda xashagi, sabzavotlar bo‘yicha esa – 555 ming t. ortiq hosil 
beradi, uning 1 ga ekinzor hisobiga 323,4 ming


305 
 

Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish